Superliga klublariga qarzdorlik qimmatga tushishi mumkin
10 avg 2018 19:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/448117_original.jpg)
![](/upload/storage/448117_220.jpg)
Superliga klublariga qarzdorlik qimmatga tushishi mumkin
Professional futbol ligasi zimmasidagi qarzdorlik masalasidan vaqtida qutila olmayotgan Superliga klublarini ogohlantiradi.
Ayni vaqtda "So'g'diyona", "Qo'qon-1912", "Bunyodkor", "Navbahor", "Paxtakor" va "Buxoro" kabi klublarda qarzdorlik mavjud. Mazkur holat 14 avgust — seshanba kuni soat 15:00ga qadar bartaraf etilmasa, jamoalardan 3 ochko olib tashlanadi. 22-turdan keyin esa ularni Superliga o'yinlaridan olish yoki 6 ochkodan mosuvo qilish masalasi ko'rib chiqilishi mumkin.
Bungacha PFL Pro-Liganing ikki klubi — "Yozyovon" hamda "Norin" jamoalariga qarzdorlikni bartaraf etmagani uchun texnik mag'lubiyat yozgan edi. Endigi navbat Superliga klublariga etib keldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar