So’nggi yangiliklar

01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  0 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  0 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  0 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  5 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  4 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  1 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  0 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  0 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  26 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  2 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  24

Superliga. "Lokomotiv"ning durangsiz seriyasiga chek qo'yildi, "Metallurg" esa yana o'zi sevadigan natijaga erishdi Yangiliklar

Superliga. "Lokomotiv"ning durangsiz seriyasiga chek qo'yildi, "Metallurg" esa yana o'zi sevadigan natijaga erishdi

Coca Cola Superligasining 13-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" uchrashuvi yakunlandi.

Coca-Cola Superliga. 

13-tur

"Metallurg" — "Lokomotiv" 1:1

30 iyun 2022 yil. Bekobod. "Metallarg" markaziy stadioni. 19:00.

Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Bektursin Kannazarov, Jalg'asbay Sarsenov, Nikita Mustafin

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Baxtiyor SHirinov

Gollar: Ali Abdurahmonov (90+4), Damir Temirov (90+5-penaltidan)

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 6.Xudoyshukur Sattorov, 8.Salamat Quttiboev, 9.Zabihillo O'rinboev (16.Jasur Xolto'raev, 83), 11.Damir Temirov, 14.Abror Toshqo'ziev, 18.Fozil Musaev, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 25.SHahzodjon Nematjonov (7.Islom Isoqjonov, 67), 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 80.Farrux Ibrohimov.

Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 99.Vladimir Vagin, 3.Akbar Abdirasulov, 5.Abbos Otaxonov, 19.Ergash Ismoilov, 23.Abdulvosid Vosidjonov, 26.Hakimxon Alamxonov, 28.Nosirjon Abdusalomov.

"Lokomotiv": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Islomjon Qobilov, 6.Alisher Salimov (20.Jaloliddin Jumaboev, 78), 8.Nurmuhammad Toshpo'latov, 9.Javohir Alijonov (18.Ali Abdurahmonov, 74), 14.Xurshid Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 21.G'ulom-Haydar G'ulomov (22.Muhammadanas Hasanov, 64), 27.Islom Rashidxonov (24.SHerzod Komilov, 78), 34.Anvarjon Alijonov (19.Etame Jerome, 64), 44.Samuel Opex.

Zaxira: 12.SHohruh Isoqov, 4.Dilshodjon Komilov, 5.Javohir Abdualimov, 98.Maruf Jumaev

Ogohlantirishlar: Ibrohimov (27)


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! Mazkur bahsda Oqil Abdubarnoev sizni zeriktirmaslikka harakat qildi. Ko'rishguncha!

90+9. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Temirov hisobni tenglashtirdi! To'p darvoza to'rini titratishi bilanoq hakam o'yin yakunlanuvchi hushtagini chaldi.

90+6. Bekobodda duv-duv gap! "Loko" darvozasiga penalti belgilandi! "Lokomotiv" shodligi 1 daqiqa ham davom etmadiya!

90+5. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Abdurahmonov jarimadan uzatilgan to'pni bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi! Xayriyat, armonsiz o'tadigan bo'ldik.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. Talabalar lapshasi tayyor bo'ladigan vaqtcha sabr qilamiz.

85. Qutiboev burchakdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi, ammo...

84. Isoqjonovning zarbasini Jerome to'sib qoldi va "avariya"ga uchradi.

83. Mezbonlarda o'zgarish: Jasur Xolto'raev Zabihillo O'rinboevni almashtirdi.

78. "Loko"da so'nggi ikki o'zgarish: SHerzod Komilov Islom Rashidxonov, Jaloliddin Jumaboev esa Alisher Salimov bilan joy almashdi.

77. SHu paytgacha durang o'ynamagan "Lokomotiv"ning bugun shunaqa natija ko'rsatayotganiga qarang. Lekin mezbonlar tenglikni yaxshi ko'radi. Ikkala jamoaning o'zlari ham zerikdiyov gol urilmaganidan.

74. "Temiryo'lchilar"da o'zgarish: Ali Abdurahmonov Javohir Alijonov o'rniga o'yinga qo'shildi.

72. Salimovning uzatmasiga Krauchning ham bo'yi etmasdi.

67. "Metallurg"da o'zgarish: SHahzodjon Nematjonov endi bemalol nafas rostlashi mumkin, Islom Isoqjonov o'zini ko'rsatishga urinib ko'radi.

64. "Lokomotiv"da o'zgarishlar: Muhammadanas Hasanov G'ulom-Haydar G'ulomov o'rniga, Etame Jerome esa Anvarjon Alijonov o'rniga maydonga tushdi.

61. Nematjonovning zarbasi kosmos tomon yo'l oldi, menimcha.

57. ZARBA! Temirov bor kuchu, alamlarini o'ng oyog'iga jamlab, zarba yo'lladi, biroq u o'ylagan rejaning oxiri boshqacha yakunlandi. 

56. Lobanov yonida turgan to'pni ushlagisi kelmasdan raqibiga ichida "kelaqol, kelaqol" deb qo'ydi. Raqib yaqinlashgach, to'pni mahkam ushlab olib, "Men seni hech kimga bermayman" dedi. 

54. "Lokomotiv" futbolchilari tanaffusda tanbehning zo'rini eshitishgan ko'rinadi, ikkinchi bo'limdagi navbatdagi xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi.

51. "Lokomotiv" hujumi besamar yakunladi, klub ustozi boshini changallab qoldi.

48. "Metallurg"da standart vaziyat yuzaga keldi. O'rinboevning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'rini bezovta qilishni istamadi.

46. Ikkinchi bo'limni qizil rangli libos kiygan mehmonlar boshlab berdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Zerikib qolmadingiz degan umiddaman.

45+2. Mehmonlar futbolchisi hujum chog'i yiqildi. Hakam unga qarab, "Turaqol o'rningdan, yigitcha" ishorasini qildi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Temirovga nisbatan biroz qo'pol o'yin namoyish etildi. Mezbonlar murabbiyi "hey" dediyu, operator uni tasvirga olayotganini ko'rib, jim bo'lib qoldi. 

43. "Loko" futbolchisi raqib darvozasi ortida turgan bannerni nishonga oldi.

40. "Lokomotiv" futbolchisi fint orqali raqibini aldayman deb o'zini-o'zi aldab qo'ydi. 

38. O'rinboev aniq zarbalar statistikasini boyitdi, biroq aniq tablodagi hisobni qimirlatadigan urinish bo'lmadi.

36. Mezbonlar Alijonovni umbaloq oshishga majbur qildi, jarima zarbasi belgilandi. Muxtorovning jarima zarbasi aniq chiqmadi.

34. "Lokomotiv"da ketma-ket ikki hujum yuzaga keldi, afsuski, ularning hech biri xursandchilikka sabab bo'lmadi. 

32. "Lokomotiv" futbolchisiga nisbatan markazda qo'pollik ishlatildi. Temirov to'pni bergisi kelmay-kelmay "oley" deb uzatdi.

28. Muxtorov "Mana yiqitganlaring uchun" deya "jonli devor"ni to'p bilan savaladi.

27. Hakam raqibini hujum payti chalgani uchun Ibrohimovga quyosh rangidagi kartochka ko'rsatdi.

26. "Metallurg" futbolchilarining burchakdan uzatmasini "Loko" darvozaboni uzun qo'llari bilan egallab oldi.

24. Futbolchilar chanqog'ini bosib olmoqda. Bu ob-havoda muzqaymoq singari erib ketay deyapti odam.

22. "Metallurg" futbolchisining zarbasi necha metr yuqori ketganini langarcho'pda sakraydigan sportchilar chamalab aytolsa kerak.

20. Qutiboev zarba berayotganda darvoza ko'ziga chetroqda ko'rindi shekilli, uzatmadan so'ng hujumchilar sevadigan nuqtadan aniq zarba berolmadi.  

18. Abdujalilov xato qilishiga bir bahya qoldi. Yuragi "shuv" etib ketdiyov "Loko" posbonining.

17. "Lokomotiv" futbolchisi narigi qanotda quyoshga termulib turgan sherigiga to'p oshirdi, jamoadoshi to'pni quvlab-quvlab etolmadi.

15. "Metallurg" futbolchisi aldangani uchun raqibidan alamini oldi. Jarima zarbasi. 

13. Sattorov olisdan qo'rqinchli zarba yo'llashga shaylanib, zarba berdi ham. Ammo uning oyog'i to'pdan ko'ra havoni ko'proq savaladi.

11. O'yin bir tekisda o'tmayapti. To'p uyoqdan buyoqqa, buyoqdan uyoqqa sarson-sargardon bo'lib ketdi. Markazda o'tirgan tomoshabinlarning bo'yinlari og'rib ketgan bo'lsa kerak. 

8. Temirov chap qanotdan turnirning eng chiroyli gollaridan birini urgisi keldi, uning zarbasiga ancha aniqlik etishmadi.

6. Lobanov qo'li bilan otgan to'p maydon markazidan nariga o'tdi. Oyog'ida bunchalik uzoqqa tepolmasa kerak.

4. ZARBA! Nematjonov qanotdan uzatilgan to'pni bosh bilan raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ymoqchi edi, ammo uning orzusi keyinroq amalga oshadigan bo'ldi.

"Metallurg" ko'k, "Lokomotiv" qizil rangli libosda harakat qilishadi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Katta ehtimol bilan teleekran orqali OFK kubogi uchrashuvini tomosha qilsangiz kerak, shu bois mazkur uchrashuvni matnli ko'rinishda o'qib borishingiz mumkin. Umid qilamizki, ushbu bahs esnoq tutishingizga sabab bo'lmaydi.

Stadion uchrashuv o'tkazishga shay, sizchi, kuzatishga tayyormisiz?

Uchrashuv 19.00 da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика