Superliga. Bugun "Bunyodkor" - "Nasaf" va yana uchta o'yin bo'ladi
16 iyu 2019 09:41
Yangiliklar


Superliga. Bugun "Bunyodkor" - "Nasaf" va yana uchta o'yin bo'ladi
ANDIJON — METALLURG
Aleksandr Xomyakovning "Andijon" bosh murabbiyi sifatidagi debyuti.
"Andijon" bu mavsum beshta o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti (3 durang va 2 mag'lubiyat). "Meallurg"ning g'alabasiz seriyasi esa to'rtta o'yinga etdi - 2 durang, 2 mag'lubiyat. Bekobod klubi uchta bahsdan buyon raqiblari darvozasiga yo'l topa olmayapti.
Bu ikki klub O'zbekiston chempionatlari tarixida o'zaro 34 bor o'yin o'tkazishgan. 14ta uchrashuvda Bekobod, 11ta bahsda Andijon klubi g'olib chiqqan. Yana 9ta o'yinda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan.
"Metallurg" safarda bu jamoani faqat bir marta (2011 yil) mag'lub eta olgan ekan.
Andijon Ildar Mamatkazin - 38' |
Superliga. 11-tur 16/06/2019, 18:00 1
:
1
Tugadi
|
Metallurg Stanislav Andreyev - 79' |
BUNYODKOR — NASAF
Bir necha yil oldin chempionlik uchun kurashgan, bu yildan boshlab esa moliyaviy imkoniyatlari tufayli o'z akademiyasi tarbiyalanuvchilariga tayanishni boshlagan klublar o'rtasidagi bahs.
"Bunyodkor" chempionatdagi so'nggi uchta turda mag'lub bo'lgani yo'q (1 g'alaba, 2 durang). "Nasaf"ning esa o'tgan tur 4ta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi yakuniga etdi.
O'zaro o'yinlarda ustunlik "Bunyodkor" tomonida. 24ta uchrashuvning 13tasida "qaldirg'ochlar" g'alaba qozonishdi. "Nasaf" esa atigi 3 bor bu raqibni mag'lub etgan. Qolgan 8ta uchrashuvda durang kuzatilgan.
Bunyodkor Islom Qobilov - 9' |
Superliga. 11-tur 16/06/2019, 18:00 1
:
1
Tugadi
|
Nasaf Dilshod Saitov - 37' |
AGMK — NAVBAHOR
Superligada oxirgi uchta turda g'alaba qozona olmagan ikki klub o'rtasidagi o'yin.
AGMK so'nggi uchta o'yinning barchasida yutqazgan bo'lsa, "Navbahor" uchta o'yinning barchasida durang qayd etdi.
Bu jamoalar o'rtasidagi o'zaro 22ta o'yinning 10tasida olmaliqliklar zafar quchishgan. Ettita uchrashuvda "lochinlar" g'olib bo'lishgan. Yana 5ta bahsda bahs durang bilan tugagan. Olmaliqda o'tgan 11ta uchrashuvning uchtasida "Navbahor" uch ochkoni qo'lga kiritgan.
2018 yilgi o'zaro ikkala o'yinda ham "Navbahor" g'olib bo'lgan.
OKMK Shohnazar Norbekov - 90' |
Superliga. 11-tur 16/06/2019, 19:30 1
:
1
Tugadi
|
Navbahor Aleksandr Kasyan - 7' |
BUXORO — PAXTAKOR
Bu mavsum o'z uyida yuta olmagan "Buxoro" safarda umuman mag'lub bo'lmagan "Paxtakor" bilan o'ynaydi. Muhsin Muhammadievning "Buxoro" bosh murabbiyi sifatidagi debyuti.
"Buxoro" oxirgi 6ta turda g'alaba qozona olmadi - 2 durang va 4 mag'lubiyat. "Paxtakor" esa bu mavsumda umuman mag'lub bo'lmagan yagona klub bo'lib turibdi.
"Buxoro"ning golsiz seriyasi 398 daqiqaga etdi. Jamoa oxirgi 4ta o'yinning hech birida gol ura olgani yo'q.
"Paxtakor" 10ta turda eng ko'p gol urdi - 22ta. "Buxoro" esa aksincha eng kam to'p kiritdi - 6ta.
Bu jamoalar O'zbekiston chempionatida jami 54ta o'yin o'tkazishgan. 38ta uchrashuvda "sherlar" 3 ochkoni qo'lga kiritishgan bo'lsa, 7ta bahsda "Buxoro"ning qo'li baland kelgan. Yana 9ta o'yinda durang qayd etilgan.
Buxoroda o'tgan oxirgi o'zaro 6ta o'yinning faqatgina bittasida mezbonlar g'alaba qozonishgan xolos.
Buxoro |
Superliga. 11-tur 16/06/2019, 20:00 5
:
0
Tugadi
|
Paxtakor Dragan CHeran - 32', Dragan CHeran - 49', Xozhiakbar Alizhonov - 57', Egor Krimets - 73', Dragan CHeran - 76' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar