So’nggi yangiliklar

17:52Диас "Ливерпуль"дан кетишга тайёр. "Барселона" ва "Бавария" янги таклифлар тайёрламоқда  0 17:37CAFA: Малайзия нотўғри иш қилди. Турнир саналари аввалдан эълон қилинган эди  3 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  14 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3

Superliga. "Nasaf" to'xtamayapti. "Bunyodkor"ga Qarshida javobsiz beshta gol urildi Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" to'xtamayapti. "Bunyodkor"ga Qarshida javobsiz beshta gol urildi

Teglar :  BunyodkorNasaf
Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

27 sentyabr, dushanba

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:00

NASAF – BUNYODKOR 5:0 (TUGADI)

Hakamlar: Asker Najafaliev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Ilya Ilin

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Vladimir Nazarov

VAR hakami: Aziz Asimov

VAR assistent: Timur Gaynullin

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Gol: Bahrom Abdurahimov 9, 1:0, Husayn Norchaev 18, 2:0, Husayn Norchaev 81, 3:0, Oybek Bozorov 87, 4:0, Suhrob Nurulloev 90, 5:0

 "Nasaf": 1. Umidjon Ergashev, 4. Husniddin Aliqulov, 7. Doniyorjon Narzullaev, 8. Dilshod Saitov, 18. Bahrom Abdurahimov, 19. Husayn Norchaev, 22. Akmal Mozgovoy, 34. SHerzod Nasrullaev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich, 92. Umarbek Eshmurodov (sardor)

Zaxira: 13. Azamat Soyibov, 6. Murodbek Rahmatov, 15. Jo'rabek Mannonov, 20. Suhrob Nurilloev, 28. Sardor Sadullaev, 50. SHohmalik Komilov, 70. Abu Bakr Rizo Turdialiev, 71. Jasur Jumaev, 99. Andrey Kaluderovich

"Bunyodkor": 71. Sarvar Karimov, 4. Davronjon Ergashev, 6. Avazbek O'lmasaliev ( 37. Muhammadodil Qahramonov, 76), 10. Xurshid G'iyosov (7. Farhod Mirahmatov,76), 13. Lutfulla To'raev (8. Sanjar Rashidov, 82) (sardor), 14. Mirjahon Mirahmadov (22. SHahboz Erkinov,34),  17. Odiljon Abdurahmonov, 19. Nurillo To'xtasinov, 26. Ulug'bek Abdullaev (34. Suhrob Izzatov,76), 30. Abdulla Abdullaev, 49. Ibrohim Tomiva

Zaxira: 1. Ravshanbek Yagudin, 3. Dian Talxatov, 21. G'ayrat Azizxo'jaev, 33. Umarali Rahmonaliev, 

Ogohlantirish: Odiljon Abdurahmonov ("Bunyodkor"),  Marko Stanoevich ("Nasaf") 38, Lutfulla To'raev ("Bunyodkor") 41, 

YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 


90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. "Nasaf" to'xtamayapti. Suhrob Nurulloev beshinchi golni urdi. 

87. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. "Nasaf" yarim himoyachisi Oybek Bozorov raqib himoyachilarini aldab jarima maydonchasi ichida darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi. 

86. O'ZGARISH. "Nasaf", Husayn Norchaev o'rniga Andriya Kaluderovich, Marko Stanoevich o'rniga Abubakr Rizo Turdaliev maydonga tushdi. 

82. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Lutfulla To'raev o'rniga Sanjar Rashidov maydonga tushdi. 

82. O'ZGARISH. "Nasaf", Bahrom Abdurahimov o'rniga SHohmalik Komilov, Doniyor Narzullaev o'rniga Suhrob Nurulloaev maydonga tushdi. 



81. GOOOOOOOOOOL. Husniddin Aliqulovning boshi bilan uzatgan to'pini Husayn Norchaev nozik harakatlar bilan "Bunyodkor" darvozasini ishg'ol qildi. Hujumni Marko Stanoevich boshlangandi. 

77. "Nasaf"ning goli VAR qaroridan so'ng inobatga olinmadi. 

76. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Ulug'bek Abdullaev o'rniga Suhrob Izzatov, Xurshid G'iyosov o'rniga Farhod Mirahmatov, Avazbek O'lmasaliev o'rniga Muhammadodil Qahramonov maydonga tushdi. 

66. ZARBAAAAAAAAA. "Nasaf" ajoyib hujum tashkil qildi. Bahrom Abdurahimovdan kelib tushgan to'pdan so'ng Marko Stanoevich zarba yo'lladi. Darvozabon to'pni ushlab oldi. 

63. ZARBAAAAAAAAAA. Lutfulla To'raevning boshi bilan yuqoridan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegdi. 

59. Oybek Bozorov juda faol. 

55. "Nasaf"ning yosh futbolchilari "Bunyodkor" o'yinchilarini osonlikcha yosh bolalarcha aldab dog'da qoldirmoqda. 

49. ZARBAAAAAA. Marko Stanoevichning juda qulay nuqtadan yo'llagan zarbasini jonli devordagi Odiljon Abdurahmonov qaytardi. 

47. ZARBAAAAAA. Bahrom Abdurahimovning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus

45+2. ZARBAAAAAA. Bahrom Abdurahimovning zarbasi xavfli chiqdi. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

41. OGOHLANTIRISH. "Bunyodkor", Lutfulla To'raevga sariq kartochka ko'rsatildi. 

38. OGOHLANTIRISH. "Bunyodkor", Odiljon Abdurahmonovga sariq kartochka bilan jazolandi. 

36. OGOHLANTIRISH, "Nasaf" Marko Stanoevichga sariq kartochka ko'rsatildi. 

34. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Mirjahon Mirahmadov o'rniga SHahboz Erkinov maydonga tushdi. 

20. Mehmonlar juda sekin o'ynamoqda. Vaziyatlarda keskinlik yo'q. 

27. "Bunyodkor"dan xavfli hujum. Yakuniy zarbani golga aylantiradigan futbolchi topilmadi. 

21. "Bunyodkor" jarima zarbasini golga aylantirishda xatoga yo'l qo'ydi. 


18. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. SUPERGOOOOOOOOOOL. Husayn Norchaev "Bunyodkor" darvozasining to'qqizligiga to'pni qadab qo'ydi. 


9. GOOOOOOOOOOOOL. Bahrom Abdurahimov jarima maydonchasiga yorib kirib ajoyib zarba bilan gol urib "Nasaf"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Himoyachilar Abdurahimovga qarshilik ko'rsata olishmadi. 

1. "Bunyodkor"ning ilk hujumi xavfli chiqdi. Tomivaning urinishi samarasiz ketdi. 

O'yin boshlandi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

- Uchrashuv 19:00da boshlanadi

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика