So’nggi yangiliklar

01:42Жалолиддин Машарипов: "Қуръадан олдин Португалия, Роналду билан тушамиз деб айтгандим"  4 01:06Фабио Каннаваро қуръа ташлаш маросимидан сўнг нималар деди?  16 00:54Элдор Шомуродов: "Гуруҳдан чиқишга имкониятимиз етади деб ўйлайман"  4 00:34Рустам Ашурматов: "Жаҳон чемпионатига боргандан кейин энг камида гуруҳдан чиқишни ўйлаш керак"  6 00:15ЖЧ-2026. Ўзбекистоннинг гуруҳдаги тақвими маълум!  31 00:07ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!  166 23:55ЖЧ-2026. Ўзбекистон K гуруҳида: Роналду Ўзбекистонга қарши!  47 23:21"Манчестер Юнайтед" футболчиси жамоадан кетишга тайёр  1 22:58Мухлисга тупурган футболчи 4 ўйинга четлатилди  3 22:18Лингард эркин агентга айланди  0 21:50Пеп Гвардиола: "ЖЧ-2026ни Англия ютишини истайман"  6 21:27Аморим "Вулверхэмптон"нинг ғалабасиз серияси исталган пайтда тугашини айтди  1 20:51“Энфилд”да вазият кескинлашди: Салоҳ норози, таклифлар эса кўпаймоқда  6 20:28Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги ғалабадан кейин елкамдан тоғ ағдарилгандек бўлди"  4 20:13"Насаф" ва "Навбаҳор" "Пахтакор" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  3

Superliga. Qaysi jamoalar qoladi, qaysilari ketadi? Yangiliklar

Superliga. Qaysi jamoalar qoladi, qaysilari ketadi?

Kelgusi yildan boshlab O'zbekiston chempionatida ishtirokchi jamoalar soni oshiriladi.

Yangi mavsum O'zbekiston Superligasida ishtirokchi jamoalar soni 16 taga oshiriladi. Malumot uchun, joriy mavsum 14 klub yuqori divizionda ishtirok etmoqda. 

Musobaqalarni tashkil etuvchi Professional futbol ligasi (PFL) o'z bayonotida bu haqda shunday elon qilgandi:

"Superliganing 2024 yilgi mavsumida 14 ta jamoa g'oliblik uchun raqobatlashadi. Yakunda so'nggi o'rinni egallagan 1 ta jamoa musobaqa bilan xayrlashadi. Uning o'rniga Pro liganing dastlabki ikki jamoasi Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Yana 1 ta yo'llanma esa Superliganing 12-13 hamda Pro liganing 3-4 jamoalari o'rtasida o'ynaladi. Bunda Proliganing 4-jamoasi uy o'tish o'yinida Superliganing 12-jamoasini, Pro liganing 3-jamoasi esa uy o'tish o'yinida Superliganing 13-jamoasini qabul qiladi. Har ikki bellashuv mag'lublari neytral maydonda Superliganing 16-ishtirokchisi nomiga oydinlik kiritadi". 

Bundan ko'rish mumkinki, Superligada 12-o'rin bilan kifoyalangan jamoa ham 2025 yilgi mavsumni Pro ligada o'tkazishi, Pro liganing to'rtinchi jamoasi esa aksincha, Superliga yo'llanmasiga ega chiqishi mumkin. Muhimi, barchasi sport principlaridan kelib chiqib, amalga oshiriladi".

Keling, endilikda Superligada 2025 yilgi mavsum qaysi jamoalar ishtirok etishi haqida so'z yuritamiz.

Hozirga vaqtda joriy mavsum turnirda qatnashayotgan 9 klub ligada qolishni kafolatladi, bular: "Nasaf", OKMK, "Navbahor", "So'g'diyona", "Paxtakor", "Surxon", "Andijon" va "Dinamo". SHuningdek, Pro ligada joriy mavsum dastlabki ikki o'rinni egallagan "Mashal" va "Buxoro" klublari to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritdi. Demak, hozirda 11 jamoa nomi aniq. Xo'sh, qolganlar-chi?

PFL bayonotiga ko'ra, Superligada joriy mavsum so'nggi o'rinni egallagan jamoa keyingi mavsumdan Pro ligada ishtirokini boshlashi ko'zda tutilgan. Biroq bir tur qolganiga qaramay, musobaqa bilan xayrlashgan jamoa nomi malum emas. Bekobodning "Metallurg" klubi bugun "Surxon"ni mag'lubiyatga uchrata olmaganida, ehtimol, ikkinchi maqomdagi liganing yangi ishtirokchisiga aylanishi mumkin edi. SHunga qaramay, Pro ligaga ikki klubdan biri ravona bo'lishi aniq: "Lokomotiv" yoki "Metallurg".

Ayni damda "Lokomotiv" hisobida 21, "Metallurg" hisobida esa 20 ochko mavjud. Bekobodliklarni so'nggi turda ham g'alaba qanoatlantirishi bilan bir qatorda ular taqibchisining 3 ochkoga ega chiqmasligini kutishi kerak. "Metallurg" durang o'ynagan taqdirda ham "temiryo'lchilar"ning mag'lubiyatga uchrashi talab etiladi.  "Lokomotiv" oxirgi turda 5-o'rinda borayotgan "Neftchi"ni qabul qilsa, "Metallurg" chempionlikni muddatidan ilgari hal qilgan "Nasaf" maydoniga safar uyushtiradi. "Nasaf" chempionlikni hal qilib bo'lgani, "Neftchi"ning esa yuqori o'rinlar uchun kurash olib borayotganidan kelib chiqsak, "Lokomotiv"ni ham o'ta og'ir sinov kutib turganini sezish mumkin. Qiziq tomoni, "Lokomotiv"ga qoniqarsiz natijalari uchun "Metallurg" rahbariyati tomonidan istefoga chiqarilgan Grigoriy Kolosovskiy murabbiylik qilmoqda.

Ikki jamoadan biri Superliga bilan xayrlashishi ikkinchisini ligada qolishini kafolatlamaydi, balki o'tish o'yinida Pro ligada 3-o'rinni egallagan jamoa bilan bellashadi. Ikkinchi o'tish o'yinida ishtirok etadigan Superliga jamoasi esa hozircha nomalum.

Keyingi mavsum rejasiga qaraydigan bo'lsak, joriy yil jadvalda 11 o'rinni egallagan jamoalar o'z o'rnida qoladi. Ular safiga "Mashal" va "Buxoro" qo'shilishi inobatga olsak, bu son 13 taga etadi. Yana 3 yo'llanma esa o'tish o'yinlari orqali aniqlanadi.

O'tish o'yinlarida 4 klub o'zaro bellashib, ularning uchtasiga yo'llanmasi nasib etadi. Birinchi bosqichida yutqazgan jamoalarga ikkinchi imkoniyat taqdim etiladi.

Superligani 12-o'rinda yakunlagan klub Pro Liganing 4-jamoasi, 13-o'rinda yakunlagan klub esa Pro Liganing 3-jamoasi maydoniga safar uyushtiradi. Mazkur bellashuvlarda g'alaba qozongan ikki jamoa yangi mavsumda Superliga ishtirokchilariga aylanadi. Mag'lub bo'lganlar esa so'nggi, 16-yo'llanma uchun kurash olib boradi.

Pro Liga 3-o'rin ("Qo'qon") — Superliga 13-o'rin ("Lokomotiv"/"Metallurg")

Pro Liga 4-o'rin ("SHo'rtan") — Superliga 12-o'rin ("Qizilqum"/"Bunyodkor"/"Olimpik")

O'tish o'yinining ikkinchisida ishtirok etadigan o'rinni hozirda kelajagi nomalum bo'lib turgan "Olimpik" jamoasi egallab turibdi. Biroq "Qizilqum" va "Bunyodkor" klublarida ham quyi pog'onaga tushib ketish xavfi bor. Buning uchun Denis Korostichenko shogirdlarining yakuniy turdagi g'alabasi kifoya qilishi mumkin.

"Qizilqum" so'nggi turda ikkinchi o'rinni saqlab qolish uchun jon-jahdi bilan kurashayotgan OKMK maydoniga safar uyushtirsa, "Bunyodkor" azaliy raqib "Paxtakor"ni o'z maydonida qabul qiladi. "Olimpik" esa yutsa ham, yutqazsa ham o'z joyidan siljimaydigan "Surxon" maydoniga safar uyushtiradi, bu esa ikki klubga ham hatto ochko qo'lga kiritishni kafolatlamasligi mumkin. Katta ehtimol, ko'p narsa "Olimpik"ning taqdirini belgilab beradigan (ehtimol, belgilab bo'lgan) klub rahbariyatiga bog'liq bo'lishi ham mumkin.

Xullas, Superliganinng so'nggi turi intriga va qiziqarli voqealarga boy bo'lishi kutilmoqda. O'tish o'yini ishtirokchilari va Pro liganing yangi mavsumdagi ishtirokchisi ham shunda aniq bo'ladi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика