So’nggi yangiliklar

08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  0 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3

Superliga intrigalari: "Paxtakor", "Nasaf", AGMK va "Qo'qon-1912"... (tahlil) Yangiliklar

Superliga intrigalari: "Paxtakor", "Nasaf", AGMK va "Qo'qon-1912"... (tahlil)

"Championat.asia" sayti Superliganing 14 jamoasining 22-turdan keyingi holatiga qisqacha nazar tashlaydi.

CHempionatning yakuniy va hal qiluvchi pallasi yaqinlashdi. Hozirga qadar Superliganing 21 turi o'tdi va faqatgina "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvi qoldirilgan. SHuningdek, ertadan etiboran 22-turga start beriladi.

Mazkur turdan keyin qoladigan to'rtta tur o'yinlari birinchi davrada bo'lgani kabi markazlashtirilgan holda o'tkazilmasada, xolislikni saqlab qolingan holda barcha jamoalar neytral maydonlarda o'yinlarini o'tkazishadi.

Hozirga qadar o'tkazilgan 21 tur yakunlariga ko'ra, chempionlik masalasi oydinlashib qoldi. Peshqadam "Paxtakor"ning ketma-ket ikkinchi bor shohsupaga chiqishi uchun 2 g'alaba etarli va bu vaqt masalasi.

Ayni damda sovrinli o'rinlar va quyi ligaga kim tushib ketadi degan savol o'z dolzarbligini yo'qotmagan va bu borada intriga kuchli.

CHempionlik masalasi yopiq bo'lsa, kumush va bronza medallari uchun kurashda "Nasaf", AGMK va "Qo'qon-1912" asosiy raqobatchi. "Bunyodkor"da garchi nazariy taraflama imkoniyat bo'lsada, amalda bunga erishishi juda qiyin vazifa. CHunki oradagi farq 10 ochkoni tashqil etmoqda.

Jon saqlab qolish uchun kurash esa "Buxoro", "Andijon" va "Surxon" o'rtasida kechmoqda va bu qizg'in kurash oxirgi turlarga qadar davom etishi katta ehtimol.

Demak, intriga taqdim etayotgan har bir jamoaning potencial imkoniyatlarini qisqacha chamalaymiz:


"Paxtakor" - Ortiqcha izohga hojat yo'q: ikkita kam chempion.

"Nasaf" - Kumush va bronza medallari uchun kurashda imkoniyatlari juda baland. Ustunlik tarafi, jamoa yosh va mavsum yakuniga yaqin qolgan jamoalarga nisbatan jismoniy taraflama ancha tetik. Katta ehtimol jamoa kuchli uchlikda qoladi. O'yin tashkillashtirish va yuqori sifatdagi futbol namoyish etayotgani tahsinga loyiq. Jamoa ayni pallada juda ajoyib sport formada. Samaradorlik yuqori. Ustiga-ustak mudofaa chizig'ida ham ishonchli himoyalanmoqda. Hal qiluvchi pallada yorqin o'yin va barqarorlikni taminlayotgan jamoaning tezlikda yuqoriga sakragani bejiz emas. Futbolda ichki muhitga ko'p narsa bog'liq. Garchi moliyaviy qiyinchiliklar bo'lsada jamoa ahillik evaziga muvaffaqiyat qozonmoqda. "Qo'qon-1912" bilan bo'ladigan bo'lajak o'yinda ehtimoliy g'alaba nafaqat kumush medallar uchun imkoniyatni yanada mustahkamlaydi, balki minimum bronza medallarini deyarli naqd qiladi.

AGMK - Ajoyib start va birinchi davradagi muvaffaqiyatdan keyin jamoa charchab qoldi. Ayni damda AGMK to'plagan ochkolar zaxirasi ularni katta ehtimol kuchli uchtalikda olib qolishi mumkin. Biroq ketma-ket mag'lubiyat va aynan to'g'ridan-to'g'ri raqobatchilarga boy berilgan o'yinlar kumush medallari uchun kurashda imkoniyatlarini "Nasaf"ga nisbatan pasaytirib qo'ydi. CHempionat finishiga yaqin yosh tarafdan eng qariya bo'lgan AGMK jismoniy jihatdan toliqib qolayotgani ham o'yin va natijalariga tasir qilayotgandek. SHu boisdan ham o'yinda pasayish kuzatilmoqda. Potencial imkoniyati hali ham maksimum kumushga etarli. Faqat buning uchun amaldagi chempion va peshqadamga qarshi bahsda g'alaba qozonishi talab etiladi. Buni hozirgi pasayishdagi AGMK uddalashi qiyin yumush. SHuningdek, jamoa qatorasiga muvaffaqiyatsizlikka uchragani va gol urolmayotgani ichki muhit bo'yicha ham ko'pchilikda savollar uyg'otishi mumkin. Ko'plab savollarga "Paxtakor"ga qarshi o'yin javob berishi kerak. AGMK 6-turdan 21-turga qadar ikkinchi o'rindan pastga tushmasdan hal qiluvchi pallada o'z o'rnini boy berishi jamoaga alam qilishi tayin. SHu bois Qosimov jamoasi qolgan 5 turda mavsum davomida qilingan mehnatlarini oqlashga qattiq urinishiga shubha yo'q. AGMK uchun "Paxtakor" bilan bo'ladigan bahs finalga teng, nazarimizda...

"Qo'qon-1912" - Kutilmaganda katta o'sishga erishgan va o'z imkoniyatlaridan yuqori sakrayotgan jamoa. O'tgan turdagi g'alaba ularga hal qiluvchi pallada medallar uchun kurashni taklif etmoqda. Odatda elitada qolish uchun kurashib kelgan "Qo'qon-1912" joriy mavsum o'z vazifasini chiroyli uddalamoqda. Jamoa nafaqat musobaqa jadvali o'rtasida, balki kuchlilar orasiga ham qo'shilib, qizg'in kurash va medallar uchun intrigani uyg'otdi. Moliyaviy baquvvat bo'lmagan, ammo barqaror bo'lgan qo'qonliklar chempionat kashfiyotlaridan biriga aylanishdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ayni paytda jamoa medallar uchun kurashmoqda. Qarshidagi o'yin ularga bu kurashni davom ettirish yoki hozirgi holatda ham yomon bo'lmagan 4-5 o'rinlarda qolishlarini belgilab beradi.

"Bunyodkor" - Medallar uchun nazariy taraflama hali ham imkoniyati bor, lekin bu borada "qaldirg'ochlar" qolgan o'yinlarda nafaqat o'zlari, balki raqobatchilarining doimiy ochko yo'oqtishlarini kutishlariga to'g'ri keladi. "Bunyodkor" bronza medallari uchun kurashni davom ettirishi "Paxtakor"ga qarshi qoldirilgan o'yinda g'alaba qozonishiga bog'liq. Aks holda jamoa katta ehtimol mavsumni beshlikda yakunlash borasida kurashadi.


"Metallurg", "So'g'diyona", "Navbahor" va "Lokomotiv" musobaqa jadvali o'rtalig'ida bo'ladi. Kim aynan qaysi o'rinlarni bo'lib olishi esa yaqin 5 turda malum bo'ladi. "Qizilqum" va "Mashal"da o'rtaliqqa kirish imkoniyati juda past va shuningdek, ular autsayder raqobatidan ham nisbatan holi holatda.

Elitada qolish uchun kurashda "Surxon" va "Andijon"ning nisbatan imkoniyati yaxshiroq. Lekin "Buxoro" birgina g'alaba orqali ularni quvib o'tish imkoniyatiga ega.

Eslatib o'tamiz, Superligada 14-o'rinni egallagan jamoa reglamentga ko'ra Pro-ligaga tushib ketali. 13-o'rin egasi Pro-liganing ikkinchi jamoasi bilan o'tish o'yini orqali Superliga chiptasi uchun kurashadi.

Voqealar rivojini kuzatamiz...

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика