Superliga-2020ga qachon qura tashlanishi malum bo'ldi
05 fev 2020 11:13
Yangiliklar


Superliga-2020ga qachon qura tashlanishi malum bo'ldi
PFL 2020 yilgi Superliga bahslariga 28 fevral kuni start berilishi haqida xabar bergan edi.
Ammo, shu kunga qadar yangi mavsumga qachon qura tashlanishi nomalumligicha qolayotgandi.
Superligada yangi mavsum boshlanishiga 30 kun qoldi. Qura qachon bo'lishi hamon nomalum
"Sport" telekanalining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntida malum qilinishicha, 2020-yil 8 fevral kuni Toshkent shahrida joylashgan "Bunyodkor" stadionida futbol bo'yicha 2020 yilgi Superliga mavsumiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. O'z navbatida, "Sport TV" ana shu jarayonni jonli efirda namoyish etadi.
Malumot uchun, 2019 yilgi Superliga bahslariga 25 fevral kuni qura tashlangan va mavsum 8 mart kuni chempionat boshlangan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar