So’nggi yangiliklar

22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  33 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0

Superliga. Aliqulov va Norchaevning gollari "Nasaf"ga "Turon" ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

Superliga. Aliqulov va Norchaevning gollari "Nasaf"ga "Turon" ustidan g'alaba keltirdi

Teglar :  TuronNasaf
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Turon" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

TURON – NASAF 0:2 (TUGADI)

Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Akmal Rahimov

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR hakami: Elyor Tursunov

VAR assistent: Maksim Nexochin

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Abbos Ahrorov

Boshlanish vaqti: 19:00

Gol: Husniddin Aliqulov 21,  0:1, Husayn Norchaev 83, 0:2

"Turon": 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 5.G'iyosjon Komilov, 6.Sardor Abduraimov (, 43.Kim Bo Yong, 66), 7.Sunnatilla Abdullajonov, 9.Humoyun Murtozaev (10.Ixtiyor Toshpo'latov, 74), 17.Muzaffarjon Muzaffarov, 18.Fozil Musaev ( 8.Sunnatilla Ermatov, 66), , 22.Abdulazizxon Abdurashidov, 32. Jahongir Mehmonov, 55.Dayan Ponevich, 77.Bilolxon Toshmirzaev.
Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 3.Davron Umirov, 14.Doniyor Ismoilov, 19.Vladislav Kasminin, 20.Firdavs CHakalov, 30.Sinisha Babich.

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 4.Husniddin Aliqulov, 8.Dilshod Saitov (15.Jo'rabek Mannonov, 90+1), 18.Bahrom Abdurahimov (50.SHohmalik Komilov, 90+1), 19.Husayn Norchaev, 20.Suhrob Nurulloev, 22.Akmal Mozgovoy (28.Sardor Sadullaev, 90+1), 34.SHerzod Nasrullaev, 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov, 99.Andriya Kaluderovich ( 7.Doniyor Narzullaev, 81)
Zaxira: 13.Azamat Soyibov,  71.Jasur Jumaev.

Ogohlantirish: SHerzod Nasrullaev ("Nasaf") 87, 


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi. 

90+2. O'ZGARISH. "Nasaf", Bahrom Abdurahimov o'rniga SHohmalik Komilov, Dilshod Saitov o'rniga Jo'rabek Mannonov, Akmal Mozgovoy o'rniga Sardor Sagdullaev maydonga tushdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

87. OGOHLANTIRISH. "Nasaf", SHerzod Nasrullaevga sariq kartochka ko'rsatildi. 


83. GOOOOOOOOOL. Husayn Norchaev birga-bir vaziyatda raqibidan qochib ketdi va gol urdi. 

82. UXXXXXXXXXXXX. "Turon" jarimadan zarba yo'lladi, Umidjon Ergashev to'pni qaytardi. Qaytgan to'pni jamoa futbolchisi boshi bilan darvozaga yo'lladi. Darvozbon o'rnida. 

81. O'ZGARISH. "Nasaf", Andriya Kaluderovich o'rniga Doniyor Narzullaev maydonga tushdi. 

76. ZARBAAAAAAAAA. "Turon" katta kuch bilan oldinga o'tdi. Sunnatilla Ermatovning burama zarbasini Umidjon Ergashev ushlab oldi. 

74. O'ZGARISH. "Turon", Humoyun Murtazoev o'rniga Ixtiyor Toshpo'latov maydonga tushirildi. 

73. UXXXXXXXX. Marko Stanoevichning jarimadan uzatgan to'pidan so'ng jamoadoshi boshi bilan zarba yo'lladi. Nizomiddin Ziyovutdinov ishonchli harakat qildi. 

67. O'ZGARISH. "Turon", Sardor Abduraimov o'rniga Kim Bo Yong, Fozil Musaev o'rniga Sunnatilla Ermatov maydonga tushdi. 

66. Maydon egalaridan yaxshi tashkil qilingan hujum. Yakuniy zarba yo'q. 

63. "Nasaf"ning ajoyib kombinaciyasini mezbon jamoa himoyachilari qaytardi. Paslar bilan yaxshi kirib borishgandi. 

62. O'yin tizgini "Nasaf" tomoniga o'tdi. 

59. Sunnatilla Abdullajonov ikkinchi bo'limda ancha faol harakat qilmoqda. 

58. "Turon" futbolchisi Sunnatilla Abdullajonovga qo'pollik ishatildi. Penalti belgilanmadi. 

55. "Nasaf"da jarima zarbasi. To'p qulay nuqtada. Suhrob Nurulloevning zarbasi hech kimga tegmay maydondan chiqib ketdi. 

53. "Turon" futbolchilari qarshiliklar posboni Umidjon Ergashevga bosim qildi. Posbon to'pni uzatishda xato qildi. Himoyachilar oldinga qarab ketayotgan "Turon" futbolchisini yiqitishdi. Lekin bosh hakam penalti belgilamaslikni maqul topdi. Darvozabonga nisbatan qo'pollik, deb topildi. 

51. "Nasaf"dan navbatdagi hujum. SHerzod Nasrullaevning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

50. VAXXXXXXXXX. "Nasaf" hujum qildi. Bahrom Abdurahimovning jarima maydonchasida yaqin masofadan bergan zarbasini Nizomiddin Ziyovutdinov qaytardi. 

48. "Turon"dan navbatdagi hujum, Umidjon Ergashev o'z o'rnida. 

47. Umidjon Ergashev raqib jamoa hujumini qaytardi. "Turon" vakillari yaxshigina pressing uyushtirishgandi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

35. Nizomiddin Ziyovutdinov to'pni uzoqlashtirishda xato qildi. Natijada "Nasaf" burchak to'pini ishladi. 

28. UXXXXXXXX."Turon"ning burchak to'pini Umidjon Ergashev qaytarib qoldi. 

21. GOOOOOOOOOOOOOL. Burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng Husniddin Aliqulov boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. 

18. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA. UXXXXXXXXXXXX. Akmal Mozgavoyning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Nizomiddin Ziyovutdinov qiyinchilik bilan bartaraf etdi. Kiperdan yaxshi seyv. 

17. ZARBAAAAAAAAA. Husayn Norchaevning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

12. ZARBAAAAAAAAAA. "Turon" futbolchilarining devor uslubidagi hujumini raqib himoyachilari qaytardi. Qaytgan to'pga Fozil Musaev kelib zarba yo'lladi. O'ta kuchli va noaniq. 

3. "Nasaf"da jarima to'pi. "Turon" himoyachilar hujumni zararsizlantirishdi va qarshi hujumga o'tishdi. Ilk daqiqalardan ochiq futbol ko'rmoqdamiz. 

O'yin boshlandi. 

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика