So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  3 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

Superliga. Dastlabki tur qanday o'tdi? Statistika va yodda qolarli vaziyatlar Yangiliklar

Superliga. Dastlabki tur qanday o'tdi? Statistika va yodda qolarli vaziyatlar

Teglar :  Superliga-2024
O'zbekiston Superligasining yangi mavsumi start oldi.

Turnir startida qaysidir jamoalar Instagram sahifasini avjiga chiqaradigan natija qayd etgan bo'lsa, yana qaysidir jamoalarning yuz qiyofasi muzlatgich singari ko'rinish oldi.

Dastlabki turdan so'ng qiziqarli statistikani havola etamiz.


"Navbahor" 3:1 "Dinamo"

Uchrashuv nimasi bilan yodda qoldi?

- Mehribon akalardan mehribon ukalarga muruvvat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Navbahor" futbolchisi Ibrohim Yo'ldoshevning sovuq ob-havoda kurtkasini qarshisidagi bolakay ustiga yopib qo'ygani aks etgan video tarqaldi. SHuningdek, Toma Tabatadze, Farruh Sayfiev va Jamshid Boltaboev ham shunday ezgu ish amalga oshirgan.

- Mavsumdagi birinchilar

Mazkur bahs Superliganing 2024 yilgi mavsumidagi ilk uchrashuv bo'ldi. Jumladan, ilk ogohlantirish "Navbahor" yarim himoyachisi Odil Hamrobekovga ko'rsatildi. Ilk golni namanganliklar yarim himoyachisi Abror Ismoilov urdi. Ilk assist muallifi esa Jamshid Boltaboev bo'ldi.

- "Dinamo" foydasiga belgilanmagan penalti

Uchrashuvning 1-bo'limiga qo'shib berilgan daqiqalarda “Dinamo”ning 8-raqamli futbolchisi Xislat Halilov mezbonlar jarima maydonchasi ichida to'p uchun kurashib, raqib oyog'iga chalinib yiqilgan. Ushbu vaziyatda bosh hakam Namangan klubi azosi to'pga birinchi tekkan, deb hisoblab, o'yinni davom ettirishga ruxsat bergan. Biroq Ekspert-hakamlar komissiyasi bu vaziyatda himoyalanayotgan futbolchi ehtiyotsizlik namoyish etganini hisoblab, penalti belgilanishi to'g'ri qaror bo'lishini qayd etishdi.


Murabbiylar fikri

Samvel Babayan ("Navbahor" bosh murabbiyi):

"Bu jamoa o'z falsafasiga ko'ra, sovrinlar qo'lga kiritishni, Osiyo elitasida bo'lishni istaydi. Uchrashuvga kelsak, o'yinni boshidan oxirigacha nazarat qildik. Vaziyatlarni yakunlashdan tashqari, qolgan holatlardan qoniqdim. Men yigitlarning harakatlaridan mamnunman. Ular "Navbahor"-2024 qanday ekanligini ko'rsatib qo'yishga bor kuchlari bilan harakat qilishdi".

Vadim Abramov ("Dinamo" bosh murabbiyi):

"O'yinni o'zingiz ko'rdingiz, bunga ortiqcha to'xtalmoqchi emasman. Bugungi o'yin menga yoqmadi, jamoamni bugun taniy olmay qoldim. Samarqanddan bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislardan uzr so'rayman. Har bir jamoa raqib bergan imkoniyatdan kelib chiqib o'ynaydi. Demak, bugun bizga raqib o'ynashga bermadi. Bu mavsumning birinchi o'yini, keyingi uchrashuvlarda yaxshiroq o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz".

Qiziqarli faktlar

- "Navbahor" ketma-ket beshinchi o'yinda "Dinamo"ni mag'lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi. Bundan tashqari, o'zaro o'yindarda samarqandliklar "Navbahor"ni ketma-ket sakkizinchi marotaba mag'lub eta olmadi. "Dinamo" oxirgi marotaba 2015 yil "lochinlar"ni "ovlashga" muvaffaq bo'lgan.

- "Dinamo" o'z tarixida hech qachon Namangandan g'alaba bilan qaytmagan. "Navbahor" o'z uyida 20-marotaba zafar quchdi, yana 6 o'yinda durang qayd etilgan.

- "Navbahor" ketma-ket uchinchi mavsum ilk turni mag'lubiyatsiz o'tkazdi. Namangan jamoasi oxirgi marta 2021 yil startida SHohro'z Norxonovning goli tufayli "So'g'diyona"ga yutqazib qo'ygandi.

- "Dinamo" esa so'nggi marotaba 2017 yil mavsumni karnay-surnay chalishga monand natija bilan boshlagan. O'shanda Davron Karimqulovning avtogoli va Akmal Bozorov kiritgan to'p samarqandliklarning "Metallurg" maydonidagi g'alabasini taminlagandi.

- Toma Tabatadze "Navbahor" tarkibida Superligadagi ilk dublini qayd etdi. Gruziyalik hujumchi o'tgan mavsum chempionatimizda ikki bor dublga erishgan, biroq ikkalasini ham "Neftchi" tarkibida o'z hisobida yozdirib qo'ygan. Namanganliklar tarkibida esa O'zbekiston kubogida "Surxon" darvozasini ikki marotaba ishg'ol qilgan, ammo Superligada bunday natijaga erishmagandi.

"Nasaf" — "Olimpik" 2:0

Uchrashuv nimasi bilan yodda qoldi?

- Qorli ob-havo

Bahorning ilk kuni qishning xayrlashidigan onlariga to'g'ri keldi. Qarshidagi bellashuvda kuchli qor yog'ib, futbolchilarga biroz noqulaylik tug'dirdi.

- Braziliyalik legionerdan braziliyacha o'yin

Uchrashuvning ikkinchi bo'limida mayydonga tushgan "Nasaf"ning braziliyalik futbolchisi Viktor Da Silva chiroyli xatti-harakatlari bilan ajralib turdi. Jumladan, u jamoadoshi Akmal Mozgovoy gol urishida zargarona uzatma amalga oshirdi. SHuningdek, Marushichning golida ham ishtirok etdi.

- Mavsumdagi ilk chetlatish

Aynan Da Silvaning uzatmasidan so'ng Akbar Abdirasulov Marushichni o'z jarima maydoni atrofida to'xtatib qolishga majbur bo'ldi va hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni erta tark etishga majbur bo'ldi. Bu joriy mavsumdagi ilk chetlatish edi.


Murabbiylar fikri

Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf" bosh murabbiyi):

"O'yinni yaxshi boshladik. Birinchi bo'limni o'rtalariga kelib o'yinimizda pasayish bo'ldi. Bunga "Olimpik" jamoasining harakatlari sabab bo'ldi, albatta. CHunki "Olimpi" to'p nazoratiga etibor qaratdi. Ikkinchi bo'limda bazi o'zgarishlar qildik, g'alabamizga aynan shu o'zgarishlar sabab bo'ldi. Bugun asosiy etiborimizni xavodan kelib chiqib standard vaziyatlarga qaratgandik. Asosiysi, g'alabaga erishdik".

Timur Kapadze ("Olimpik" bosh murabbiyi):

""Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin qiyin o'tdi. Qorli sharoit ikkala jamoaga ham o'z o'yinini ko'rsatishga halal berdi. Jamoamiz anchadan beri o'yin o'tkazmagani bilinib qoldi. "Nasaf" OCHLda ikkita o'yin o'tkazdi va ayni paytda formaga tushib olganligi ko'rinib turibdi.

Biz so'nggi o'yinni Turkiyadagi yig'inda o'tkazgandik. Deyarli bir oy bo'ldi. Kelganimizdan so'ng ham qorli sharoit to'sqinlik qildi. Qor yog'gani sababli "Mashal"ga qarshi o'yinimiz 50 daqiqa bo'lgandi. SHu sababli tayyorgarlik jarayonida ozgina qiyinchiliklar bo'ldi. 

Bugungi ob-havo ham o'z tasirini o'tkazdi deb o'ylayman. Lekin umuman olganda, yaxshi uchrashuv bo'ldi. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Maydondagi yigitlar bugun harakat qilishdi".

Qiziqarli faktlar

- "Nasaf" ketma-ket uchinchi marotaba "Olimpik"ni mag'lubiyatga uchratdi. Kapadze shogirdlari so'nggi bor 2022 yilning noyabrida ustun kelishgandi.

- "Nasaf"ning Superligadagi mag'lubiyatsiz seriyasi 8 o'yinga etdi. Qarshiliklar oxirgi marta o'tgan yilning sentyabrida o'z maydonida "Bunyodkor"ga yutqazib qo'ygandi.

- Akmal Mozgovoy "Nasaf"ning Superliganing o'tgan mavsumidagi so'nggi golini urgandi. Joriy mavsumda esa ilk goliga mualliflik qildi.

- Marushich Supreligadagi oxirgi golini 2022 yil noyabrida urgan. Bir yillik tanaffusdan keyin u yana O'zbekiston chempionatiga qaytdi.

"Bunyodkor" — "Qizilqum" 1:3

Uchrashuv nimasi bilan yodda qoldi?

- Xosiyatsiz xorvatlar va qoyilmaqom "Qizilqum"

"Bunyodkor" rahbariyati mavsum avvalida jamoaga xorvatiyalik murabbiylar shtabini taklif etdi. Qolaversa, bolqonlik bir qator legionerlar jalb etildi. Biroq ilk turda na murabbiy, na futbolchilar favorit sifatida ko'rilgan "Bunyodkor"ga nafi tegdi. Aksincha, "Qizilqum" kutilganidan yuqori saviyada o'yin namoyish etdi.

- Navoiyliklarga atalgan taym

"Qizilqum" birinchi bo'limning o'zidayoq raqib darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritishni uddaladi. Biroq ikkinchi bo'limda navoiyliklar xotirjamlikka berilishi oqibatida o'z darvozasi daxlsizligini saqlay olmadi.

- Vaqt cho'zgan murabbiy

Uchrashuvning 86-daqiqasida maydon tashqarisiga chiqqan to'pni tepib yuborgan "Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidov hakam tomonidan ogohlantirildi.


Murabbiylar fikri

Ivan Bubalo ("Bunyodkor" bosh murabbiyi):

"Birinchi navbatda, muxlislardan uzr so'ramoqchiman. Birinchi bo'limda juda yomon o'ynadik. Dastlabki 15 daqiqada gol urolmadik, ikkita zarbadan so'ng ikkita gol qabul qilib oldik. “Qizilqum”ni yutuq bilan tabriklamoqchiman. Ikkinchi taymda o'yinni o'zgartirishga urindik, ammo ishtiyoq u qadar sezilmadi. Ikkinchi taymda bir nechta vaziyatlarrdan unumli foydalana olmadik".

Jamshid Saidov ("Qizilqum" bosh murabbiyi):

"Avvalo, mavsum starti bilan futbol ahlini tabriklayman. Birinchi taymda yaxshi o'ynadik, ikkinchi taymdagi o'yinimiz esa biroz ranjitdi. G'alabadan mamnunman. Muxlislarga esa alohida rahmat aytaman".

Qiziqarli faktlar

- "Qizilqum" so'nggi 5 o'yindan buyon "Bunyodkor"ga yutqazmayapti. Poytaxtliklar oxirgi marta 2021 yilninng noyabrida g'alaba qozonishgan.

- "Qizilqum"ning dastlabki goliga mualliflik qilgan hujumchi Giorgi Kuxianidze o'tgan mavsum birorta to'p kirita olmagan. Superligadagi so'nggi gol nishonlashini u 2021 yilning noyabrida "Metallurg"ga qarshi o'yinda amalga oshirgan.

- SHahboz Jo'rabekov 1-turning o'zida 1+1 (gol+assist) qayd etib, o'tgan butun mavsumdan yaxshiroq ko'rsatkich (1+0)ga erishdi.

- Uchinchi gol muallifi Samandar SHukurillaev oxirgi golini "Mashal" tarkibida 2020 yilning avgustida urgandi.

- Temurxo'ja Abduxoliqov O'zbekiston chempionatida beshta turli klubda gol urdi. Bunga qadar "Paxtakor", "Lokomotiv", "Qizilqum" va "Navbahor" safida gollar urgan hujumchi "Bunyodkor" tarkibidagi ilk golini urdi.

"So'g'diyona" — "Neftchi" 1:2

Uchrashuv nimasi bilan yodda qoldi?

- TVdagi uzilishlar

Noqulay ob-havo sharoitida "Sport" telekanalida signal uzatish bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgani sababli uchrashuv 9-daqiqadan jonli efirda namoyish etila boshladi.

- Afrikalik istedod

TVda aloqa tiklanganidan 4 daqiqa o'tar-o'tmas "Neftchi"ning nigeriyalik legioneri Nsungusi Effiong yangi klubi safidagi ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi. 

- Yugurgannikimas, buyurganniki

Uchrashuvning 25-daqiqasida farg'onaliklarning yana bir legioneri Keterin Karp olisdan raqib darvozasini nishonga olib ko'rdi. "So'g'diyona" posboni to'pga etolmasligini bilib, tomoshabin vazifasini bajarayotgandi. Uning baxtiga, to'p darvoza ustuniga tegib, Mitrovichning qo'llariga borib tushdi.

- SHapka kiygan Quvvatov 

Sovuq ob-havo futbolchilarning o'zini ehtiyot qilishi kerakligini taqoo etardi. Ayniqsa, nisbatan kam harakatlanadigan darvozabonlarga qiyinchilik tug'dirardi. "Neftchi" darvozaboni Sanjar Quvvatov ehtiyot chorasi sifatida bosh kiyimda harakat qildi.

- O'z muxlislari bilan kelishmovchilikka borgan "So'g'diyona" murabbiyi

"So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o'yin davomida jizzaxlik muxlislarning harakatlaridan noroziligini bildirdi. Dorievning golidan keyin bu translyaciya vaqtida ham ko'zga tashlandi.


Murabbiylar fikri

Ivan Boshkovich ("So'g'diyona" bosh murabbiyi): 

"Guvohi bo'lganingizdek, qiziqarli o'yin bo'ldi. Albatta, yutqazish yoqimsiz holat va biz ko'prog'ini kutgandik. Raqibning kim bo'lishi farqi yo'q, o'yinchilarimda yaxshiroq o'ynash uchun kuch borligiga ishonchim komil.

Ko'plab vaziyatlar yaratdik, ulardan foydalanishda esa oqsadik. Futbol gollar uchun o'ynaladi. 2ta gol o'tkazib yubordik, ularni tahlil qilamiz. "Neftchi" vaziyatlar yaratdi va tartibli harakat qildi, bizga esa omad kulib boqmadi.

Kech gol kiritdik va raqibga yana bosim o'tkazish uchun vaqt etmay qoldi. Umuman olganda, jamoa o'yini yomon bo'ldi deb ayta olmayman. Individual tomonlama biroz zaifroq o'ynadik.

Keyingi o'yin besh kundan so'ng bo'lib o'tadi. Yaxshi kayfiyatda tayyorgarlikni davom ettirish kerak deb o'ylayman. Bu birinchi o'yin va atigi uch ochko. Hozircha kimda qanday kuch borligini bilib bo'lmaydi".

Vitaliy Levchenko ("Neftchi" bosh murabbiyi): 

"Ilk navbatda, barcha muxlislarni chempionat boshlanishi bilan tabriklayman. Havo salqin bo'lsa ham tribunalarda ko'plab muxlislar bor edi. SHunday ekan, bunday havoda ikki jamoani ham qo'llab-quvvatlashga kelganlari uchun ularga katta respekt! O'yinga kelsak, bahorgi bahs bo'ldi, ko'plab kurashlar, ko'plab to'qnashuvlar, shunday ekan o'ylanmalar va qandaydir kombinaciyalar kam bo'ldi. Jamoalarning hali o'yinga kirib olmaganlari tushunarli holat.

Bugun biz uchun asosiysi uch ochko olish edi va buni uddaladik, yigitlarimni g'alaba bilan tabriklayman".

Qiziqarli faktlar

- "Neftchi" so'nggi 4 o'yindan beri "So'g'diyona"ga yutqazmayapti. Jizzaxliklar oxirgi marta 2022 yilning martida g'alaba qozongan.

- "So'g'diyona" "Neftchi"ga qarshi o'z maydonidagi so'nggi 6 o'yinda atigi bir marta zafar quchgan.

- "So'g'diyona" Superliganing oxirgi uch mavsumini g'alabasiz boshlayapti, "Neftchi" esa 2022 yildan beri ilk turda 3 ochko qo'lga kiritmoqda.

OKMK — "Andijon" 0:0

Uchrashuv nimasi bilan yodda qoldi?

- Golsiz o'yin

Birinchi turdagi yagona nursiz durang Olmaliqdagi uchrashuvda qayd etildi. Futbolchilarning gol ura olmasligida ikkala jamoa darvozabonlarining ham hissasi bor.

- Bo'sh darvozaga kiritilmagan to'p

Uchrashuvning 48-daqiqasida OKMK himoyachisi Sardor Rahmonov qo'pol xatoga yo'l qo'yib, raqib futbolchisini juda qulay vaziyatga chiqarib yubordi. Undan to'pni olib qo'ygan Abdumannonov darvozabonni aldadi va zarba yo'lladi. Ammo to'p to'singa tegib qaytdi.


Murabbiylar fikri

Mirjalol Qosimov (OKMK bosh murabbiyi):

"O'yinga kelsak, kurashlarga boy bahs bo'ldi. Albatta, har bir jamoa o'z oldiga g'alaba qozonish vazifasini qo'ygan. 

Haqli ravishda durang qayd etildi deb o'ylayman. Har doim bir ishni boshlab olish qiyin kechgan, keyingi o'yinlarda muxlislarimizga yoqadigan chiroyli va mazmunli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Albatta, bu narsalarga erishsak natija o'z-o'zidan keladi".

Aleksandr Xomyakov ("Andijon" bosh murabbiyi):

"O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, bugun yomon o'ynamadik, ammo biroz emociyaga berildik. SHaxsan men ham ayrim vaziyatlarda qizishib ketdim. Standart vaziyatlarni hisobga olmasak raqib darvozasi oldida deyarli vaziyat yaratmadik. Butun o'yin davomida gol urish uchun bitta yaxshi imkoniyatga ega bo'ldik. Raqibimiz esa vaziyatlar yarata oldi, ammo darvozabonimiz hushyor edi. Hozir o'yin haqida bir nima deyish qiyin, sal vaqt o'tsin va sovuq miyaga o'yinni tahlil qilib chiqamiz. Safarda ochko qo'lga kiritdik va ishlashda davom etamiz".

Qiziqarli faktlar

- "Andijon" so'nggi bor 2011 yilgi mavsumda bu raqibni mag'lub eta olgan. SHundan keyin o'tgan 17 ta o'yinning hech birida "burgutlar" OKMK ustidan g'alaba qozona olishmadi: 12 ta mag'lubiyat va 5 ta durang.

- "Andijon" o'z tarixida hech qachon Olmaliqda g'alaba qozona olmagan - 4 ta durang va 9 ta mag'lubiyat.

- OKMKning Superligadagi mag'lubiyatsiz seriyasi 8 o'yinga etdi. Jamoa oxirgi marta o'tgan yilning sentyabrida "Metallurg"ga yutqazgandi.

"Lokomotiv" — "Metallurg" 2:2

Uchrashuv nimasi bilan yodda qoldi?

- Tur goli urildi

Uchrashuvning 8-daqiqasida "Lokomotiv" himoyachisi Dilshod Komilov jarima zarbasini qoyilmaqom tarzdi amalga oshirib, hisobni ochdi. Vaziyatda "Metallurg" darvozaboni ham xatolikka yo'l qo'ydi, ammo gol baribir chiroyli chiqdi.

- Sultonov seyvlari

"Bunyodkor"dan "Lokomotiv"ga kelib qo'shilgan Suhrob Sultonov uchrashuv davomida bir necha bor jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi, shunday bo'lsa-da, o'z darvozasidan ikkita to'p olib chiqishga majbur bo'ldi. Bu esa uning tur darvozaboni bo'lishga to'sqinlik qildi.


Murabbiylar fikri

Aleksandr Stoymirovich ("Lokomotiv" murabbiyi): 

"O'yin haqida fikr bildirish uchun bizga vaqt kerak. Hozir bir nima deyish qiyin. "Lokomotiv" jamoasi bugun katta loyihaga dastlabki qadamni qo'ydi. Yangi jamoa qurish va yosh futbolchilarni tarkibga qo'shish maqsadimiz. Bugungi uchrashuvga bir oy tayyorlandik, ammo bor yo'g'i 15 daqiqa yaxshi o'yin namoyish etdik. Antaliyadagi yig'inimizning so'ngi o'yinlarida pozicion hujum qilishni ancha yaxshi o'rganib olgandik. Bilmayman nega, ammo hisobni ochganimizdan keyin himoyaga yotib oldik. Bunga aniq bir sabab yo'q, ammo shunday bo'ldi. Dastlabki turlarda shunday qiyin uchrashuvlar bo'ladi. O'tkazib yuborgan gollarimizning barchasi o'zimiz yo'l qo'ygan individual xatolar sababli bo'ldi".

Vesko Steshevich ("Metallurg" bosh murabbiyi):

"Bugungi uchrashuv qiziq bo'ldi. Afsuski, g'alabani qo'ldan chiqardik. O'yinchilarni almashtirdik, ammo etiborni yo'qotdik va gol o'tkazib yubordik. G'alabani qo'ldan chiqarganimiz yoqimsiz albatta, ammo chempionatni bir ochko bilan boshladik. Bir ochko Afrikada ham bir ochko. "Lokomotiv" jamoasi ham bugun yaxshi o'yin namoyish etdi deb o'ylayman".

Qiziqarli faktlar

- "Metallurg" oxirgi 4 ta o'yinning hech birida bu jamoani mag'lub eta olmagan: 2 ta durang, 2 ta mag'lubiyat.

- "Temiryo'lchilar" o'zaro so'nggi 5 ta uchrashuvning faqat bittasida g'alaba qozongan.

- O'zaro so'nggi 8 o'yinda kamida ikkita gol urilmoqda.

- Mazkur bahsda Dilshod Komilov Supreligadagi ilk gollarini urdi.

- "Lokomotiv" darvozasini ishg'ol qilgan Abror Toshqo'ziev chempionatdagi bundan avvalgi golini 2022 yilning martida urgan.

"Surxon" — "Paxtakor" 0:3

Uchrashuv nimasi bilan yodda qoldi?

- Qarimas CHeran

O'zbekiston chempinatining so'nggi yillardagi gegemon to'purari yangi mavsumni ham "ishtaha" bilan boshladi. 36 yosh bo'lishiga qaramay, serbiyalik fordard 2 gol va 1 assistni o'z hisobida yozdirib qo'ydi.

- Yoshargan "Paxtakor" kuchsiz emas

Garchand bir qancha etakchi o'yinchilarini qo'yib yuborib, tarkib o'zagini yoshartirganiga qaramay, "Paxtakor" ilk turda "Surxon"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

- Nimelining yiqitilishi

Uchrashuvning 42-daqiqasida raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan "Surxon" hujumchisi Silvanus Nimeli "Paxtakor" darvozaboni Pavel Pavlyuchenko bilan to'qnashib ketdi va hujum to'xtadi. Biroq bosh hakam hakam Abdurashid Xudoyberganov uchrashuvni davom ettirishga ruxsat berdi.

- Inobatga olinmagan gol

Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda "Surxon" himoyachisi Sunnatulloh Hamidjonov bosh bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi, ammo gol birinchi yordamchi hakam tomonidan ofsayd, deya qayd etildi. VAR hakamlari takroriy lavhalar orqali chiziq tortib, ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat borligini tasdiqladi.


Murabbiylar fikri

Fevzi Davletov ("Surxon" bosh murabbiyi):

"Oddiy vaziyatlarda xatolarga yo'l qo'ydik. Vaziyatni to'g'rilashga harakat qilayotgan vaqtimizda yana xato qildik va gol o'tkazib yubordik. Koncentraciyani ushlay olmadik. O'yindagi dastlabki 10-15 daqiqa hushyor bo'lishimiz kerak edi. Ikkinchi bo'limda ham xuddi shunday holat ro'y berdi. Bo'lim boshlanishida etiborli bo'lish juda muhim, biz esa yana xato qildik va gol o'tkazib yubordik. Koncentraciyani yo'qotganimiz sabab bugun shunday natija qayd etildi".

Maksim SHackix ("Paxtakor" bosh murabbiyi):

"Ushbu o'yindan avval qilgan rejalarimizning barchasi amalga oshdi. Dastlabki uchrashuvda g'alaba qozonish juda ham muhim edi. Bugun ishonchli g'alabani qo'lga kiritdik. Uch kundan keyin juda muhim uchrashuvimiz bor. Keyingi bahsga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz".

Qiziqarli faktlar

- "Surxon" qatorisiga 15-o'yinda "Paxtakor"ni mag'lubi eta olmadi. Termizliklar oxirgi marta 2003 yil g'alaba qozonishning uddasidan chiqqan.

- "Surxon" qatorasiga uchinchi mavsum ilk o'yinda g'alaba qozona olmayapti;

- "Paxtakor" qatorasiga uchinchi mavsum 1-turda kamida ikkita gol urmoqda.

"Nima eksang, shuni o'rasan"

Tabatadze – eng ko'p zarba beruvchi, G'iyosov – keskin vaziyatlar yaratuvchi. Superliga 1-turining asosiy raqamlari


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика