Superliga. Bugun "Paxtakor" - "Lokomotiv" va boshqa o'yinlar bo'ladi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2018, 07:57
Bugun Superligada 26-tur uchrashuvlari yakuniga etadi.

Namanganda "Navbahor" klubi Andrey Kanchelskis boshchiligidagi ilk uchrashuvni "Buxoro"ga qarshi o'tkazadi. Bekobodda "Bunyodkor" mehmon bo'ladi. Turning markaziy uchrashuvi Toshkentda bo'lib o'tadi. "Paxtakor" stadionida musobaqa jadvalining yuqorisida borayotgan ikki klub "Paxtakor" hamda "Lokomotiv" to'qnash keladi. Shiddatli o'tishi kutilayotgan bahs soat 18:00da boshlanadi.



Superliga / 26-tur
20 oktyabr, shanba
“NAVBAHOR” – “BUXORO” (16:00)
“METALLURG” – “BUNYODKOR” (16:00)
“PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV”(18:00)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia