So’nggi yangiliklar

21:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23 0:1  13 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  2 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  9 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1

Superliga klublari direktorlari "Everton" akademiyasida ish o'rganishdi Yangiliklar

Superliga klublari direktorlari "Everton" akademiyasida ish o'rganishdi

Superligadagi klublarning direktorlari Angliyada bo'lib qaytishdi.

Bu haqda O'FA rasmiy sayti xabar berdi.

Avval xabar berilganidek, O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Angliyaga tashrifi chog'ida Angliya Futbol Associaciyasi rahbariyati bilan uchrashib, kelgusida ikki Associaciya o'rtasida hamkorlik qilish va o'zaro tajriba almashish borasida suhbatlashgan va bu borada ikki tomonlama kelishuvga erishilgan edi.

Ana shu kelishuvga ko'ra O'zbekiston Superligasi klublari direktorlari malaka oshirish uchun Angliya Premer-Ligasi vakili “Everton” klubi akademiyasiga tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrif davomida Superliga klublari direktorlari klub infratuzilmasi, menejmenti, akademiyasi faoliyati, marketing, klub tizimi va skauting kabi masalalarda ish o'rganishdi.

Takidlash lozim, klub direktorlarini “Everton” klubi direktori Stiv Uolsh kutib oldi va mehmonlarga tashrif davomida malaka oshirishlari uchun sharoit yaratib berdi. SHuningdek, direktorlarga bir qancha vaqt davomida Angliyaning “Lester” klubiga murabbiylik qilgan Kreyg SHekspir klub qanday tarzda mashg'ulot olib borishi, mashg'ulotlar jarayoni haqida so'zladi. Tashrif davomida, klub infratuzilmasi, akademiyasi faoliyati ham o'rganildi.

Superliga klublari direktorlari, shuningdek, klub mashg'ulotlar maydoniga tashrifi chog'ida, klub futbolchilari bilan ko'rishib, ularning mashg'ulotlar jarayonini kuzatib borishdi. Mashg'ulotlar paytida “Everton” klubi futbolchilari Fil Yagielka, Tom Devis, Teo Uolkot hamda Leyton Beyns kabi futbolchilar o'zbekistonlik mehmonlar bilan mashg'ulotlar jarayoni borasida suhbatlashishdi. Takidlash lozim, Superliga klublari direktorlari uchun ushbu uchrashuv yuqori saviyada tashkil etildi va ikki tomon kelgusida ham bu kabi uchrashuvlarni tashkil etish bo'yicha o'zaro kelishuvga erishdi. Malumot uchun, O'zbekiston Futbol Associaciyasi hamda Angliya Futbol Associaciyasining o'zaro hamkorlik kelishuviga ko'ra bu kabi uchrashuvlar hamda seminarlar Angliyaning boshqa klublari bilan ham o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика