So’nggi yangiliklar

21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  0 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  0 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" - ОКМК  13 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  1 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  5 17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  0 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   16 16:28Сардор Абдураимов: "Чемпионатдаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш олдик"  5 16:19Саутгейт рицарлик унвонига сазовор бўлди  0 15:36"Машъал" "Нефтчи"ни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган ўйиндан галерея  3 15:20"Арсенал" 5 миллион фунтга "Челси"дан Кепани сотиб олади  2 15:05Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди  12 14:40Жамшид Ҳасанов: "Ўзбекистон Кубогини ким ютади? Мен учун "Машъал" фаворит"  2

Superliga. "Nasaf" o'z maydonida "Metallurg"ni kichik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" o'z maydonida "Metallurg"ni kichik hisobda mag'lub etdi

Teglar :  MetallurgNasaf
Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi.



Coca-Cola Superliga. 22-tur
18:30 - NASAF – METALLURG 1:0 (TUGADI)
15 oktyabr 2021 yil. Qarshi. "Markaziy" stadion. 18:30
Hakamlar:
Zokir Qodirov, Abduhamidullo Rasulov, Aleksandr Sidorov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Temur Abdullaev
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistent: Timur Gaynullin
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Komissar: SHohruh Said

Gol: Umar Eshmurodov 12, 1:0

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Doniyor Narzullaev (20.Suxrob Nurulloev, 69), 8.Dilshod Saitov (4.Husniddin Aliqulov,69), 18.Bahrom Abdurahimov ( 99.Andriya Kaluderovich 61), 19.Husayn Norchaev (50.SHohmalik Komilov, 81), 22.Akmal Mozgovoy, 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich ( 70.Abubakr Rizo Turdaliev, 81), 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 2.Alibek Davronov, 6.Murodbek Rahmatov, 15.Jo'rabek Mannonov,

"Metallurg": 1.Akmal Tursunboev, 4.Odil Abdumajidov, 6.Xudoyshukur Sattorov, 8.Salamat Qutiboev (9.Mahmudjon Qudratillaev, 57) , 22.SHahzod G'ofurbekov, 28.Stanislav Andreev, 30.Ibrohim Ibragimov, 48.Dilshod Rahmatullaev ( 70.Muhammad Isaev, 57), 55.Akbar Ismatullaev (90.Abdurahmon Abdulhaqov 57), 80.Farruh Ibrohimov, 98.Damir Temirov (7.Ruslan Roziev,71
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 3.Akbar Abdirasulov,  10.SHahzodbek Nurmatov, 21.Kamoliddin Tojiev, 79.Bobir Davlatov, 

Ogohlantirishlar: Xudoyshukur Sattorov 43 ("Metallurg"), Bahrom Abdurahimov 51 ("Nasaf"),  Muhammad Isaev 66 ("Metallurg")

CHetlatish: Xudoyshukur Sattorov 47 ("Metallurg")


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 


89. ZARBAAAAAAAAAAAAAA. Ibrohim Ibragimovning 11 metrdan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

88. Mahmud Qudratillaevga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Zokir Qodirov VAR qaroridan so'ng "Nasaf" darvozasi tomon penalti belgiladi. 

81. O'ZGARISH. "Nasaf", Marko Stanoevich o'rniga Abubakr Rizo Turdaliev, Husayn Norchaev o'rniga SHohmalik Komilov tushdi. 

74. ZARBAAAAAAAAAAAAAA. Andriya Kaluderovich ajoyib zarba yo'lladi. To'p darvoza to'riga borib tushishiga Akmal Tursunboev yo'l qo'ymadi. 

71. O'ZGARISH. "Metallurg", Damir Temirov o'rniga Ruslan Roziev maydonga tushdi. 

69. O'ZGARISH. "Nasaf", Dilshod Saitov o'rniga Husniddin Aliqulov, Doniyor Narzullaev o'rniga Suhrob Nurulloev maydonga tushdi. 

66. OGOHLANTIRISH. "Metallurg", Muhammad Isaevga sariq kartochka ko'rsatildi. 

65. G'olib G'aybullaevning zarbasini darvozabon egallab oldi. 

61. O'ZGARISH. "Nasaf", Bahrom Abdurahimov o'rniga Andriya Kaluderovich tushirildi.  

57. O'ZGARISH. "Metallurg", Dilshod Rahmatullaev o'rniga Muhammad Isaev, Akbar Ismatullaev o'rniga Abdurahmon Abdulhaqov, Salamat Qutiboev o'rniga Mahmud Qudratullaev maydonga tushdi. 

51. OGOHLANTIRISH. "Nasaf", Bahrom Abdurahimovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

47. CHETLATISH. "Metallurg", Xudoyshukur Sattorov ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydondan chetlatildi

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

43. OGOHLANTIRISH. "Metallurg", Xudoyshukur Sattorovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

39. Norchaevdan yana bir xavfli zarba. 

37. ZARBAAAAAAA. Markoning burchakdan uzatilgan to'pidan so'ng Husayn Norchaev boshi bilan zarba berdi. To'p darvozaning yonidan o'tib ketdi. 

35. ZARBAAAAAAAAAA. To'pni jarima maydonchasida qabul qilib olgan Marko Stanoevich o'tkir burchak ostida zarba yo'lladi. Akmal Tursunboev qutqarib qoldi. 

28. UXXXXXX. Dilshod Saitov raqibini juda yaxshi aldab o'tib to'pni oshirdi. Akmal Mozgovoyning zarbasi xavfli chiqdi. 

20. ZARBAAAAAAAAA. Marko Stanoevichning uzoqdan yo'llagan zarbasini Akmal Tursunboev ushlab oldi. Zarba juda aniq chiqdi. 


14. Gol hisobga olindi. "Nasaf" hisobda oldinda, 1:0

14. Zokir Qodirov VAR monitori oldiga keldi. 

13. VAR vaziyatni ko'rmoqda. Raqib futbolchilari to'p "Nasaf" o'yinchilarining qo'liga tekkan deb aytmoqda. 

12. GOOOOOOOOOOOL. Burchakdan pastlatib uzatib berilgan to'pdan so'ng himoyada tartibsizlik yuzaga keldi. Bundan Umar Eshmurodov foydalanib qoldi. 

8. Doniyor Narzullaevning zarbasini Akmal Tursunboev osonlikcha egallab oldi.

5. Salamat Qutiboev G'olib G'aybullaevga nisbatan jiddiy qo'pollik ishlatdi. "Nasaf"da jarima zarbasi. 

O'yin boshlandi. 

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.  

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика