So’nggi yangiliklar

17:53Бир қанча жамоалар "Челси" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 17:27"Ал Қодисия" ван Дейкни жалб қилмоқчи  0 16:59Рангник "Бавария"да ишлашдан бош тортди  1 16:35"Флуминенсе" Тиаго Силвага шартнома таклиф қилди  0 16:10"Бенфика" "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини сотиб олишни режалаштирмоқда  2 15:43Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси ОЧЛ ҳал қилувчи финал баҳсини бошқаради  10 15:24Япония терма жамоаси бош мураббийи: "Париж Олимпиадасига қитъа чемпионлари мақомида боришни мақсад қилганмиз"  7 15:20Жасур Жалолиддинов: "Олимпиадага чиқиш ҳақида ҳар куни ўйлардик"  1 15:03Тимур Кападзе Японияга қарши кечадиган финал учрашуви олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  17 14:44Япония ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални қабул қилувчи стадион ўйинга шай!  7 14:25Кападзе, Жалолиддинов ва Япония вакиллари Осиё Кубоги бош соврини билан суратга тушди  7 14:01Про лига. 6-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 13:37"Олимпик" иштирокидаги ўйин қолдирилди, "Пахтакор"нинг ўйини бошқа санага ўзгарди  5 13:12"Реал" ярим ҳимоячиси Саудия Арабистонидан тушган таклифни рад этди  13 12:47"Бавария" хавбеки Евро-2024да ўйнамаслиги мумкин  1

Superliga. 2023 yilning umumiy statistikasi Yangiliklar

Superliga. 2023 yilning umumiy statistikasi

2023 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

Maydonga tushgan eng yosh futbolchi - Ibrohim To'raqulov ("So'g'diyona"). Superliganing so'nggi turidan o'rin olgan "Surxon" bilan o'yinning 90-daqiqasida jizzaxliklar safida Ibrohim To'raqulov 16 yosh, 212 kunligida maydonga tushdi. 

Superligada gol urgan va assist amalga oshirgan eng yosh futbolchi - Asilbek Jumaev ("Surxon"). Superliganing kashfiyotlaridan biri bo'lgan Asilbek Jumaev bu yil gol urgan eng yosh futbolchi sifatida qayd etildi. 7-turda "Bunyodkor"ga qarshi kechgan o'yinda Jumaev 18 yosh 26 kunligida raqib darvozasini ishg'ol qilishga erishdi. Iqtidorli yosh futbolchi Superligada 23ta o'yinda qatnashdi va 2ta gol, 2ta assist qayd etdi. 

Superligada maydonga tushgan, gol urgan va assist amalga oshirgan eng yoshi katta futbolchi - Jasur Hasanov. "So'g'diyona"ning eng tajribali futbolchisi Jasur Hasanov 2-turda "Olimpik" darvozasini ishg'ol qildi. SHu tariqa yarim himoyachi Superligada gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. SHuningdek, Jasur Hasanov assist amalga oshirgan (39,299 yosh) va maydonga tushgan (40,85 yosh) eng yoshi katta futbolchi ham bo'ldi. Hasanov 16ta o'yinda ishtirok etdi va 1ta gol, 2ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. 

Superligada sariq kartochka olgan eng yoshi kichik futbolchi - Ravshan Xayrullaev ("Turon"). Bekobodliklar tarkibida mavsumni boshlagan Xayrullaev ikkinchi davrani "Turon"da o'tkazdi. 23-tur doirasida o'tkazilgan "So'g'diyona"ga qarshi o'yining 90+1 daqiqasida 18 yosh 65 kunligida hakam tomonidan ogohlantirildi. Xayrullaev yaypanliklar tarkibida 6ta o'yinda maydonga tushdi. 

Superligada sariq kartochka olgan eng yoshi katta futbolchi - Anzur Ismoilov (OKMK). 38 yoshda Superligada javlon urayotgan Anzur Ismoilov hakam tomonidan sariq kartochaga loyiq ko'rilgan eng yoshi katta futbolchi bo'ldi. Himoyachi 38 yosh 173 kunligida mehmonda "Qizilqum" bilan o'yinning 88-daqiqasida ogohlantirildi. Anzur Ismoilov OKMK libosida Superligada 21ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urdi. 

Superligada qizil kartochka olgan eng yoshi kichik futbolchi - Mahmud Jo'raboev ("Buxoro"). "Nasaf" tarbiyalanuvchisi Mahmud Jo'raboev mavsumning ikkinchi qismini Buxoroda o'tkazdi. Hujumchi 18 yosh 280 kunligida qizil kartochka ishlab oldi va joriy mavsumda maydondan chetlatilgan eng yosh futbolchi sifatida tarixdan joy oldi. Superliganing 22-turida "Metallurg"ga qarshi o'yinning 39-daqiqasida Jo'raboevga qizil kartochka ko'rsatildi. 

Superligada qizil kartochka olgan eng yoshi katta futbolchi - Sanjar Tursunov (OKMK). O'tgan 4 yil davomida OKMKning etakchisi va sardori bo'lib kelgan Sanjar Tursunov Superliganing oxirgi turida "Nasaf" bilan o'yinda maydondan chetlatildi. Bu holat Tursunov 36 yosh 337 kunligida yuz berdi. 

Superliganing avtogollari

SHukron Yuldashev ("Olimpik")

Anri CHichinadze ("Turon")

SHahboz Jo'rabekov ("Navbahor")

Stanislav Andreev ("So'g'diyona")

Marko Kolakovich ("So'g'diyona")

Artyom Potapov ("Surxon")

Superliga debyutantlari

Ibrohim To'raqulov ("So'g'diyona") 16 yosh, 6 oy, 28 kun

Ozodbek Ergashev ("Qizilqum") 17 yosh, 2 oy, 13 kun

Ro'ziboy Fayzullaev ("Metallurg") 17 yosh, 11 oy, 13 kun

Ravshan Xayrullaev ("Turon") 17 yosh 4 kun

Asilbek Jumaev ("Surxon") 18 yosh 6 kun

Ulug'bek Kenjaev ("So'g'diyona") 18 yosh, 1 oy, 27 kun

Nurlan Ibraimov ("Paxtakor") 18 yosh, 3 oy, 2 kun

Abdulhafizxon Nosirxonov ("Turon") 18 yosh, 3 oy, 15 kun

Akmal Muzaffarov ("Qizilqum") 18 yosh, 4 oy, 20 kun 

Saidumarxon Saidnurullaev ("Paxtakor") 18 yosh, 6 oy, 7 kun 

Javohir Ro'ziev ("Buxoro") 18 yosh, 6 oy, 16 kun

Amir To'raqulov ("Bunyodkor") 18 yosh, 7 oy, 6 kun

Sohib Muhammadiev ("Buxoro") 18 yosh, 8 oy, 4 kun

G'iyosjon Ro'ziqulov ("Qizilqum") 18 yosh, 9 oy, 11 kun

Muhammadali Usmonov ("Paxtakor") 18 yosh, 10 oy, 11 kun

Murodali Usmonov ("Qizilqum") 18 yosh, 10 oy, 24 kun

Otabek Ahadov ("So'g'diyona") 18 yosh,11 oy

Miraziz Muhammadiev ("Turon") 18 yosh, 11 oy, 2 kun

Samandar Sindorov ("So'g'diyona") 18 yosh, 11 oy, 3 kun 

Asadbek Rahimjonov ("Olimpik") 19 yosh 14 kun

Azizjon Ahrorov ("Nasaf") 19 yosh, 1 oy, 15 kun

Doston Tursunov ("Qizilqum") 19 yosh, 1 oy, 23 kun

Nodirjon Soyibov ("So'g'diyona") 19 yosh, 2 oy, 17 kun

Boshqa statistikalar

Eng ko'p penalti tepgan futbolchi: Xurshid G'iyosov (OKMK) 7 ta

Penaltidan eng ko'p gol urgan futbolchi: Xurshid G'iyosov (OKMK) 6 ta

Penaltidan eng ko'p gol ura olmagan futbolchi: Islom Kenjaboev 2 tadan

Eng ko'p ko'p penalti qaytargan darvozabon: Suhrob Sultonov ("Bunyodkor") 5tadan 3ta, Sanjar Quvvatov ("Paxtakor") 8tadan 3ta penaltini qaytargan

Eng ko'p qizil kartochka olgan jamoa: "Qizilqum" – 8ta

 Eng kam qizil kartochka olgan jamoa: "Bunyodkor" 2ta

Eng ko'p penalti tepgan jamoa: OKMK - 9ta

Darvozasiga eng ko'p penalti belgilangan jamoa: "Qizilqum"- 11ta

 Darvozasiga eng kam penalti belgilangan jamoa: "Neftchi", "Nasaf", "Navbahor" 2ta

Eng ko'p sariq kartochka olgan futbolchi: Jasur Jaloliddinov– 11ta.

– Eng ko'p qizil kartochka olgan futbolchilar: Sanjar Tursunov (OKMK) va SHahzod Azmiddinov ("Paxtakor"), Murodbek Rahmatov, Ifeani Ifeani ("Qizilqum") – 2tadan.

– Eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa: "Buxoro" 61ta

– Eng kam sariq kartochka olgan jamoa: "Surxon" – 42ta

– O'yinchilarining o'rtacha yoshi eng kichik bo'lgan jamoa: "Olimpik" (21,2 yosh)

O'yinchilarining o'rtacha yoshi eng katta bo'lgan jamoa: OKMK (29,2 yosh), "Neftchi" (28,6), "Navbahor" (27,9)

– Eng ko'p to'p kiritgan jamoa: "Navbahor" 44ta.

– Maydonda eng ko'p harakat qilgan futbolchilar: O'tkir Yusupov va Igor Golban ( ("Navbahor") – 26 o'yin 2340 daqiqa (barcha o'yinlarda o'zgarishsiz).

– Eng kam to'p kiritgan jamoa: "Buxoro" 12ta.

 Eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa: "Turon" 41ta.

– Eng kam to'p o'tkazib yuborgan jamoa: "Nasaf" 16ta.

– Eng ko'p yutgan jamoa: "Paxtakor" 16ta g'alaba

– Eng kam yutgan jamoa: "Turon" 3ta g'alaba

– Eng ko'p durang o'ynagan jamoa: "Neftchi" 12 bor murosa ko'chasini tanlagan

– Eng kam durang qayd etgan jamoa: "Andijon" 4 bor durang o'ynagan

– Eng ko'p mag'lubiyatga uchragan jamoa: "Buxoro" 19 mag'lubiyat

– Eng kam mag'lubiyatga uchragan jamoa: "Neftchi" 3ta mag'lubiyat

– Uyda eng ko'p yutgan jamoa: "Navbahor" 9ta g'alaba

– Uyda eng kam yutgan jamoa: "Buxoro", "Turon" 2ta g'alaba

– Mehmonda eng ko'p yutgan jamoa: "Paxtakor" g'alaba

– Mehmonda eng kam yutgan jamoa: "Turon", "Qizilqum" 1ta g'alaba

– Mehmonda eng ko'p yutqazgan jamoa: "Buxoro" 10ta mag'lubiyat

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика