Superliga. Bugun "Lokomotiv" - "Bunyodkor"
17 may 2019 07:52
Yangiliklar
Superliga. Bugun "Lokomotiv" - "Bunyodkor"
Bugun Superliganing 9-turidan o'rin olgan ikkinchi uchrashuv o'tkaziladi.
LOKOMOTIV — BUNYODKOR
Ayni paytda ikki va uchinchi o'rinda borayotgan klublar o'rtasidagi bahs. "Lokomotiv" bu mavsum o'z maydonida umuman yutqazmadi.
"Temiryo'lchilar"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 7ta o'yinga etdi. Biroq oxirgi ikki uchrashuvda jamoa yuta olmadi (ikki durang).
Ushbu klublar O'zbekiston chempionatida 24 bor o'zaro o'yin o'tkazishgan. Natijalar mutlaqo teng. Ikkala klub 9tadan g'alabaga erishgan. Qolgan olti bahsda durang qayd etilgan.
"Bunyodkor" o'zaro uchrashuvlarning oxirgi 5tasida bu klubni mag'lub eta olmagan.
"Qaldirg'ochlar" ustozi Vadim Abramov o'z vaqtida "Lokomotiv"ni ham boshqargan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar