So’nggi yangiliklar

00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  0 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  9 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  23 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  1 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0

Superliga-2018. Eng yosh va eng faxriy futbolchilar haqida Yangiliklar

Superliga-2018. Eng yosh va eng faxriy futbolchilar haqida

2018 yilgi Superliga yakunlari haqida statistik malumotlar berishda davom etamiz.

Bu mavsum maydonga tushgan eng yosh futbolchi "Bunyodkor" vakili Jasur Jaloliddinov bo'ldi. U 16 yosh 80 kunligida Superligada debyut qildi. "Neftchi" azosi Avazbek O'lmasaliev esa gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. "Navbahor" yarim himoyachi Oston O'runov sariq kartochka olgan eng yosh futbolchi bo'ldi. Yana bir "Neftchi" vakili Abror Ismoilov 20 yosh 122 kunligida maydondan chetlatilib, bu yil eng yosh qizil kartochka olgan o'yinchiga aylandi. 

"Neftchi" hujumchisi Anvar Berdiev 2018 yil Superligada maydonga tushgan va gol urgan eng yoshi katta futbolchi bo'ldi. "Bunyodkor" himoyachisi Anvar G'ofurov sariq kartochka, "Qizilqum" sardori Erkin Boydullaev qizil kartochka olgan eng yoshi katta o'yinchi bo'ldi. 


Jasur Jaloliddinov


– maydonga tushgan eng yosh futbolchi: Jasur Jaloliddinov («Bunyodkor», 16 yosh 80 kunligida)
– maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi: Anvar Berdiev («Neftchi», 40 yosh 202 kunligida)

Anvar Berdiev


– gol urgan eng yosh futbolchi: Avazbek O'lmasaliev («Neftchi») 18 yosh 178 kunligida)
– gol urgan eng yoshi katta futbolchi: Anvar Berdiev («Neftchi», 40 yosh 32 kunligida)

Oston O'runov


– sariq kartochka olgan eng yosh futbolchi: Oston O'runov («Navbahor») 17 yosh 121 kunligida)
– sariq kartochka olgan eng yoshi katta futbolchi: Anvar G'ofurov («Bunyodkor», 36 yosh 95 kunligida)

Erkin Boydullaev


– qizil kartochka olgan eng yosh futbolchi: Abror Ismoilov («Neftchi») 20 yosh 122 kunligida)
– qizil kartochka olgan eng yoshi katta futbolchi: Erkin Boydullaev («Qizilqum», 33 yosh 233 kunligida)



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика