So’nggi yangiliklar

00:20А Серия. Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  14 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  0 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0 00:00Саидазамат Мирсаидов: "Рақиб ким бўлишидан қатъий назар, ҳар бир учрашувда ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  0 23:45Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг бугунги машғулоти. Эртанги рақиб - Қувайт  1 23:29Ўзбекистон U-23. Навбатдаги машғулот қандай ўтди? Мирсаидов ва Одиловдан интервью  0 23:23U-23 Осиё Кубоги. Саудия Арабистони Таиландга бешта гол урди, Япония БААга имконият қолдирмади  1 22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  26 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1 22:35Эрон. "Истиқлол" навбатдаги ғалабага эришди. Машарипов 78 дақиқа ўйнади  0 22:26СПЛ. Роналдусиз "Ал Насср" "Ал Файҳа"ни енгди. Садио Манедан дубль  0 21:40Ўқинг, қизиқ! Максим Саррафнинг онаси ПФЛдан миннатдорлигини билдирди  6 21:40"Сирдарё ФА" бош мураббийи: "Кубок ўйинлари биз учун тажриба мактаби бўлаяпти"  1 21:25"Дўстлик" бош мураббийи Шуҳрат Қурбонов: "Ўзгаришларсиз футбол бўлмайди"  0 21:05"Барселона"ни таслим этган Усмон Дембеле ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди  9

Superliga. Dastlabki uch tur sanalari aniq: 2-tur doirasidagi "Bunyodkor" – OKMK bahsi qoldirildi Yangiliklar

Superliga. Dastlabki uch tur sanalari aniq: 2-tur doirasidagi "Bunyodkor" – OKMK bahsi qoldirildi

7 fevral kuni Superliganing 2023 yilgi mavsumi uchun qura tashlandi.

SHu asosda avvaldan rejalashtirilgan taqvimga aniq sanalarni kiritish ishlari boshlandi.

Mart oyining 20-28 sanalari FIFA kunlari sifatida belgilab olingan. O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari uning doirasida xalqaro safar o'yinlarida ishtirok etadi. Qolaversa, 1-18 mart kunlari mamlakatimizning 4 ta stadioni U-20 Osiyo Kubogiga mezbonlik qiladi. Sir emaski, yana 4 ta stadion tamirlash ishlari sabab mavsumga tayyor emas. 

Mana shunday mushkul vaqtda O'FA taqvim masalasida iltimos bilan chiqqan. Unga ko'ra:

•  milliy terma jamoaga futbolchi beradigan uch asosiy klub: "Paxtakor", "Nasaf" va "Navbahor"ning 3-turdagi o'yinlari 17 mart sanasiga qo'yilishi kerak;

•  Marokashga yo'l olayotgan olimpiya termasining rejasidan kelib chiqib, "Olimpik" ishtirokidagi o'yin ham iloji boricha ertaroq o'tishi kerak. 

Superliga o'yinlari futbol muxlislariga qulaylik qilish maqsadida juma, shanba va yakshanba kunlariga reja qilingan. Bunda FIFA kunlari inobatga olingan. Qo'shimchasiga Liga 18 mart kuni Toshkentda o'yin tashkil qila olmaydi. SHu kuni U-20 Osiyo chempionatining so'nggi ikki uchrashuvi bo'lib o'tadi. 

Barcha holatlarni inobatga olib, Liga dastlabki uch turning faqatgina 4 ta o'yinida o'zgarishlar qildi. Bu haqda qura oldidan futbol jamoatchiligiga ham aytib o'tilgandi. Demak: 

•  1-tur doirasida safarda o'ynashi kerak bo'lgan "Nasaf" va "Surxon" jamoalari nominal mezbonga aylanadi (ularning raqibi bo'lgan "Andijon" va OKMK uy uchrashuvlarini o'tkazadigan stadion xalqaro musobaqa bilan band);

•  2-tur doirasidagi "Bunyodkor" – OKMK o'yini keyinroq o'tkaziladi (Katanec milliy termaga chaqiruv olgan futbolchilar ro'yxatini elon qilishiga qarab mazkur bellashuv yo FIFA kunida yoki aprel oyidagi bo'sh kunlardan birida o'tadi);  

•   "Jar" stadioni U-20 Osiyo Kubogi musobaqasiga mezbonlik qilishi munosabati bilan 2-turdan o'rin olgan "Olimpik" – "So'g'diyona" uchrashuvi Zominda bo'lib o'tadi.

•  3-tur doirasidagi safarda o'ynashi kerak bo'lgan "Olimpik" nominal mezbonga aylanadi (o'yin "Jar" stadionida o'tadi). 

Kunning qolgan qismida Liga keyingi turlar masalasiga ham oydinlik kiritadi.


1-tur

3 mart 

"Paxtakor" – "Olimpik"

"Metallurg" – "Neftchi"


4 mart 

"Navbahor" – "Qizilqum"

"Nasaf" – "Andijon"

"So'g'diyona" – "Bunyodkor"


5 mart 

"Turon" – "Buxoro"

"Surxon" – OKMK  


2-tur  

10 mart 

"So'g'diyona" – "Olimpik"  

"Neftchi" – "Paxtakor"


11 mart 

"Navbahor" – "Metallurg"

"Surxon" – "Andijon"


12 mart 

"Nasaf" – "Turon"

"Qizilqum" – "Buxoro"


Qoldirildi 

"Bunyodkor" – OKMK


3-tur  

17 mart 

"Olimpik" – OKMK

"Buxoro" – "Nasaf"

"Paxtakor" – "Navbahor"


18 mart

"So'g'diyona" – "Neftchi"  

"Andijon" – "Bunyodkor"


19 mart

"Metallurg" – "Qizilqum"  

"Turon" – "Surxon"



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика