So’nggi yangiliklar

00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  0 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  11 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  24 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  1 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0

Superliga-2024 sarhisobi. Barchasi 30 ta fakt ichida Yangiliklar

Superliga-2024 sarhisobi. Barchasi 30 ta fakt ichida

Teglar :  Superliga-2024
Superliganing ortda qolgan mavsumiga doir malumotlarni taqdim qilishda davom etamiz. Quyida umumiy faktlarga etibor qarating.

1. Superliga avtogollari - Ibrohim Yo'ldoshev ("Navbahor"), Muhsin Ubaydullaev ("Neftchi"), Sardor Qulmatov ("So'g'diyona"), Azizbek Pirmuhammadov ("Surxon", "Metallurg"), SHahzod Toirov ("Olimpik"), Islom To'xtaxo'jaev (OKMK), Akbar Abdirasulov ("Olimpik"), Suhrob Izzatov ("Bunyodkor", "So'g'diyona"), Ilhomjon Vahobov ("Qizilqum").

2. Superliganing eng yaxshi assistentlari - Bektemir Abdumannonov ("Andijon") 9 ta, Xurshid G'iyosov (OKMK) 9 ta.

3. Gol+assist bo'yicha eng yaxshi natija qayd etganlar - Lyupcho Doriev ("So'g'diyona") 12+7=19.

4. Superligada maydonga tushgan eng yosh futbolchi - 2007 yilda tug'ilgan Fazliddin Omonkeldiev ("So'g'diyona") 2024 yil Superligada maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'ldi, u "Paxtakor" bilan o'yinda 16 yosh 11 oy 23 kunligida debyut qildi. 

5. Superligada maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi - Anzur Ismoilov ("Lokomotiv") 39 yosh. 

6. Superliganing almashtirilmas futbolchilari - 2024 yilda ikki futbolchi Islom Qobilov va Yovan Jokich barcha 26 ta turda to'liq o'zgarishlarsiz o'ynadi. 

7. Eng ko'p sariq kartochka olgan futbolchi - Umar Adhamzoda ("Paxtakor") 8 ta.

8.To'g'ridan-to'g'ri eng ko'p qizil kartochka - Xondamir Mustafoqulov ("So'g'diyona") 2 ta, Islombek Mamatkazin ("Andijon") 2 ta.

9.Penaltidan eng ko'p gol urgan futbolchilar - Dragan CHeran 4 ta (100 %), Marko Milichkovich 4 ta (100%), Lyupcho Doriev 3 ta (100%), Elguja Lobjanidze 3 ta (100%), Anvar Xojimirzaev 3 ta (100%), Joel Kojo 1 ta (100%), Akaki SHulaya 2 ta (100%), Muhammadali G'iyosov 1 ta (100%), Giorgi Kuxianidze 1 ta  (100%), Damyan Krayishnik, Valeriy Kichin 2 ta (100%), Abduvohid Nematov 2 ta (100 %), Javohir Sidiqov 2 ta (100%), Marko Stanoevich 1 ta (100%), Jamshid Iskanderov 3 ta (100%), Ruben Sanches 1 ta (100%), Bilolxon Toshmirzaev 2 ta (100%), Levan Arveladze 2 ta (100%), SHerzod Esanov 1 ta (100%), Temurxo'ja Abduxoliqov 2 ta (100%), Mirjahon Mirahmadov 1 ta (100%), Mahmud Mahamadjonov 1 ta (100%).

10.Penaltidan gol ura olmagan futbolchilar - SHarof Muhitdinov, Irakli Ruhadze, Sanjar Tursunov, SHohruh Abdurahmonov, Husayn Norchaev 1 ta.

11.Superligada eng ko'p quruq uchrashuv o'tkazgan darvozabon - Abduvohid Nematov 14 ta. 

12.Feyr-pley - "Qizilqum". Navoiy jamoasi futbolchilari bu mavsum biror marotaba to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka bilan jazolanmadilar. 

13.To'g'ridan-to'g'ri eng ko'p qizil kartochka bilan jazolangan jamoa - "Bunyodkor" 6 marotaba.

14.Eng ko'p sariq kartochka - "Neftchi" 58 ta. 

15.Jamoa foydasiga penalti - "Navbahor" 9 ta.

16.Jamoa zarariga penalti - "Dinamo" 10 ta.

17.O'z tarbiyalanuvchilariga eng ko'p tayangan jamoa - "Nasaf" 16 ta, "Paxtakor" 15 ta, "So'g'diyona" 8 ta.

18.Muxlislar tashrifi bo'yicha rekord - "Bobur Arena" har bir uchrashuvga o'rtacha 12 248 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.

19.Uyda eng ko'p g'alabaga erishgan jamoa - OKMK 9 g'alaba.

20.Uyda eng kam g'alabaga erishgan jamoa - "Lokomotiv" 2 ta g'alaba.

21.Mehmonda eng ko'p g'alaba qozongan jamoa - "Nasaf" va "So'g'diyona" 7 ta g'alaba.

22.2024 yil mehmonda eng kam g'alabaga erishgan jamoa "Qizilqum" va "Metallurg" bo'ldi (1 ta). Navoiy jamoasi 1-turda Toshkentda "Bunyodkor"ni yutgan bo'lsa, bekobodliklar oxirgi turda Qarshida "Nasaf"ni taslim qildi. 

23.Superligada eng ko'p durang "Metallurg"ga tegishli bo'ldi - 14 ta. 

24.Superligada gol urgan eng yoshi katta futbolchi - Sanjar Tursunov 37 yosh 4 oy 22 kunligida "Bunyodkor"ga gol urdi.

25.Superligada gol urgan eng yosh futbolchi - Sardorbek Hoshimov ("So'g'diyona") 17 yosh 10 oy 18 kunligida "Neftchi"ga gol urdi.

26.Ro'ziqul Berdiev faoliyatida ilk bor mavsumni chempionlik bilan yakunladi. Bu borada rekordchi Yuriy Sarkisyan hisoblanib, uning hisobida 5 ta chempionlik bor.

27.Superligada eng ko'p uchrashuvni boshqargan hakam - SHavkat Nasibullaev 17 ta o'yin 31 ta sariq, 3 ta qizil.

28.Eng uzun g'alabasiz seriya - "Metallurg" 18 ta o'yin.

29.Eng uzun mag'lubiyatsiz seriya - "Nasaf" 13 ta o'yin.

30.Eng uzun g'alabali seriya - "Nasaf" 7 ta o'yin.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика