Superliga. CHempionlikka yaqinlashayotgan "Paxtakor", qayta parvozga shay "lochinlar" va kurashga qaytayotgan "Nasaf"
21 sen 2023 09:40
Yangiliklar
Superliga. CHempionlikka yaqinlashayotgan "Paxtakor", qayta parvozga shay "lochinlar" va kurashga qaytayotgan "Nasaf"
Nima bo'lgan taqdirda ham Superliga hurmati, chempionatga bo'lgan munosabat doim ustun turishi kerak. Keling chempionlik uchun imkoniyatlarni ko'rib chiqsak.
"Paxtakor"
"Paxtakor" garchi OCHLda "Al Ayn"dan mag'lubiyatga uchragan taqdirda ham Superligada katta muammoga duch kelmaydi, deb o'ylayman. Jamoani o'zagini tashkil qilayotgan va avvaldan o'ynab kelayotgan futbolchilar (Alijonov, CHeran, Turg'unboev, Sayfiev, Hamrobekov ) chempionlik sari etaklashga kuchi etadi. Qolaversa, jamoaviy, chempionlik ruhini ham unutmaslik kerak.
Lekin OCHLda bunday emas. Xalqaro maydonda murabbiy imzosi, tarkibdagi ijrochilar, legionerlar, selekciya qanday olib borilgani katta sahnaga chiqadi. Superligaga kelsak, muhim qiyin taqvimdan o'tib oldi, Namangan va Qarshidan muhim ochkolar bilan qaytildi. Keyinchalik "Metallurg" va "Qizilqum" taslim qilindi.
"Paxtakor"ning so'nggi 5ta o'yindagi natijalariga ko'ra 10 ochko to'plagan va birinchi o'rinda ketmoqda. "SHerlar" kimlardan necha ochko oldi?
"Qizilqum" - "Paxtakor" 2:3
"Paxtakor" - "Metallurg" 1:0
"Nasaf" - "Paxtakor" 0:0
"Navbahor" - "Paxtakor" 1:2
"Paxtakor" - "Neftchi" 0:1
Maksim SHackixni oldinda kutayotgan to'qnashuvlar
19-tur. "So'g'diyona" (mehmonda)
Birinchi davradagi natija: 2:1
20-tur. OKMK (uyda)
Birinchi davradagi natija: 2:1
21-tur. "Andijon" (safarda )
Birinchi davradagi natija: 1:1
22-tur. "Turon" (uyda)
Birinchi davradagi natija: 1:0
23-tur. "Buxoro" (safarda)
Birinchi davradagi natija: 1:0
Mazkur o'yinlarda "Paxtakor" nechchi ochko ishlaydi?
"Navbahor"
"Paxtakor"ning ortidan quvib kelayotgan "Navbahor". Ikki jamoa o'rtasidagi farq 7 ochkoni tashkil qiladi va bu hozirgi ayni vaqtdagi holatda katta tafovut hisoblanadi. Lekin Samvel Babayan jamoasi "Al Hilol" maydonidan ochko bilan qaytdi. Bitta o'yinga va butun chempionatga qilinadigan "nastroy"ni farqi bor. Ichki chempionatda "lochinlar"ning parvozi pastlagan. Lekin imkoniyat va umid butkul yo'qolmagan. Buning uchun namanganliklar o'z o'yinlarida g'alaba qozonishi va "Paxtakor"ning qoqilishini kutishi kerak bo'ladi. Jamoa oxirgi 5ta uchrashuvda 5 ochko jamg'ara olgan va bu formatda 12 o'rinda boryapti. Oxirgi marotaba "Navbahor" birinchi davra so'nggida Navoiyda autsayder ustidan g'alaba qozongan. Jamoa kimlardan ochko oldi va berdi?
"Navbahor" - OKMK 0:0
"So'g'diyona" - "Navbahor" 2:1
"Navbahor" - "Paxtakor" 1:2
"Metallurg" - "Navbahor" 1:1
"Qizilqum" - "Navbahor" 1:2
Oldinda Samvel Babayan shogirdlarini quyidagi bellashuvlar kutmoqda. Taqvimdagi raqibdar "Paxtakor"niki bilan deyarli bir xil. SHuningdek, O'zbekiston kubogida OKMK bilan hisob-kitob ham borligini esdan chiqarmaslik kerak.
19-tur. "Andijon" - "Navbahor"
Birinchi davradagi natija: 1:0
20-tur. "Navbahor" - "Turon"
Birinchi davradagi natija: 2:0
21-tur. "Buxoro" - "Navbahor"
Birinchi davradagi natija: 1:0
O'zbekiston kubogi yarim final. OKMK - "Navbahor"
22-tur. "Navbahor" - "Nasaf"
Birinchi davradagi natija: 0:0
23-tur. "Surxon" - "Navbahor"
Birinchi davradagi natija: 1:0
Agarda turnir jadvalida farq 24-turgacha 7 ochkoligicha qolsa, barchasi so'nggi 3ta turda hal bo'ladi.
Xo'sh, "Navbahor" oldindagi 5ta o'yinda nechchi ochko to'playdi?
"Neftchi"
Kuragi erga tegmagan polvonlarimiz bor deganlaridek, Superligada ham hali yiqilmagan va hech kim yiqita olmagan bitta jamoamiz bor. "Neftchi" va Levchenko "Navbahor" bilan bir xil 34 ochko to'plagan holda uchinchi pog'onadan joy olgan. Farg'onaliklar uchun yuqoriga chiqishdan ko'ra, pastga tushib ketish xavfi yaqin. "Nasaf"da 33 ochko mavjud . To'g'ri "ajdarlar" chempion bo'lmasada, o'z darajasini ushlab qolish uchun ham medallarga kurashmoqda. SHunday ekan "Neftchi" uchun har bir uchrashuv final.
Ammo muammo shundaki, Vitaliy Levchenko jamoasi deyarli 1 oy rasmiy o'yinda qatnashmadi. Restartga tayyorgarlik ko'rayotgan bir vaqtda Qo'qondagi xunarmandchilik festivali sabab "Turon" bilan o'yini qoldirildi. Jamoa oxirgi bor 31 avgust kuni rasmiy o'yinda qatnashgan. Endi esa 27 sentyabr kuni o'z maydonida "Buxoro" bilan uchrashuv o'tkazadi. Jamoa bu oraliqqa nazorat uchrashuvi uchun raqib topishi kerak bo'ladi. SHu bilan keyingi uchrashuv 7 oktyabr kuniga belgilangan. 10 kun bu juda katta oraliq. Necha yildirki hanuz bitta aniq taqvimni tuza olmaymiz. Darhaqiqat bizda oradagi tanaffuslar juda ko'p va katta. Pro liga ham bundan mustasno emas.
So'nggi 5ta o'yinda "Neftchi" 9 ochko to'pladi (2ta g'alaba, 3ta durang). Ular orasida eng muhimi Toshkentda amaldagi chempion ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba bo'ldi.
"Neftchi" - "Metallurg" 1:0
"Paxtakor" - "Neftchi" 0:1
"Neftchi" - "So'g'diyona" 0:0
OKMK - "Neftchi" 1:1
"Neftchi" - "Andijon" 0:0
Oldinda 4ta turdagi raqiblari. 21-turda Qarshida daxshatli o'yin kutmoqda va aynan shu o'yin "Neftchi" sovrindorlar qatoriga kirish, kirmasligini belgilab beradi. Oradagi bo'shliqlarni hisobga olmaganda jamoaning taqvimi boshqalarga qaraganda zich emas.
20-tur. "Neftchi" - "Buxoro"
21-tur. "Nasaf" - "Neftchi"
22-tur. "Neftchi" - "Surxon"
23-tur. "Bunyodkor" - "Neftchi"
"Neftchi"ni kim mag'lubiyatga uchrata olar ekan?
"Nasaf"
"Nasaf" kumush va bronza yo'lida intrigani oshirishi aniq. So'nggi o'yinlardan keyin "ajdarlar" yana kurashga qaytdi, deya olamiz. Ikkinchidan kubokda ham yurishini davom ettiryapti va katta ehtimol finalga yo'l oladi. CHempionlik uchun esa real qaralganda ham imkoniyat deyarli yo'q. Oradagi tafovutni kichkina deb bo'lmaydi. Lekin bronza va kumushdan ularni ayni paytda 1 ochko ajratib turibdi. "Neftchi" va "Navbahor" bilan ikkinchi davrada qarshiliklar hali o'ynamaganini etiborga olib qo'ying. Malumki, "ajdarlar"ning ichki musobaqalarda etibor qaratadigan nuqtasi O'zbekiston kubogi va sovrinli o'rinlar.
So'nggi 5ta uchrashuvda jamoa 8 ochko to'plagan
"Turon" - "Nasaf" 1:0
"Nasaf" - "Buxoro" 1:0
"Nasaf" - "Paxtakor" 0:0
"Nasaf" - "Qizilqum" 0:0
"Surxon" - "Nasaf" 1:2
Oldindagi kutilayotgan qarama-qarshiliklar
19-tur. "Nasaf" - "Bunyodkor"
20-tur. "Olimpik" - "Nasaf"
21-tur. "Neftchi" - "Nasaf"
O'zbekiston kubogi yarim finali. "Nasaf" - "Dinamo"
23-tur. "Nasaf" - "Metallurg"
22-tur. "Navbahor" - "Nasaf"
"Nasaf" nechchi ochko to'playdi?
Bu hali hammasi emas. Oldinda "Paxtakor", "Navbahor", "Nasaf" futbolchilarini kuzning o'rtasi oktyabr oyida yozning jaziramasi singari jizzadramalar kutmoqda. Salomat bo'ling!
Muallifning telegram kanili: PRESSBALL
Fikrlar