So’nggi yangiliklar

21:15ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон 2:3  0 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Марказий Осиё дербисида Ўзбекистон камбэк қайд этди ва гуруҳда пешқадамга айланди  457 20:05"Ювентус" ярим ҳимоячиси билан хайрлашишга тайёр  1 19:33ЖЧ-2026 саралаши. КХДР ва Қатар муроса кўчасини танлашди  60 19:28ЖЧ-2026 саралаши. 70 дақиқадан кўпроқ вақт камчиликда ўйнаган Саудия Арабистони ғалабага эришди   2 19:05ЖЧ-2026 саралаши. Австралия яна юта олмади  6 18:31Футзал. Таиланд терма жамоаси Бухорога етиб келди  0 17:52Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси ФИФА Жаҳон чемпионатидаги иштирокини бошлади  5 17:35ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон: Асосий таркибимиз маълум  54 17:23Долен Омурзаков номидаги стадион Қирғизистон - Ўзбекистон учрашувини қабул қилишга тайёр  2 17:05Ўзбекистон ва Қирғизистон терма жамоалари ўзаро ўйинлар тарихи  0 16:52Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувига мезбонлик қилаётган Бишкек шаҳрида тартибни 3 минг полициячи назорат қилмоқда  5 15:56Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувини кимлар шарҳлайди?  18 15:35⚡️Мундиаль юлдузлари дастхати туширилган тўпларни ютиб олинг!  0 15:05Тен Хаг "Аякс"дан келган шогирдини қўйиб юборгиси келмаяпти  3

Superliga-2021. Barchasi murabbiylar haqida (1-qism) Yangiliklar

Superliga-2021. Barchasi murabbiylar haqida (1-qism)

Joriy yilgi Superliganing barcha 14 jamoasi o'z murabbiylari boshchiligida yangi mavsumga tayyorgarlik olib bormoqda.

Biz esa chempionat startidan avval 14 nafar murabbiy haqida fikr yuritishni lozim deb topdik.


Bosh murabbiy: Piter Xyuistra 

Klubi: "Paxtakor" 

Tug'ilgan sanasi: 18.01.1967

Fuqaroligi: Niderlandiya

Ortda qolgan davr mobaynida "Paxtakor"ni Osiyoning raqobatbardosh jamoasiga aylantirgan SHota Arveladze bu yildan etiboran bosh murabbiylik postini yordamchisi, niderlandiyalik Piter Xyuistraga topshirdi.  1967 yilda tug'ilgan ushbu mutaxassis bunga qadar bosh murabbiy lavozimida Niderlandiyaning "Groningen" (yoshlar) "Yong Ayaks", "Groningen", "De Grafsxap" hamda Indoneziyaning "Madura Yunayted" klublarida faoliyat olib borgan. "Paxtakor" uning bosh murabbiyligidagi oltinchi jamoa hisoblanadi. 3,5 yil ichida SHota Arveldaze bilan birga qator sovrinlarga ega chiqqan Xyuistra endilikda mustaqil o'zi bu ishni yana bir bor uddasidan chiqishga urinib ko'radi. Murabbiy yuqori pressingga asoslangan hujumkor uslubni yaxshi ko'radi. Bu yil ham "Paxtakor" futbolchilari ijrosida har bir uchrashuvda ochiq va hujumkor futbol guvohiga aylanamiz. Garchi uning falsafasiga mos keladigan Jaloliddin Masharipov, Doston Hamdamovlar jamoani tark etgan bo'lsada, yangi qo'shilganlar ketganlarning o'rnini bilintirmasligiga ishonaman. Sardor Rashidov, Aziz Turg'unboev kabi hujumkor vingerlar bilan Xyuistra bemalol o'zi istagan o'yinni yo'lga qo'ya oladi. Niderlandiyalik mutaxassis boshchiligidagi "sherlar" joriy mavsumda chempionlik yo'lida yaqqol favorit sifatida tilga olishimiz mumkin. 


Bosh murabbiy: Ro'ziqul Berdiev

Klubi: "Nasaf"

Tug'ilgan sanasi: 22.10.1971

Fuqaroligi: O'zbekiston

Mana bir necha yildirki, qanday tarkib bo'lmasin, qanday vaziyat yuzaga kelmasin barqarorlikni saqlab qolishni uddasidan chiqayotgan "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev bu yil ham barchaga bosh og'riq bo'lishi kutilmoqda. Futbolchilik faoliyatida ham jamoaga sodiqligini ko'rsata olgan Ro'ziqul Sadullaevich murabbiylikda ham buni isbotlamoqda. 2012 yildan boshlab "ajdarlar"ga ustozlik qilib kelayotgan mutaxassis mana shu davr ichida O'zbekiston kubogi, mamlakat Superkubogi, chempionatda bronza va kumush medallariga ega chiqdi. 2018, 2019 yilgi mavsumlarda medallardan chetda qolgan jamoa o'tgan mavsumda yana sovrindorlar safiga qaytdi va ikkinchi o'rinni o'ziniki qildi. Bunda joriy yilda yubiley 50 yoshni qarshi oladigan Ro'ziqul Berdievning hissasi katta bo'ldi. "Nasaf" o'z uslubini o'zgartirmagan holda bu mavsum yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoalarga raqobat tug'dira olishi shubhasiz.



Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov

Klubi: AGMK 

Tug'ilgan sanasi: 17.09.1970

Fuqaroligi: O'zbekiston

Odatda faoliyat olib borgan jamoalarida sovrin yutishga odatlangan Mirjalol Qosimov bu ananani AGMKda ham davom ettirdi. Olmaliqliklar 2020 yilgi mavsum yangi tarix yarata oldi va bronza medallariga ega chiqdi. 51 yoshlik mutaxassis jamoadagi ilk yilida biroz qiynalganiga qaramay o'yinni to'g'ri yo'lga qo'ya oldi va jamoani medallar uchun kurashadigan holatga keltirdi. Qaysidir manoda g'oliblik ruhini singdira oldi. Qishki transferlar oynasi vaqtida tarkibga bir nechta tajribali va mahoratli ijrochilarni qo'shib olganidan ushbu mavsumda AGMKning chempionlik uchun kurashishini kutib qolamiz. Moliyaviy tomondan ham boshqa jamoalarga qaraganda ancha barqaror bo'lgan «konchilar» tarkib jihatdan qisman «Paxtakor»ga tenglashib oldi. Demak, AGMKning hozirgi harakatidan bilish mumkinki, oltin medal uchun bu yil raqobat ancha jiddiy kechadi.  «Bunyodkor» bilan bir necha bor chempionlik va kubokda g'olib chiqqan, ikki bor OCHL yarim finaliga etib borgan Mirjalol Qosimov AGMKda ham bu ishni qila olishiga ishonchimiz komil. Zero, maestro tabiri bilan aytganda bronza medal endilikda muxlislarni va rahbariyatni qoniqtirmaydi.  


Murabbiy: Marat Miftaxutdinov

Klubi: "Bunyodkor"

Tug'ilgan sanasi:  02.01.1962

Fuqaroligi: O'zbekiston

Vadim Abramov bundan buyon bor etiborini milliy terma jamoaga qaratishni boshlagach "Bunyodkor"ni Marat Miftaxutdinov va SHuhrat Maqsudov juftligi boshqarmoqda. Garchi hozirgacha bosh murabbiy nomi rasman elon qilinmagan bo'lsada, aksariyat hollarda Marat Valentinovich murabbiy sifatida ko'rsatilmoqda. Bungacha asosan Vadim Abramovga "Lokomotiv", "Neftchi" jamoalarida yordamchi vazifasini bajargan. SHuningdek malum vaqt "Mashal" jamoasida faoliyat olib borgan. Yana bir malumot Marat Miftaxutdinov hozirda 59 yosh bilan chempionatimizdagi eng yoshi katta murabbiylar qatorini boshqarib turibdi. Jamoaning ayni paytdagi tarkibini yomon, deb bo'lmaydi. Tarkibning o'zagi saqlanib qolingan. SHuningdek bir necha futbolchilar ham kelib qo'shildi. Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov, Abdumavlon Abdujalilovlarni o'rni bilinmaydi, deb o'ylayman. CHunki, ularning o'rniga kelgan futbolchilar ham yaxshi saviyada. Bu esa murabbiylik faoliyatida mustaqil qadam qo'yayotgan Marat Miftaxutdinovga bir muncha engillik beradi. Agarda tarkib butunlay yangilanganida balki qiyin bo'lardi. "Qaldirg'ochlar" hech qachon, hattoki juda qiyin paytda ham quyi o'rinlarni egallamagan. Demak, mazkur yil ham ular sovrinli o'rinlar uchun kurashishadi. "Bunyodkor"ning o'ziga xos ananasi, qadriyatlari borligini unutmaslik lozim. 


Bosh murabbiy: Baxtiyor Ashurmatov

Klubi: "Qo'qon-1912"

Tug'ilgan sanasi: 25.03.1976

Fuqaroligi: O'zbekiston

Faoliyat olib borgan jamoalarida etarlicha vaqt berilmasligi va ishonchsizlikdan aziyat chekgan Baxtiyor Ashurmatov "Qo'qon-1912"da ana shu etishmayotgan omillarni topa oldi. Natijada bu murabbiyning muvaffaqiyat kaliti bo'la oldi. Elitaga qaytganidan beri ligada jon saqlab qolish uchun kurashgan qo'qonliklar Baxtiyor Ashurmatov davriga kelib yuqori o'rinlarni egallaydigan, etakchilarga raqobat tug'dira oladigan jamoaga aylandi. Jamoa bu yil ham o'tgan mavsumdagidan kam bo'lmagan natijaga intilishlari tabiiy. Har holda murabbiy ham jamoaga, futbolchilar esa murabbiyning uslubiga ancha moslashib ulgurdi. Quvondiq Ro'zievning ketishi esa Baxtyor Azamovichni tashvishlantirmasa kerak. Uning o'rnini mutaxassis mahalliy ijrochilar bilan to'ldirishiga ishonaman. Menimcha, "Qo'qon-1912" safida Anvar Hojimirzaev va Asadbek Sobirjonov Ashurmatovning topilmalaridan biri bo'ladi. 44 yoshli murabbiy AGMK bilan 2018 yil mamlakat kubogida g'olib chiqqan. Muxlislar Qo'qonda ham ana shunday tarix yaratilishini kutib qolishadi.


Bosh murabbiy: Andrey SHipilov

Klubi: "Metallurg"

Tug'ilgan sanasi: 23.03.1971

Fuqaroligi: O'zbekiston

Bekobodning "Metallurg" jamoasi 2018 yil Andrey SHipilov boshqaruviga o'tgach ancha barqaror natija qayd etib kelmoqda. Dastlabki ikki yilda kuchli beshlikdan o'rin olgan jamoa o'tgan mavsumda ettinchi pog'onadan o'rin egalladi. Natijalar yaxshilanish barobarida mahalliy yoshlarga, o'rinbosarlar jamoasiga etibor kuchaytirildi. Bunga qadar "Paxtakor", O'zbekiston milliy terma jamoasida Samvel Babayaning shtabida ishlagan qilgan SHipilovning mustaqil murabbiylik faoliyati chakki ketayotgani yo'q. "Metallurg" qishki transferlar oynasi vaqtida tarkibini sezilarli kuchaytirishga erishdi. Evgeniy Makeev, Nikita Pavlenko, Ivan Nagaev, SHahzod Nurmatov kabi futbolchilar qo'shib olindi. Andrey SHipilov jamoasining bu yilgi maqsadlari haqida shunday deydi: "Medallar uchun kurashishimiz haqida biror narsa deya olmayman. Bilasiz, ko'p narsa moliyaviy holatga bog'liq. Bizda byudjetimiz o'rtacha. Har qanday holatda ham kuchli beshlikka kirishga harakat qilamiz. Avvalgi yillarda 3-4 o'rinni egallagan jamoalar bilan ochkolarimiz o'rtasida katta farq bo'lmagandi. Qo'l ostimda oldiga maqsad qo'ygan yigitlar jamlangan",- deydi 49 yoshli Andrey SHipilov.


Bosh murabbiy: Ulug'bek Baqoev

Klubi: "So'g'diyona"

Tug'ilgan sanasi: 28.11.1978

Fuqaroligi: O'zbekiston

Odatda quyi o'rinlarda yuradigan "So'g'diyona" Ulug'bek Baqoev murabbiyligidagi so'nggi ikki mavsumda tepa va o'rta o'rinlarni egalladi. 2019 yilning may oyida jamoani qabul qilib olgan Baqoev o'sha yili bronza medallarini qo'lga kiritishga juda yaqin kelgandi. Keyingi mavsumda esa ikki pog'ona pastladi va oltinchi o'rinni egalladi. Bundan avval "Buxoro"da ham kurashuvchan jamoa tuza olgan 42 yoshli murabbiy muxlislarning mehrini qozonib ulgurgandi. Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan ko'hna shahar klubi bilan Superligada oltinchi va ettinchi o'rinlarni zabt etgandi. Jamoa qishki transferlar oynasi vaqtida u qadar faol bo'layotgani yo'q. SHunga qaramay Baqoev o'z jamoasini yuqori o'rinlar sari etaklay olishini taxmin qilamiz. 


Davomi bor. Bizni kuzatishda davom eting!

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика