So’nggi yangiliklar

13:00Жароҳатлардан азият чеккан, мусулмон немис билан бир хонада яшаган ва нарсаларини "ўғирлатадиган" ОКМКнинг япониялик легионери билан яқиндан танишамиз  0 12:42Моуринью «Галатасарой» - «Фенербаҳче» ўйинидан кейин ҳакамлар хонасида бўлиб ўтган суҳбат тафсилотларини ошкор этди  0 12:01Неймар ёзда «Барса»га қайтиши мумкин, Захавининг агенти каталонияликлар раҳбариятини кўндиришга уринмоқда. Флик ва унинг штаби мутлақо қарши  5 11:39«Ливерпуль» 30 ёшли Робертсонга «Ньюкасл» футболчисини ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 11:17«Атлетико» Ковачични "Ман Сити"дан 30 млн еврога сотиб олиши мумкин  1 10:55«Бавария» «Интер» юлдузи учун АПЛ клуби билан баҳслашади  1 10:53Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилди. Жамоаларда амалга ошган сўнгги трансферлар барчаси битта саҳифада  20 10:26«Барселона» Левандовскига АПЛдан ўринбосар топди  13 10:01АПЛнинг икки клуби Мойзе Кинни қўлга киритмоқчи  1 09:37«Бавария» Киммихнинг маошини оширишга тайёр  0 09:34Холдорхонов "Навбаҳор"га текинга ўтган  0 09:14Осимхеннинг «МЮ»га трансфери 95 фоизга якунланди, инглизлар 70 млн евро тўлашга тайёр  6 08:50Трансфермаркт. «Навбаҳор» «Пахтакор» футболчиси учун яхшигина пулга сотиб oлди  16 08:24«Манчестер Сити»нинг «Тоттенхэм»га қарши ўйин учун тахминий таркиби  19 07:58«Реал» футболчиси Испания терма жамоасига илк бор чақирилиши мумкин  4

Superliga. "Navbahor" Toshkentda "Bunyodkor"ni "yanchib tashladi" Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" Toshkentda "Bunyodkor"ni "yanchib tashladi"

Toshkentda Coca Cola Superligasining 11 turi doirasida "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvi yakunlandi.

Bunyodkor - Navbahor 1:5
22.05.2023/19:30
Gol: 15 - Jamshid Boltaboev, 20  Igor Golban (Jamshid Iskanderov), 22 - Abrorbek Ismoilov (Ibrohim Yo'ldoshev), 28 - Oston O'runov, 37 - Oston O'runov (Jamshid Iskanderov), 76 - Jasur Hakimov (SHohruh Abdurahmonov)
Hakamlar: Rustam Lutfullin, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Ravshan Abduvohidov;
VAR hakami: Rahimbek Karimov;
AVAR hakami: Sanjar SHoyusupov;
Nazoratchi: Marat Ismoilov;
Komissar: Bekzod Aripov.

"Bunyodkor" — 32. Suhrob Sultonov, 2. Aleksey Nosko, 6. Avazbek O'lmasaliev (10.Rasul Yo'ldoshev, 61( 25.Muhammadsafo Fozilov,86), 7. Akbarjon Ismatullaev, 8. SHohruh Abdurahmonov, 11. Igor Ivanovich, 15. Jasur Hakimov (99.Umidbek Sultonov, 86), 17. Viktor Sotnikov (5.Jasurbek Yoqubov,30), 22. Usmonali Ismonaliev, 33. Doniyor Mannopov (14.Ahmadjon Anvarov,61), 34. Suhrob Izzatov. 

Zaxira: 71.Sarvar Karmov,   29.Muzaffar Olimjonov, 37.Muhammadodil Qahramonov, 57.Amir To'raqulov.

"Navbahor" — 1. O'tkir Yusupov, 5. Milosh Milovich, 6. Ibrohim Yo'ldoshev, 7. Oston O'runov (77.Asadbek Sobirjonov,60), 10. Jamshid Iskanderov ( 9.Farruh Ikramov,86), 14. Jamshid Boltaboev, 17. Abrorbek Ismoilov, 21. Temurxo'ja Abduholiqov (11.SHohruz Norxonov, 60), 22. Igor Golban, 23. Yovan Jokich (8.Jasurbek Yaxshiboev,60), 27. SHahboz Jo'raboev (24.Davronbek Hoshimov,79).

Zaxira: 46.Xurshid Xodjaev, 20.Muzaffarxon Mo'minov, 31.Luka CHermel, 98.Davronbek Olimjonov.
Ogohlantirish: 1 - Yovan Jokich, 8 - Igor Golban, 39 - Usmonali Ismonaliev, 70 - Igor Ivanovich, 79 - Jasur Hakimov, 80 - Davronbek Hoshimov


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berdi

88. Norxonovning zarba ustunga tegib qaytmoqda

86. O'zgarish: Sultonov va Safoev maydonga tushdi, ular Hakimov va Yo'ldoshevni alishtirdi

86. O'zgarish: Ikromov Iskandarovning o'rniga maydonga tushdi

82. Ogohlantirish:  SHoxruh Abdurahmonov hakam tomonidan ogohlantirildi



80.Ogohlantirish: Maydonga tushganiga bir daqiqa bo'lgan Xoshimov hakam tomonidan ogohlantirildi

79. Ogohlantirish: Hakimov ogohlantirildi

79. O'zgarish: Jo'rabekovning o'rniga Xoshimov maydonga  tushdi

76. GOOOOOOOOL. Hakimov hisobni biroz juda kamga qisqartirdi

74. Izattovning zarbasini Yusupov qaytardi

70. Ogohlantirish: Ivanovich ogohlantirildi



64. Anvarovning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

63. Hakimovning zarbasini Yusupov ajoyib tarzda qaytarmoqda

61. O'zgarishlar: Anvarov va Yo'ldoshev maydonga tushdi, ular O'lmasaliev va Mannopov maydoni tark etdi

60. O'zgarishlar: Yaxshiboev, Norxonov va Sobirjonov maydonga tushdi. Ular Jokich, Abduxoliqov, O'runov maydoni tark etdi.

Ikkinchi bo'lim biroz sokin o'tmoqda



46. Ikkinchi bo'limda ham namanganliklar hujum bilan boshladi. Abduxoliqovning zarbasini darvozabon qaytardi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berdi

39. Ogohlantirish: Usmonali Ismonaliev hakam tomonidan ogohlantirildi

37. GOOOOOOOOL. Oston bugun nimadirlar qilmoqda. Bu safargi "qurbon" hozirgina maydonga tushgan Yoqubov. Urunov raqibini osonlikcha aldab o'tdi va zarba yo'lladi. Sultonov bu safar ham jamoasiga yordam bera olmadi

34. Doniyor Abdumannopovning zarbasini Yusupov qiyinchilik bilan bartaraf etdi

30. O'zgarish: Viktor Sotnikov maydoni tark etdi, uning o'rniga Yoqubov maydonga tushdi

28. GOOOOOOOOOOOL. Oston mezbonlar himoyasini bolalarcha aldab gol urmoqda. Urunov "Bunyodkor" himoyasini "xo'rlab" tashladi.

24. Abduraxmonovning uzatmasiga Usmonali Ismonaliev etib kela olmadi



22. GOOOOOOOL. Yana mehmonlar gol urishmoqda. Bu safar Abror Ismoilov o'z hisobiga gol yozib qo'ydi



20. GOOOOOOOOOOL. Jamshid Iskanderovning burchakdan uzatgan to'pini Igor Golban boshi bilan darvozaga joyladi

15. GOOOOOOOOL. Jamshid Boltaboev hisobni ochdi. Urunov qanotdan juda osonlik bilan o'tdi va to'pni Boltaboevga uzatdi. Jamshidning birinchi zarbasi o'xshamadi, ikkinchisida esa darvozani aniq nishonga oldi

8. Ogohlantirish: Igor Golban ham ogohlantirildi.

5. "Bunyodkor"da ham ilk zarba. Ismatullaevning zarbasini darvozabon ushlab oldi

5. DAXSHAT. Namanganliklar raqiblarini bosib tashlashmoqda. Urunovning uzoqdan yo'llagan zarbasi ustunga tegdi

4. Jamshid Boltaboevdan kuchli zarba, mezbonlar darvozaboni esa to'pni qiyinchilik bilan burchakka chiqarib yubordi

3. Oston Urunov darvozabon bilan deyarli birga bir chiqdi, biroq zarba juda sekin chiqdi

1. Ogohlantirish: Yovan Jokich ilk daqiqada sariq oldi

UCHRASHUV BOSHLANDI!

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика