Superliga. "Metallurg" Bekobodda "Qizilqum"ni yirik hisobda taslim qildi
12 apr 2019 20:03
Yangiliklar


Superliga. "Metallurg" Bekobodda "Qizilqum"ni yirik hisobda taslim qildi
Metallurg Stanislav Andreyev - 19', Zohid Abdullayev - 35', Zohid Abdullayev - 38', Bahrom Abdurahimov - 90' |
Superliga. 4-tur 12/04/2019, 18:15 1
:
4
Tugadi
|
Qizilqum Mirjalol Qosimov - 25' |
Superliga, 4-tur
"Metallurg" - "Qizilqum" 4:1
12 aprel 2019. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 6920 tomoshabin
Hakamlar: SHerzod Qosimov, Sanjar SHoyusupov, Timur Gaynullin, To'rabek Suyunov.
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Erkin Baxtiyorov
Gollar: Stanislav Andreev 19 penalti, - 1:0. Mirjalol Qosimov 24, - 1:1 (Medina Smit). Zohid Abdullaev 35, - 2:1 (Sergey Tumasyan). Zohid Abdullaev 38, - 3:1. Bahrom Abdurahimov 90+2, - 4:1.
"Metallurg": 1.Zafar Safoev, 5.Abbos Otaxonov, 11.Bahrom Abdurahimov, 15.Zohid Abdullaev, 17.Muzaffar Muzaffarov, 18.SHavkat Mullajonov, 19.Doniyor Usmonov (10.Islombek Isoqjonov, 74), 21.Kamoliddin Tojiev, 28.Stanislav Andreev, 55.Akbar Ismatullaev (7.Suhrob Nurulloev, 46), 70.Sergey Tumasyan.
Zaxira: 35.Akmal Tursunboev, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 30.Andrey SHipilov 77.Muhammad Isaev, 14.Abror Toshqo'ziev, 20.Xudoyshukur Sattorov, 85.Bahodir Pardaev.
"Qizilqum": 1.Evgeniy CHeremisin, 4.Erkin Boydullaev, 10.Alisher Sanoev (36.Xurshidjon Olimov, 46), 14.Fayzulla Qambarov, 17.Salim Mustafoev, 18.Eldor Boymatov, 19.Mirjalol Qosimov (44.Maqsud Karimov, 57), 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 23.SHerali Jo'raev, 30.Elguja Grigalashvili (7.Murodbek Bobojonov, 76), 99.Medina Smit.
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 8.Akmal Rustamov, 9.Humoyun Abdualimov, 25.Azizbek Usmonov, 97.Suhrobjon Yarashev.
Ogohlantirishlar: Suhrob Nurulloev 48, Salim Mustafoev 58,
MATNLI TRANSLYACIYA
90+3. O'YIN TUGADI, "Metallurg" - "Qizilqum" 4:1
90+2. O'zgarish. "Metallurg". Zohid Abdullaev o'rniga Ibrohim Yo'ldoshev tushdi
90+2. GOOOOOOOOOOOL! BAHROM ABDURAHIMOV 4:1. Jarima maydoni ichiga kirib borgan yarim himoyachi hisobni yiriklashtirdi
90. Ikkinchi taymga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
80. ZARBA! Suhrob Nurulloevning kuchli zarbasi, CHeremisin to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasi.
78. Uchrashuvni stadiondan bevosita 6920 nafar tomoshabin kuzatib bormoqda.
76. O'zgarish. "Qizilqum". Elguja Grigalashvili o'rniga Murod Bobojonov tushdi
75. O'zgarish. "Metallurg". Doniyor Usmonov o'rniga maydonga Islombek Isoqjonov tushdi.
68. O'yin tempi anchagina tushib ketdi. Mezbonlar hisobdan kelib chiqib erkin o'ynashmoqda
58. Ogohlantirish. "Qizilqum". Salim Mustafoev
57. O'zgarish. "Qizilqum". Mirjalol Qosimov o'rniga Maqsud Karimov maydonga tushdi
48. Ogohlantirish. "Metallurg". Suhrob Nurulloev
46. Ikkinchi taym boshlandi
46. O'zgarish. "Metallurg". Akbar Ismatullaev o'rniga Suhrob Nurulloev tushdi
46. O'zgarish. "Qizilqum". Alisher Sanoev o'rniga Xurshid Olimov tushdi
45+1. Birinchi taym tugadi
38. GOOOOOOOOOOOOOL! ZOHID ABDULLAEV 3:1. DUBL! Bekobodliklarning tezkor qarshi hujumi, Muzaffarovning pasidan so'ng Zohid Abdullaev birga bir vaziyatga chiqib bordi hamda CHeremisinni dog'da qoldirdi
35. GOOOOOOOOOOOOOL! ZOHID ABDULLAEV 2:1. Bahrom Abdurahimov - Sergey Tumasyan - Zohid Abdullaev kombinaciyasi darvozaning ishg'ol etilishi bilan yakunlandi.
31. Bekobodliklarning xavfli hujumi. Tumasyan yaqin masofadan to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi...
29. Eldor Boymatov jarimadan xavfli zarba berdi, himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.
25. GOOOOOOOOOOOOOL! MIRJALOL QOSIMOV! 1:1 Ajoyib gol! SHerali Jo'raev o'ng qanotdan Medina Smitga uzatdi, hujumchi esa orqaroqdagi sherigiga oshirdi, Mirjalol Qosimov jarima maydoni chizig'i ustidan o'ng oyog'i bilan darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi!
23. XAVFLI VAZIYAT! Elguja Grigalashvilining xavfli reydi va to'p oshirishi, Zafar Safaev o'rnida
19. GOOOOOOOOOOOOOL! STANISLAV ANDREEV 1:0. Penaltidan unumli foydalandi!
18. PENALTI! "Qizilqum" darvozasi tomon. Bosh hakam bu vaziyatda to'p Salim Mustafoevning qo'liga tekkan deb hisobladi
11. "Metallurg" yarim himoyasi hozircha to'pni nazoratida ushlab tura olmayapti. Hujumchi Zohid Abdullaevga biron marta to'p uzatib berilmadi.
10. Tashabbus "Qizilqum" futbolchilarida
5. Mehmonlarning ilk xavfli hujumi chap qanotdan tashkil etildi. Ammo Grigalashvili raqib himoyachisidan qochib keta olmadi, aniqrog'i bekobodlik himoyachi xavfni bartaraf etdi
1. O'YIN BOSHLANDI!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar