Superliga: "Bunyodkor" - "Paxtakor" qarama-qarshiligida statistika qanday?
27 noy 2021 08:51
Yangiliklar
Superliga: "Bunyodkor" - "Paxtakor" qarama-qarshiligida statistika qanday?
PFL matbuot xizmati bugungi Toshkent derbisi oldidan ikki jamoa qarama-qarshiligiga oid statistikani taqdim etdi.
Unga ko'ra, jamoalar milliy chempionat doirasida o'zaro 31 ta o'yin o'tkazishgan. O'yinlarning 12 tasida "Paxtakor", 10 tasida "Bunyodkor" g'alaba qozongan. 9 ta o'yinda durang qayd etilgan. "Bunyodkor"ning eng yirik g'alabasi 3:0, "Paxtakor"da esa 5:0 ni tashkil etadi.
O'zaro qarama-qarshilikda "Bunyodkor" 33 ta, "Paxtakor" esa 39 ta gol urgan.
Eslatib o'tamiz, o'yin bugun soat 15:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi. Bahs "Sport TV" orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Fikrlar