So’nggi yangiliklar

00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  0 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  1 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  2 23:21Февзи Давлетов: "ОКМК билан баҳсда кўп куч ва эмоция йўқотдик, бу ўйинга кучли руҳлана олмадик"  0 23:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Ал Ҳилол" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 22:57Улуғбек Бакаев: "Бундай иссиқ об-ҳавода дуранг биз учун қониқарли бўлди"  2 22:42"Бешиктош" Иммобиле билан шартномани бекор қилди  2 21:58Суперлига. "Қўқон-1912"нинг ғалабасиз серияси давом этади, бу сафар жамоа Жиззахда "Сўғдиёна"га енгилди  7 21:55Суперлига. "Сурхон" - "Бухоро" учрашувида ғолиб аниқланмади  9 21:15Филиппе Коутиньо расман "Васко да Гама" футболчисига айланди  2 20:58"Манчестер Юнайтед"да янги тўлқин: беш футболчи клубни тарк этиш ниятида — Романо  5 19:49Аарон Рэмзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 19:21Салоҳ: "Ҳеч қачон "Ливерпул"га қайтишдан бунчалик қўрқаман деб ўйламагандим. Диогунинг йўқлигига кўникиш ниҳоятда қийин"  2 18:58Хитой клуби рақибларини лаънатлагани учун жаримага тортилди  0

Superliga. "Bunyodkor" supergollar va penaltilar ijro etilgan o'yinda "Surxon"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Bunyodkor" supergollar va penaltilar ijro etilgan o'yinda "Surxon"ni mag'lub etdi

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Surxon" o'yini yakunlandi.

Superliga 

3-tur

"Bunyodkor" – "Surxon" 3:1

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 20:00

Bosh hakam: Olim To'ychiboev

Yordamchi hakamlar: Shohruh Azamov, Sardor Hakimov

Zaxira hakami: Sardor Mirodilov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Avazbek Abdullaev

Komissar: Feruzbek G'aniev

Gollar: 1:0 – 43, Luis Kachorri (Muzaffar Olimjonov), 2:0 – 73, Imeda Ashortia (penalti), 3:0 – 90, Luis Kachorri, 3:1 – 90+10, Muhammadali Abdurahmonov (penalti)

"Bunyodkor": 13.Hamidullo Abdunabiev, 2.Nikoloz Mali (6.Boburbek Yuldashev, 74), 4.Najmiddin Normurodov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Martin Shroler (10.Rasul Yo'ldoshev, 85), 9.Imeda Ashortia (57.Amir To'raqulov, 85), 15.Marko Bugarin, 22.Azizbek Amonov (30.Sardor Abdunabiev, 64), 25.Itsuki Urata, 74.Luis Kachorri, 77.Muzaffar Olimjonov (23.Asadbek Rahimjonov, 64).

Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 5.Aleksandr Zevadinov, 11.Temurxo'ja Abduholiqov, 19.Farruh Qodirov.

"Surxon": 16.Dilshod Yo'ldoshev, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 4.Nodirxon Nematxonov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov (77.Asadbek Karimov, 74), 10.Dmitriy Pletnyov, 11.Abdug'afur Haydarov, 17.Jahongir Abdusalomov (19.Muhammad Ali Abdurahmonov, 82), 21.Muhammadyusuf Mirqodirov, 27.Asilbek Jumaev (9.Kirill Kolesnichenko, 82), 66.Behruz Shaydulov (26.Behruz Shukurullaev, 76)

Zaxira: 1.Artyom Potapov, 15.Diyor Ramazonov, 18.Nodir Abdixoliqov, 22.Javohir Jo'raev, 88.Dmitriy Kratkov.

Ogohlantirishlar: Abdug'afur Haydarov (23), Odil Hamrobekov (26)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+10. GOL! Muhammadali Abdurahmonov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi!

90+9. Penalti! Hakam "Bunyodkor" darvozasi tomoni penalti belgiladi. Mezbonlar himoyachi o'z jarima maydonida to'pni qo'l bilan o'ynagan edi.

90+7. Hakam "Bunyodkor" darvozasiga belgilanishi mumkin bo'lgan ehtimoliy penaltini ko'rib chiqmoqda.

90+3. Kachorrining yana bir zarbasi noaniq ko'rinish oldi, qolaversa, u o'yindan tashqari holatda qolgandi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. GOL! Kachorri o'z dublini rasmiylashtirib, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi!

88. Mezbonlar hujumi noaniq zarba bilan poyoniga etdi.

85. "Bunyodkor" tarkibida ham ikki o'zgarish bo'ldi.

82. "Surxon" tarkibida ikki o'zgarish ro'y berdi.

1210 nafar tomoshabin bugungi uchrashuvni kuzatib bormoqda.

78. "Surxon" xavfli hujum tashkil etdi. Chap qanotdan oshirilgan to'pni mezbonlar himoyachisi qiyinchilik bilan qaytardi.

73. GOL! Ashortia penaltini aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni oshirdi!

72. Mezbonlarning burchak uzatmasidan "Surxon" darvozasi tomon penalti belgilandi. Burchak uzatmasidan so'ng to'p Mirqodirovning qo'liga tegdi.

70. "Bunyodkor" standart vaziyatga ega bo'ldi. Shroler tomonidan yo'llangan zarbani "Surxon" darvozaboni qaytardi. 

68. Xavfli vaziyat! "Surxon" futbolchilari tomonidan ijro etilgan burchak zarbasi mezbonlar qo'riqlayotgan darvoza ustuniga tegib qaytdi. Ikkinchi urinishda esa Abdunabiev to'pni ushlab oldi.

67. "Surxon" chap qanotdan hujum tashkil etdi va yakunda burchak zarbasi ishlab oldi.

64. Hamrobekov podkat orqali raqib hujumini bartaraf etdi.

64. "Bunyodkor" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi. 

63. "Bunyodkor"ning xavfli hujumi Amonovning to'pni noaniq to'xtatishi oqibatida barbod bo'ldi.

59. Zarba. Haydarov raqib jarima maydoniga kirib borish chog'ida zarba yo'lladi, Abdunabiev to'pni qaytardi.

58. "Bunyodkor" himoyachisi Haydarovning zarbasiga "blok" qo'ydi. 

57. "Bunyodkor"ning burchak uzatmasi Bugarinning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

53. Hakam qarori o'zgarmadi, to'p yon chiziqdan o'yinga kiritiladi.

50. Hakam VAR monitoridan "Bunyodkor" futbolchisining ehtimoliy chetlatishini ko'rib chiqmoqda. Normurodov to'p uchun kurashda Dmitriy Pletnyovga qarshi xavfli o'yin namoyish etgandi.

49. Haydarov to'p uchun kurashda bir raqibini ortda qoldirib, Abdusalomovga pas berdi, ammo sherigining zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.

48. Olimjonovning zarbasiga raqib himoyachisi blok qo'ydi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+2. Mehmonlar tomonidan yo'llangan zarba xavfli chiqmadi, Abdunabiev xotirjamlik bilan to'pni egallab oldi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. GOL! Kachorri olis masofadan "Surxon" darvozasini aniq nishonga oldi!


42. Kachorri Shamsievdan qochib ketdi, ammo Nematxonovdan o'tib keta olmadi.

40. Zarba! "Bunyodkor" futbolchisining raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasiga mehmonlarning bir yo'la ikki himoyachisi blok qo'ydi va to'pni maydon tashqarisiga chiqib ketishini taminladi.

40. Shrolerning burchakdan uzatgan to'pini Yo'ldoshev egallab oldi.

38. Zarba. Shrolerning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

38. "Surxon"ning tezkor qarshi hujumini oldinga chiqqan Abdunabiev bartaraf etdi.

36. Haydarov raqib jarima maydoni ichida yiqildi, ammo hakamlar o'yinni tashqari holatni qayd etdi.

33. Nematxonov ikkinchi qavatda to'p uchun kurashda ustunlik qilib, raqib hujumini to'xtatdi.

30. Shrolerning jarimadan tepgan to'pini Yo'ldoshev ushlab oldi.

28. "Bunyodkor" futbolchisi Muzaffar Olimjonovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Unga nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi.

27. Nematxonov mezbonlarning qanotdan uzatmasini qaytardi.

26. Hamrobekov qoidabuzarlik uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

23. Hujumda raqib darvozaboniga nisbatan fol ishlatgan Haydarovni ogohlantirdi.

21. Shrolerning zarbasidan so'ng to'p raqib jarima maydonida turgan "Surxon" himoyachisining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin. VAR vaziyatni ko'rib chiqmoqda. 

20. Bugarinning qo'pol xatosidan so'ng Haydarov uzoqdan "Bunyodkor" darvozasi tomon zarba yo'lladi, noaniq.

19. Fol. Bugarin markazda raqib futbolchisini yiqitdi.

17. Fol. Amonov Jumaevga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Jarima zarbasi.

14. Malining jarima maydoniga uzatgan to'pini Yo'ldoshev egallab oldi.

12. "Bunyodkor" xavfli hujum tashkillashtirdi. So'nggi lahzada mehmonlar himoyachisi zarba berishga shaylanayotgan Kachorrining oyoqlari orasidan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

11. Shamsiev "Bunyodkor"ning xafli hujumini bartaraf etdi.

8. Shrolerning zarbasiga Pletnyov blok qo'ydi.

7. Zarba! Ashortianing chap oyoqda yo'llagan zarbasi kuchli chiqmadi, to'p Yo'ldoshevning qo'llariga borib tushdi.

5. Normurodov va Hamrobekov raqib hujumini yo'qqa chiqarishda faollik ko'rsatdi.

4. Zarba! Malining o'ng qanotdan uzatmasini Kachorri noaniq zarba bilan yo'qqa chiqardi.

3. Ashortia o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga yorib kirishga harakat qildi, ammo Shaydulov bunga yo'l qo'ymadi.

2. Normurodov raqib hujumini buzishda faollik namoyish etdi.

1. Ashortia sherigini raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda qoldirishi mumkin edi, ammo  Yo'ldoshev hushyorlikni boy bermadi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Bunyodkor" to'q binafsharang, "Surxon" sariq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика