So’nggi yangiliklar

23:23 Хосе Венансио Лопес: "Эронга қарши баҳс жуда қийин ва мураккаб бўлиши аниқ, бироқ биз ўз потенциалимизга ишонамиз"  2 23:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" – "Шеффилд Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  3 23:12АПЛ. "Эвертон" – "Ливерпуль". Таркиблар аниқ!   1 22:50"Барселона" ва Хави ўртасида музокаралар ўтказилди. Лапорта мураббийни олиб қолмоқчи  2 22:28Эрлинг Холанд "Сити"нинг АПЛдаги ўйинини ўтказиб юборади. Гвардиола буни тасдиқлади  1 22:05Перес "Эл Класико"дан олдин ҳакамларнинг ёнига бориб, улар билан саломлашган. "Барса" ўйинчилари бу ҳолатнинг гувоҳи бўлишган  19 21:45МЮнинг тен Хаг даврида амалга оширган трансферлари рейтинги тузилди – Антони охирги ўринда, Онана эса...  3 21:20Ральф Рангник "Бавария" у билан боғланганини тасдиқлади  1 20:55Футзал. Ўзбекистон Вьетнам устидан камбэк амалга оширди ва ярим финалга йўлланма олди  64 20:31ОЧЛ. "Йокогама" пенальтилар сериясида "Ульсан Хюндай"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди!   3 20:22Оливье Жиру "Лос Анжелес" билан шартнома имзолагани маълум бўлди  2 19:30Тарихда илк бор Жаҳон чемпионатида Марказий Осиёдан 2 та терма жамоа иштирок этади  26 18:57Футзал. Таиланд чорак финалда Ироқни таслим қилди. Ярим финалдаги рақиб - Тожикистон  4 18:33Мбаппе ПСЖдан кетиши оқибатида 130 млн евродан воз кечиши мумкин  4 17:35"Спартак" собиқ устози "Милан"ни бош мураббийлигига асосий номзод   2

Superliga-2019. Mavsumning yakuniy statistikasi Yangiliklar

Superliga-2019. Mavsumning yakuniy statistikasi

2019 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

Bu mavsumda 182ta o'yin o'tkazildi. Darvozalarga 457ta to'p kiritildi (o'rtacha har bir o'yinga 2,51tadan to'p to'g'ri keladi).

«Lokomotiv» o'z maydonda mag'lub bo'lmagan yagona klub bo'ldi. «Dinamo» safarda faqat bir marta g'alabaga erishdi.

«Lokomotiv» va «Surxon» o'z maydonida darvozasidan eng kam to'p o'tkazib yuborishdi – 6tadan. «Qo'qon-1912» esa o'z maydonida darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yubordi – 20ta.

«Paxtakor» safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng kam – 6ta gol o'tkazib yuborgan. «Qizilqum» safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng ko'p – 30ta to'p olib chiqqan.


«Paxtakor» o'z maydonida eng ko'p gol urgan – 44ta. «Buxoro» o'z uyida eng kam 7ta gol urdi.

«Paxtakor» safar uchrashuvlarida ham eng ko'p to'p kiritdi – 31ta. «Andijon» safar uchrashuvlarida eng kam to'p kiritdi – 9ta.

«Paxtakor» o'z maydonida eng ko'p ochkoni qo'lga kiritdi – 34ta. «Buxoro» o'z maydonida eng kam ochko yig'di – 12ta.

Safar uchrashuvlarida «sherlar» eng ko'p ochkoni qo'lga kiritishgan – 35ta. «Dinamo» safar uchrashuvlarida eng kam ochkoni qo'lga kiritgan – 6ta.

Superligada urilgan 457ta goldan 267tasi (58,42%) mezbonlar, 190 (41,58%) mehmonlar hisobiga yozildi.


Bo'lib o'tgan 182 uchrashuvning 81tasida (44,51%) maydon egalari, 49tasida (26,92%) mehmonlar zafar quchishgan. 52 o'yinda (28,57%) esa tomonlar murosa ko'chasini tanlaganlar.

Mavsum davomida futbolchilar jami 692 bor sariq kartochka bilan jazolandilar (o'rtacha har bir o'yinga 3,8tadan kartochka to'g'ri keladi). 19 marta futbolchilarga qizil kartochka ko'rsatildi (o'rtacha har bir o'yinga 0,1tadan chetlatish to'g'ri keladi).

Uchrashuv hakamlari 60 marta 11 metrlik belgini ko'rsatishdi. 51 holatda (85%) to'p darvozaga kiritildi. 9 vaziyatda esa to'p darvozaga “kirishni” xohlamadi.

CHempionatda 11ta avtogol qayd etildi. Vladimir Kozak («Paxtakor»), Yovan Jokich («Lokomotiv»), Mirkomil Loqaev («Dinamo»), Bobur Qosimov («Dinamo»), Boburbek Yuldashev (AGMK), Abbos Otaxonov («Metallurg»), Ildar Mamatkazin («Andijon») va Islom Qobilov («Metallurg») o'z darvozalariga to'p kiritib qo'yishdi.

Mavsum davomida 41ta dubl qayd etildi. 25 futbolchi bir uchrashuvda ikki marta gol urdi. Dragan CHeran («Paxtakor») 5 marta, Xurshid G'iyosov («Bunyodkor») va Igor Sergeev ("Paxtakor") 4 martadan, Humoyun Murtozaev («Nasaf») hamda Marat Bikmaev («Paxtakor») 3 martadan dublga erishishdi.


2019 yilgi Superligada to'rt marta xet-trik kuzatildi. Dragan CHearn («Paxtakor») bunday natijaga ikkita o'yinda erishgan yagona futbolchi bo'ldi. Zafar Polvonov (AGMK) va Igor Sergeev («Paxtakor») bu mavsumda bir martadan xet-trik qayd etishdi.

Bu mavsum bir futbolchi bitta o'yinda beshta gol urishga muvaffaq bo'ldi. AGMK hujumchisi Zafar Polvonov "Qo'qon-1912" bilan bahsda raqiblari darvozasiga beshta to'p kiritib penta-trik qayd etdi.

Bellashuvlarini jami 1008399 muxlis bevosita o'yingohlarda tomosha qildi. (O'rtacha har bir o'yinga 5541 to'g'ri keladi).

Eng ko'p tomoshabin «Navbahor» – «So'g'diyona» uchrashuviga tashrif buyurdi – 25727. Eng kam tomoshabin esa AGMK – «Qizilqum» uchrashuviga tashrif buyurgan – 246 nafar.

Muxlislar to'plash borasida xuddi o'tgan yilgidek «Navbahor» jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi. Ushbu jamoa ishtirokidagi 26ta o'yinga jami 202940 tomoshabin keldi. «Paxtakor» 197680 ko'rsatkich bilan ikkinchi bo'ldi. «Nasaf» esa 196582 natija bilan uchinchi o'rinni band etdi. Olmaliqning AGMK klubi ishtirokidagi o'yinlarga esa eng kam tomoshabin kelgan – 96713.


«Navbahor» o'z maydonida ham eng ko'p ishqiboz to'plagan jamoa bo'ldi. Ushbu klub mezbonligi ostida o'tgan 13ta o'yinni jami 125954 tomoshabin kuzatdi. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 9689 tomoshabin keldi deganidir.

2019 yilgi O'zbekiston kubogi va liga kubogi finalchisi AGMK bu borada eng past ko'rsatkichga ega bo'ldi. Olmaliqliklarning uy o'yinlariga jami 29301 muxlis keldi. "Lokomotiv"da ham bu borada vaziyat quvonarli emas - 29326.

Safar o'yinlarida esa chempion «Paxtakor»ning muxlisi eng ko'p - 99895. Safarda muxlis to'plash borasida keyingi o'rinlarni quyidagi klublar egallashdi: «Nasaf» - 88468 va «Bunyodkor» - 84625. Safarda «Surxon»ning muxlislari eng oz – 51058.


CHempionatdagi 182 uchrashuvidan 25tasida yirik hisob qayd etildi. «Paxtakor» eng ko'p 10ta yirik hisobdagi g'alabaga erishdi. CHempionatning eng yirik hisobi «Paxtakor» – «Qizilqum» (hisob – 8:0, 12-tur) uchrashuvida qayd etildi.

Bo'lib o'tgan 182 uchrashuv 16 xil natija bilan yakunlandi. 1:0 hisobi eng ko'p – 34 marta, 2:1 – 32 marta, 1:1 – 27 marta, 2:0 – 19 marta, 3:1 – 16 marta, 0:0 – 15 marta, 3:0 va 2:2 – 10 martadan, 4:1 va 5:0 – 4 martadan, 3:2 va 4:0 – 3 martadan, 5:1 – 2 marta, 7:1, 8:0 va 4:2 – 1 martadan uchradi.


Superliga-2019 seriyalari

Eng uzun seriyalar – Jamoalar


G'alabali seriya – «Paxtakor» - 16 uchrashuv
Mag'lubiyatsiz seriya – «Paxtakor» - 24 uchrashuv
Durangli seriya – «Navbahor» va «Lokomotiv» - 4 uchrashuv
Durangsiz seriya – «Paxtakor» - 17 uchrashuv
G'alabasiz seriya – «Dinamo» - 12 uchrashuv
Mag'lubiyatli seriya – «Dinamo» - 12 uchrashuv
Golli seriya – «Paxtakor» - 21 uchrashuv
Golsiz seriya – «Buxoro» - 5 uchrashuv
Ketma-ket gol o'tkazish seriyasi – «Dinamo» - 17 uchrashuv
«Quruq» seriya – «Paxtakor», «So'g'diyona», «Surxon», «Navbahor», «Metallurg», «Lokomotiv» - 3 uchrashuv
Yirik g'alabali seriya - «Paxtakor» - 4 uchrashuv
Yirik mag'lubiyatli seriya – «Dinamo» - 3 uchrashuv
Yirik g'alabasiz seriya – «Qizilqum», «Andijon» va «Dinamo» - 26 uchrashuv
Yirik mag'lubiyatsiz seriya – «Paxtakor», «Navbahor», «Nasaf», «Metallurg» va «Lokomotiv» - 26 uchrashuv
CHetlatishli seriya - yo'q
CHetlatishsiz seriya – «Paxtakor», «Surxon», «Nasaf»- 26 uchrashuv


Eng uzun seriyalar – Futbolchilar

Golli seriya – Dragan CHeran («Paxtakor») 7 uchrashuv 12ta gol
Quruq seriya (darvozabon) – O'tkir Yusupov («Navbahor») 423 daqiqa.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика