So’nggi yangiliklar

16:10"Акрон" - "Динамо". Эсанов таркибдами?  2 15:43"Тоттенхэм" - "Бавария". Таркиблар эълон қилинди  1 15:30"Атлетико" 30+5 млн. евро эвазига ҳужумчи сотиб оляпти  1 15:00ОКМК ФК ва Қирғиз Республикаси академияси ўртасида меморандум имзоланди  2 14:49Франция ҳужумчиси: "Аргентиналиклар байрамимизни бузмоқчи эди, аммо у янада яхшироқ бўлди"  0 14:11Кьеза "Ювентус" қайдномасига киритилмади  1 13:46"Ал Иттиҳод" Эдерсон ўрнига 11 млн. евро эвазига бошқа дарвозабон сотиб олади  0 13:35"Вест Хэм" "Барселона" қизиққан Гидо Родригесни текинга ўз сафига қўшиб олади  0 12:36"Андижон" 17 та ўйиндан буён ОКМКни мағлуб эта олмаяпти  4 12:19Отаменди: "Францияликлар ғалабани бизнинг оиламиз вакиллари олдида нишонлашди. Нишонлагинг келса, олдимга кел, ҳал қиламиз"  13 12:01 "Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - Алиев Диёрбек ва Маматов Муҳаммадамин  0 11:40"Қизилқум" - "Бунёдкор" ўйинидан кейинги қизиқарли фактлар  1 10:56Ди Мария таҳдидлар туфайли ватанига қайтмайди  1 10:27ПСЖ «Ман Сити»га расмий таклиф юборди  2 10:01«Ньюкасл» 60 миллион фунтга ҳимоячи сотиб олади  2

​Superliga: 21-tur laureatlari aniqlandi FOTO Yangiliklar

​Superliga: 21-tur laureatlari aniqlandi FOTO

Ananamizga muvofiq Superliga 21-turining eng yaxshilarini elon qilamiz.

Tur o'yini - "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" 1:1

Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi bahs shubhasiz barchaning diqqat-etiborida bo'ldi.

Mazkur bahs har ikkala jamoalar uchun yuqori ahamiyatga ega o'yin hisoblangani uchun jamoalar uchrashuvga jiddiy yondoshishdi. Avvaliga Azamov-Bezerraning kombinaciyasidan so'ng mezbonlar himoyachisi Marko Milich o'z darvozasini ishg'ol etib qo'yib, "Paxtakor"ni hisobda oldinga olib chiqdi. "Qo'qon-1912" jamoasidan javob to'pini esa zaxiradan maydonga tushgan Nosir Otaqo'ziev Firdavs Asadovning to'p oshirishidan so'ng kiritdi. SHu tariqa markaziy bellashuvda g'olib nomi aniqlanmadi. Stadionga kelgan muxlislar shiddatli o'yin guvohiga aylanishdi. SHu boisdan ham mazkur to'qnashuv so'zsiz tur o'yiniga aylandi.


Tur muxlislari - "Navbahor"

Ayni paytda Superligadagi eng faol muxlislar deb shubhasiz namanganlik ishqibozlarni ko'rsatish mumkin.

"Navbahor" muxlislari xoh safarda, xoh uyda bo'lsin o'z suyuklilarini yolg'izlatib qo'yishmayapti. Uchrashuv davomida muxlislik qilish borasida ham "Navbahor" ishqibozlarini eng faoli, desak mubolag'a bo'lmaydi. "Buxoro"ga qarshi kechgan bahsda ham "Navbahor" ishqibozlarini jamoasining haqiqiy 12-futbolchisiga aylana olishdi. Namangandagi uchrashuvni kuzatish uchun stadionga 14186 muxlis tashrif buyurdi.  SHu boisdan ham bu galgi tur muxlislari deb "Navbahor" ishqibozlarini etirof etishni maqul topdik.


Tur hakami - Asker Najafaliev

Mazkur turda "Lokomotiv" - "Neftchi" uchrashuvida ishlagan yosh hakam Asker Najafaliev o'yinni bir maromda yaxshi boshqarib bordi.

Uchrashuv davomida yosh hakam Asker Najafaliev hech qanday qo'pol xatolarga yo'l qo'ygani yo'q. Natijaga tasir etadigan yoki boshqa xatolar kuzatilmadi. Aksincha, uchrashuvni qatiyat bilan boshqarib borgan ushbu hakam tur davomida ishlagan boshqa hakamlardan ko'ra yaxshiroq ko'rindi. SHu boisdan ham tur hakami deya Asker Najafaliev topildi.


Tur matbuot xizmati - "Nasaf"

Mazkur turda "Nasaf" matbuot xizmati ancha samarali va operativ ishladi. "Nasaf" matbuot xizmati xodimlari o'rinbosarlar va asosiy jamoa o'yinlarini birdek yaxshi saviyada yoritishdi. Suratlar, o'yinga prevyu, uchrashuv tugaganidan so'ng murabbiy va futbolchilar fikrlari o'z vaqtida chop etildi. O'yin oldidan, o'yin boshlanishi va uchrashuvdan keyin "qaynoq" suratlar taqdim etishda ham "Nasaf" ancha ildamlab ketgan. SHu boisdan "Nasaf" matbuot xizmati mazkur turda eng yaxshi deb etirof etildi.


Tur iqtibosi: "Bekobodda Hasan Ro'zievning "o'yini" bo'ldi"

"Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov "Metallurg"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida uchrashuv bosh hakami Hasan Ro'zievning "o'yini" qurboni bo'lishganini takidladi.

"O'yin haqida? Stadionga kelgan muxlislarning barchasi ko'rdi, aniqroq aytadigan bo'lsam, bugun Hasan Ro'zievning "o'yini" bo'ldi! Bunday qilib futbolni orqaga tortish bilmadim nimalarga olib keladi.

Ajoyib va chiroyli o'yinni Hasan Ro'ziev buzdi! Hakamning bu "o'yinlari" jamoalarning, klubdagi xodimlarning mehnatini harob qiladi. Nima kerak xalqni aldab? Noto'g'ri gapirayotgan bo'lsam aytinglar? (matbuot anjumanidagi jurnalistlarga murojaat qilib)

Toza penalti berilmadi. Darvozabonimizni boshiga tepib, to'pni olib gol urilmoqda. Hakam esa jim. Futbolimiz rivoji uchun O'FA va PFL shuncha mehnat qilmoqda, kechayu-kunduz ishlashmoqda. Hasan Ro'zievga o'xshagan hakamlar "o'yin" qilaversa, tuzuk davom etib turgan uchrashuvni "buzib" qo'yaversa, unda futbol hech qaerda ko'tarilmaydi.

"Qizilqum" yaxshi o'ynadi. Biz bugun 15 kishiga qarshi harakat qilishimizga to'g'ri keldi. Hasan Ro'ziev o'yinni buzdi! Men bu borada PFLga rasman arz qilaman! Har bir vaziyat bo'yicha alohida, daqiqama-daqiqa yozaman. O'FA va PFL hakamni ishini ko'rib chiqishini talab qilaman! Hoziroq ularni ustidan rasman arz qilaman", - dedi Hamidjon Aktamov.


Tur goli - Bobur Yo'ldoshev

"Neftchi" himoyachisi Bobur Yo'ldoshevning "Lokomotiv"ga urgan goli so'zsiz turni bezab berdi.

"Lokomotiv" bilan o'yinda uchrashuvning oxirgi daqiqasida jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda bajargan Bobur Yo'ldoshevning zarbasini Ignatiy Nesterov qaytarishga ojizlik qildi. Natijada ushbu gol yakunda "Neftchi"ga bir ochkoni taqdim etdi. Gol nafaqat chiroy jihatidan, balki mazkur o'yinda jamoasi uchun muhimligi bilan ham ajralib turdi. SHu boisdan ham Boburbek Yo'ldoshevning jarima zarbasidan kiritgan goli etirofga loyiq ko'rildi.



Tur darvozaboni - Suhrob Sultonov


"Bunyodkor" darvozaboni Suhrob Sultonov "Nasaf"ga qarshi o'yinda jamoasi g'alabasiga o'zining munosib hissasini qo'shdi.

Uchrashuv davomida 4 marotaba seyv amalga oshirgan Sultonov, o'yinning kulminacion nuqtasida o'zini ko'rsatishga ham muvaffaq bo'ldi. "Bunyodkor" 1:0 hisobida g'alaba qozonayotgan pallada jamoasi darvozasiga belgilangan penaltini qaytarishga muvaffaq bo'lgan Sultonov o'yinga burilish yasalishiga to'sqinlik qilib qoldi. Natijada "Bunyodkor" keyinchalik "Nasaf" darvozasi tomon yana uch marotaba yo'l topdi. Faqatgina uchrashuvning so'nggi soniyalarida Sultonov jarima zarbasidan gol o'tkazib yubordi. Ammo bu uning uchrashuv davomida qilgan mehnatlarini inkor eta olmaydi. SHu boisdan ham Suhrob Sultonov haqli ravishda turning eng yaxshi darvozaboniga aylandi.


Tur murabbiyi - Baxtiyor Ashurmatov

AGMK mazkur turda Jizzaxdan ishonchli g'alaba bilan qaytdi.

"So'g'diyona" mehmoni bo'lgan AGMK safarda chiroyli va mazmunli o'yin ko'rsatgan holda ishonchli g'alabani tantana qildi. Bunda albatta murabbiy Baxtiyor Ashurmatovning xizmatlari katta. Qisqa fursatda jamoa o'yin shaklini o'zgartirishga erishgan, asosan qarshi hujumlarda o'ynaydigan AGMKga hujumkorlik ruhini qaytargan Ashurmatovning ishlari nihoyat natija keltira boshladi. AGMK nafaqat g'alaba qozonmoqda, balki o'yin jihatidan ham ancha sifatli va hujumkor futbol namoyish etib kelmoqda. SHu boisdan Baxtiyor Ashurmatov bu gal tur murabbiy sifatida etirofga loyiq ko'rildi.


Tur futbolchisi - Jasur Hasanov

Mazkur turda nafaqat AGMK murabbiy Baxtiyor Ashurmatov, balki jamoa etakchisiga aylangan Jasur Hasanov ham etirof etildi.

Jizzaxdagi bahsda oxirgi o'yinlarda bo'lgani kabi Jasur Hasanov maydonda yaqqol ajralib turdi. O'zining tezkor harakatlari, qanotdan uyushtiradigan reydlari orqali raqib himoyasini doim bosimda ushlab turayotgan Jasur Hasanovning g'alabada qo'shgan hissasi katta bo'ldi. Aynan Jasur Hasanov tomonidan kiritilgan gol uchrashuv taqdiriga oydinlik kiritdi. Goldan tashqari Hasanov butun bahs davomida o'zining yorqin o'yini bilan ajralib turdi.


Superliga, 21-tur ramziy terma jamoasi (3-5-2)

Darvozabon: Suhrob Sultonov ("Bunyodkor")

Himoyachilar: Dilshod Jo'raev ("Bunyodkor"), Bobur Yo'ldoshev ("Neftchi"), Jahongir Mehmonov ("Navbahor")

Yarim himoyachilar: Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor"), Azam Aliev ("Navbahor"), Qo'vondiq Ro'ziev ("Qo'qon-1912"), Jasur Hasanov (AGMK), Zohir Pirimov (AGMK)

Hujumchilar: Zohid Abdullaev ("Metallurg"), SHahzod Nurmatov ("Bunyodkor")


To'purarlar:

1. Tiago Bezerra ("Paxtakor") - 10
2. Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor")    - 10 (2 penalti)
3. Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor") - 9 (6 penalti)
4. Marat Bikmaev ("Lokomotiv") - 9 (3 penalti)


Assistentlar:

1.Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor") - 9
2.Jasur Hasanov (AGMK) - 7
3.Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") - 5
3.Oleg Zoteev ("Lokomotiv") - 5
3.Murodjon Toshmatov ("Bunyodkor") - 5
3.Azizbek Turg'unboev ("Navbahor") - 5
4.Salamat Qutibaev ("Buxoro") - 4
4.Sardor Sulaymonov ("Navbahor") - 4
4.Azam Aliev ("Navbahor") - 4
4.Dragan CHeran ("Paxtakor") - 4
4.Arslonmurot Amonov ("Buxoro") - 4
4.Sardor Mirzaev ("Lokomotiv") - 4

Reyting: -40   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика