So’nggi yangiliklar

11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   3 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  14 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  6

Superliga. "Navbahor" Andijonda g'alaba qozondi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" Andijonda g'alaba qozondi

Teglar :  AndijonNavbahor
Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Superliga. 25-tur
ANDIJON – NAVBAHOR - 1:2
21 noyabr 2021 yil. Andijon. "Bobur Arena" stadioni. 14:00
Hakamlar:
Zokirjon Qodirov, Sanjar SHoyusupov, Aleksandr Sidorov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: SHohrux Said

Gollar: Igor Golban 67, - 0:1 (Mirzohid G'ofurov). Boyan Naydenov 87, - 0:2 (Ehsoni Panshanbe). Usmonali Ismonaliev 88, - 1:2.

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 3.Azamat Isroilov (20.Izzatillo Abdulhaqov, 83), 4.Usmonali Ismonaliev, 5.Abduvohid G'ulomov, 8.Baxtiyor Qosimov, 9.Pavel Zabelin, 14.Vasiliy Sovpel, 17.Farhod Sohibjonov, 18.Abdug'ani Kamolov (10.Vladislav Vasilev, 80), 26.Muhammadkarim Toirov, 49.Plamen Dimov.
Zaxira: 44.Asilbek Amonov, 32.Javohir Qilichev, 6.Ibrohim Otaxonov, 7.SHerzod G'ulomjonov, 11.Abdulhay Ismoilov, 70.Diyor Rahimqulov, 77.Xurshid Ubaydullaev.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 4.Boyan Ciger, 7.Azim Ahmedov, 8.Sardor Telyakov (20.Ibrohim G'anixonov, 61), 17.Ehsoni Panshanbe (28.Ilhom Alijonov, 89), 19.Mirzohid G'ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 70.Abbos G'ulomov, 88.Boyan Naydenov, 95.Zabihillo O'rinboev.
Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 5.Xushnudbek Avilov, 14.Kosta Gutiner, 25.SHohruh Mahmudhojiev, 33.Mirzohid Mirzamahmudov, 67.Toxir Rafaelov, 77.Husayn Ergashboev. 

Ogohlantirishlar: Pavel Zabelin 1, Abbos G'ulomov 9, Baxtiyor Qosimov 15, Igor Golban 19, Abdug'ani Kamolov 28, Boyan Naydenov 29, Plamen Dimov 57, Usmonali Ismonaliev 88.

CHetlatish: Baxtiyor Qosimov 78 (2SK).


YANGILASH



90+4. O'yin tugadi. "Andijon" - "Navbahor" 1:2

90+3. Zarba! Sohibjonovning zarbasi ancha noaniq ketdi!

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

89. O'zgarish. "Navbahor". Ehsoni Panshanbe o'rniga Ilhom Alijonov

88. Ogohlantirish. "Andijon". Usmonali Ismonaliev

88. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! USMONALI ISMONALIEV 1:2. Jarima maydoni tashqarisidan gol urdi Ismonaliev! 




87. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BOYAN NAYDENOV 0:2. Panshanbe jarima maydoniga kirib to'pni Boyanga uzatdi, Naydenov bo'sh darvozani ishg'ol qildi




83. O'zgarish. "Andijon". Azamat Isroilov o'rniga Izzatillo Abdulhaqov tushdi

80. O'zgarish. "Andijon". Abdug'ani Kamolov o'rniga Vladislav Vasilev tushdi

78. CHETLATISH. "Andijon". Baxtiyor Qosimov

77. ZARBAAAA! "Andijon"da jarima to'pi, Isroilovning kuchli va aniq zarbasidan keyin Yusupov to'pni qaytardi, qaytgan to'pni "Andijon" futbolchilari darvozaga yo'llay olishmadi! 

67. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IGOR GOLBAN! Burchakdan G'ofurov uzatgan to'pni Golban darvozaga joylab qo'ydi - 0:1




66. ZARBAAAAAAAAAAAA! Panshanbedan ajoyib va aniq zarba, Eldor Adhamovdan superseyv! 

61. O'zgarish. "Navbahor". Sardor Telyakov o'rniga maydonga Ibrohim G'anixonov tushdi.

57. Ogohlantirish. "Andijon". Plamen Dimov

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+2. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

45+1. Zarba! Toirovning kuchsiz zarbasidan keyin to'pni Yusupov ushlab oldi

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

38. Mezbonlarda burchak to'pi, burchakdan oshirilgan to'pni "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

34. UXXX! Hozir O'tkir Yusupov o'z jarima maydonini tark etib chiqib ketdi, "Andijon" bundan foydalanishi mumkin edi, ammo darvozaga yo'llangan zarbadan keyin Boyan Ciger jamoasini goldan qutqardi! 

33. Futbolchilar bir-birlarini ayashmayapti, maydon "yonmoqda"!

29. Ogohlantirish. "Navbahor". Boyan Naydenov

28. Ogohlantirish. "Andijon". Abdug'ani Kamolov

25. ZARBA! Azim Ahmedovning kuchli zarbasi ancha yuqoridan ketdi!

19. Ogohlantirish. "Navbahor". Igor Golban

16. "Navbahor"da jarima to'pi, Panshanbe uzatgan to'pdan keyin raqib jarima maydoni ichida pala-partishlik kuzatildi, natijada mehmonlar hujumda qoida buzishdi

15. Ogohlantirish. "Andijon". Baxtiyor Qosimov

11. ZARBAA! Burchakdan uzatilgan to'pni Golban boshi bilan darvoza tomon yo'lladi, noaniq! 

9. Ogohlantirish. "Navbahor". Abbos G'ulomov

2. ZARBAAA! G'ofurov to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi, O'rinboevning bosh bilan yo'llagan zarbasidan keyin Adhamov to'pni ushlab oldi! 

1. Ogohlantirish. "Andijon". Pavel Zabelin

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика