Superliga klubi bosh murabbiyi istefoga chiqarildi
07 apr 2018 12:25
Yangiliklar


Superliga klubi bosh murabbiyi istefoga chiqarildi
Kecha, 6 aprel kuni Superliganing 5-turidan o'rin olgan bazi o'yinlar bo'lib o'tdi.
SHu kuni "So'g'diyona" Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'ldi. Jizzaxliklar ushbu o'yinda 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi.
"So'g'diyona" matbuot-xizmatining xabar berishicha, bugun (7 aprel) klubdan navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tgan. Unda jizzaxliklarning muvaffaqiyatsiz natijalari muhokama qilindi va yangi mavsum boshidan beri jamoada ishlayotgan mutaxassis Aleksandr Mochinov istefoga chiqarildi.
Bundan tashqari, "So'g'diyona" bayonotida klubda hech qanday moliyaviy muammolar yo'qligi, maoshlar o'z vaqtida to'langani hamda Mochinovga barcha imkoniyatlar yaratib berilgani, mutaxassis esa imkoniyatlardan foydalana olmagani aytilgan.
Klubning yangi bosh murabbiyi tez orada elon qilinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar