So’nggi yangiliklar

03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  0 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  21 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  8 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  86 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  17

Superliga. Birinchi davraning muvaffaqiyatli 5 transferi Yangiliklar

Superliga. Birinchi davraning muvaffaqiyatli 5 transferi

Jamoalar qishki transfer oynasida tarkibga jalb qilgan futbolchilar birinchi davra davomida o'zidan turlicha taassurot qoldirdi.

Ayrimlari kutilganidandan yaxshi to'p tepdi va jamoasining asosiy etakchisi sifatida gavdalandi. Bu borada saytimiz ijodkorlari bilan kelishgan holda muvaffaqiyatli 5 transferni etiboringizga havola qilamiz. 

Rubin Xebay - So'nggi yillarda CHerandan tashqari ligamizga aytarli unga tenglasha oladigan goleador kelmayotgan edi. Bu yil esa klublar selekciya ishlarida puxta va aniq harakat qilishayotganini aytish joiz. Rubin Xebay birinchi davrada "Andijon"ning 15ta golidan 9tasiga yani 73 foiziga mualliflik qildi. Agar albaniyalik snayper ikkinchi davrada ham shu tempni saqlab qola olsa, nihoyat CHeran gegemonligiga barham berishi mumkin. SHubhasiz "burgutlar"ning birinchi davradagi eng yaxshi transferi Xebay bo'ldi, deya olamiz. 


Oston O'runov - Samvel Babayan tomonidan mavsumning ilk qismida transferlarda ajoyib yurish amalga oshirildi. Rossiyada barqaror o'ynab keta olmayotgan Oston O'runovni "Navbahor"ga olib keldi. Jamoaning o'yini o'tgan yili Jamshid Iskanderov atrofida qurilgan bo'lsa, bu yil Oston O'runov orqali hujumlar yanada keskinroq tus olyapti. Jismonan baquvvat va yaxshi driblingga ega yarim himoyachi 12ta o'yinda 5ta gol urdi va jamoasining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Klubdagi o'yinlari natijasida Katanec ham unga terma jamoada erkin o'ynash, kerakli pallada hujumchi rolidan ham foydalandi. 


G'ulom Haydar Gulyamov - Aytishingiz mumkin, bu ro'yxatda Toma Tabatadze yoki Nurillo To'xtasinov bo'lishi kerak edi-ku? Ha, ular ham jamoaning muhim figurasi sifatida muvaffaqiyatlarga ko'p hissa qo'shdi. Ammo G'ulom Haydar Gulyamov deyarli barcha uchrashuvlarda tayanch zonasida "qora" ishni maromiga etkazib bajardi. Ayniqsa "Navbahor" bilan o'yindagi mehnatini aytish joiz. U "Neftchi"ning birinchi davradagi 13ta uchrashuvida 1096 daqiqa to'p tepdi. 

Silvanus Nimeli - "Surxon" bu yil qishda katta transferlarni amalga oshirmadi, lekin kerakli va foydali futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi. Buni chempionat bahslari davomida ham sezdik. Hujumchi Silvanus Nimeli esa termizliklarning bosh qahramoni sifatida tanildi. Liberiyalik forvad ortda qolgan davrda 13ta o'yinda to'p tepdi va 6ta gol urdi. To'purarlar poygasida CHeran, Xebaydan so'ng uchinchi o'rinni egallab turibdi. Hali davra tugamasidanoq unga Superliganing etakchilaridan qiziqish paydo bo'la boshladi. Ammo u ikkinchi davrada ham "Surxon" sharafini himoya qilishda davom etadi. 


Igor Ivanovich - "Bunyodkor" tomonidan qishki transferlar vaqtida amalga oshirilgan yagona yaxshi transfer, deya olamiz. Ivanovich nisbatan kutilgan o'yinni namoyish qildi. Birinchi davra ekvatorigacha deyarli har bir o'yinda foydali harakatni amalga oshirayotgandi. Keyinchalik jamoaning omadsizliklari uni ham chetlab o'tmadi. Ammo Ivanovich o'zining nostandart qarorlari, o'tkir paslari, hujumda xavfli vaziyat hosil qilishdagi harakatlari "qaldirg'ochlar"ga Superliga startida bir qancha ochkolarni taqdim qildi. Futbolchi 11ta uchrashuvda 2ta gol urdi va 3ta assistni amalga oshirdi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика