So’nggi yangiliklar

12:31"Милан" "Штутгарт" етакчисига қизиқиш билдиряпти  0 12:05Ши Таэ Йонг: "Ўзбекистон ва Саудия учрашувини стадиондан томоша қиламан. Корея мусобақани эрта тарк этгани учун бироз хафаман"  2 11:40"Интер" эгалари ўзгариши мумкин  0 11:16"Бавария", ПСЖ ва АПЛ клублари Меньян ва Теога қизиқишмоқда  0 10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   5 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  8 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  11 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  25 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  3 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  7 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  39

Olmaliqdagi superto'qnashuvda "Navbahor" g'alaba qozondi va peshqadamga aylandi Yangiliklar

Olmaliqdagi superto'qnashuvda "Navbahor" g'alaba qozondi va peshqadamga aylandi

Coca Cola Superligasining 13-turidan o'rin olgan AGMK - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.



AGMK — "Navbahor" 1:2

1 iyul, 2022. Olmaliq. AGMK stadioni. 20:00

Hakamlar: Akobir SHukurullaev, Anvar Marajabov, Sanjar SHoyusupov, Farrux Yansupov

VAR hakami: Asqar Najafaliev

AVAR hakami: Baxtiyorxo'ja SHavkatov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Jamshid Iskanderov 11, - 0:1 (Jamshid Boltaboev). SHohruh Gadoev 48, - 1:1.

AGMK: 35.Valijon Rahimov, 2.Akrom Komilov (31.Ahmadullo Muqimjonov, 88), 5.Anzur Ismoilov, 15.Andrey Mishenko, 7.Dilshod Ahmadaliev, 88.Siyavush Haqnazariy (63.Alisher Jalilov, 83), 8.Abdulla Abdullaev, 17.Sanjar Tursunov (4.Mirjamol Qosimov, 83), 10.Xurshid G'iyosov, 22.SHohruh Gadoev (77.Nodir Abdurazzoqov, 83), 27.Martin Boake (23.Aleksandr Kasyan, 88)

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 45.Jamoliddin Hikmatov, 9.Zafar Polvonov,

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 4.Boyan Ciger (28.Stanislav Andreev, 64), 6.Rustamjon Ashurmatov, 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboev, 19.Nurillo To'xtasinov (7.Azimjon Ahmedov, 64), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 24.Davronbek Hoshimov, 77.Asadbek Sobirjonov (17.Ehsoni Panshanbe, 68), 99.Andrey Sidorov (32.Zoran Marushich, 46)

Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 9.Ibrohim G'anixonov, 11.Islom Kenjaboev, 64.Muzaffar Mo'minov, 70.Muhammadbobir Mo'ydinov.

Ogohlantirishlar: Abdulla Abdullaev 31,


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+5. O'YIN TUGADI! AGMK - "Navbahor" 1:2



90+3. ZARBA! Zoran Marushichning zarbasiga aniqlik etishmadi.

90+2. ZARBA! Alisher Jalilovning zarbsidan keyin Yusupov to'pni qaytardi

90. Ikkinchi taymga hakam 5 daqiqa qo'shib berdi

90. AGMK hisobni tenglashtirish uchun katta kuch bilan hujumga o'tmoqda...



88. O'zgarishlar. AGMK. Komilov va Boake o'rniga Muqimjonov va Kasyan tushdi

83. O'zgarishlar. AGMK. Tursunov, Haqnazariy va Gadoev o'rniga Qosimov, Jalilov va Abdurazzoqov tushdi

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ZORAN MARUSHICH! 1:2. Hoshimovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Marushich boshi bilan darvozaga yo'lladi! 





81. ZARBAAAAAAAAAAA! Sanjar Tursunovning zarbasidan keyin Yusupov to'pni ushlab oldi!

78. UXXXX! AGMKning qarshi hujumi, Gadoev himoyachilardan qochib ketdi, ammo to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi, aks holda Komilov gol urishi mumkin edi! 

75. Xavfli vaziyat! "Navbahor"ning tezkor qarshi hujumi, ammo Iskanderov zarba bera olmadi! 

70. UXXXX! G'iyosovning to'p uzatishga o'xshagan zarbasi Yusupovga nasib qildi

68. O'zgarish. "Navbahor". Sobirjonov o'rniga Panshanbe tushdi

67. ZARBA! Ahmedovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

64. O'zgarishlar. "Navbahor". Ciger va To'xtasinov o'rniga Andreev va Ahmedov tushdi

63. UXXXXXXXXXXXX! ZARBAAAAAAAAAAAAA! Gadoevning aqlli pas va Boakedan zarba, to'p ustunga tegib qaytdi! Stadion "uxxx" dedi 

61. ZARBA! Gadoevning kuchli zarbasi noaniq chiqdi!

59. Xavfli vaziyat G'iyosov jarima maydoniga kirib bordi va to'pni sheriklariga uzatdi, ammo lekin biroq bu joyda AGMK vakillari yo'q ekan

53. Sanjar Tursunovning jarima zarbasidan so'ng, to'p "jonli devor"ga tegib qaytdi.

48. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHohruh Gadoev! 1:1. Tursunovdan to'pni qabul qilib olgan Gadoev hisobni tenglashtirdi! 






46. Ikkinchi taym boshlandi!

46. O'zgarish. "Navbahor". Sidorov o'rniga Marushich tushdi



45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 0:1. Iskanderovning shedevr goli "Navbahor"ga g'alaba keltirmoqda

45+1. "Navbahor"ning hujumi Asad Sobirjonovning "qizog'onchiqligi" tufayli uzilib qoldi

45. Birinchi bo'lim 45 emas 47 daqiqa davom etadi deb "aytdi" bosh hakam

43. Birinchi taymda AGMK safidagi eng faol va eng yaxshi futbolchi bu Dilshodbek Ahmadaliev bo'lib turibdi.

38. Ogohlantirish. Boyan Ciger Gadoevni yiqitgani uchun sariq oldi

37. ZARBAAAA! AGMKning xavfli hujumi, Ahmadaliev uzatgan to'p G'iyosovga bordi, u to'pni orqaga oshirdi, Abdullaevning kuchli zarbasi darvozaga etib bormadi. "Rukaaa" deb baqirishdi AGMK vakillari, hakam esa YO'Q dedi!

31. Ogohlantirish. Abdulla Abdullaev oldinga qochib ketmoqchi bo'lgan Sobirjonovni qo'pollik bilan to'xtatgani uchun sariq kartochkani qabul qilib oldi

30. AGMKning navbatdagi hujumi noaniq pas tufayli uzirib qolgan bir pallada "Liverpul" Muhammad Saloh bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytiribdi.

29. ZARBAAAAAAA! Ahmadaliev uzatgan to'pni Mishchenko boshi bilan darvozaga to'g'rilab qo'ydi, O'tkir Yusupov "hammasi pod kontrol" degancha to'pni egallab oldi 

28. ZARBAAA! Tursunovning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi!

27. Boake jarima to'pi ishladi, Golban unga nisbatan qo'pol o'ynadi deb hisobladi Akobir SHukurullaev



26. AGMK oxirgi daqiqalarda tashabbusga ega bo'lmoqda va ko'proq hujum qilmoqda 

25. Quyidagi rasmga uzoq tikilib tursangiz AGMK himoyachisi Sardor Rahmonovni ko'rishingiz mumkin. Aytgancha Rahmonov diskvalifikaciya tufayli bugun o'ynamayapti 

 


20. ZARBA! G'iyosovning zarbasi darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi 



18. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! Sobirjonov hozir chap tomondan jarima maydoniga kirib borib to'p uzatdi, Rahimov to'pni qaytarib yubordi! 

17. Hisob ochilgach AGMK to'p nazoratini o'z tomoniga oldi va hujum qilishga urinmoqda

11. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHEDEVR! Jamshid Boltaboevning ajoyib to'p uzatishidan keyin Jamshid Iskanderov to'pni Rahimovning ustidan tashlab qo'ydi, ajoyib va super gol! 





10. Xavfli vaziyat. Tursunovning to'p uzatishi Boakega emas himoyachilarga nasib qildi

9. UXXX! AGMKning hujumi, Ahmadaliev uzatgan to'p xavfli chiqdi, Iskanderov himoyaga qaytib jamoasiga yordam berdi

7. Yana "Navbahor"ning hujumi, jarima maydoniga uzatilgan to'p Rahimovning qo'llariga borib tushishdan boshcha chora topa olmadi

4. Boyagi vaziyatda Abdulla Abdullaev kichik jarohat oldi va shifokorlar yordamini oldi

2. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Iskanderov uzatgan to'pni Ashurmatov yaqin masofadan darvozaga yo'lladi, to'p ustunga tegib qaytdi! O'yindan tashqari holat ham bor ekan 

1. Bahsdagi ilk burchak to'pini mehmonlar tepishadi. Hoshimov ishlab oldi "ugl"ni.

1. O'YIN BOSHLANDI! KETDIK! 

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика