So’nggi yangiliklar

18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  0 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  0 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   5 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  7 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0

Superliga. 15-tur laureatlari Yangiliklar

Superliga. 15-tur laureatlari

Kuni kecha Superliganing 15-turidan o'rin olgan o'yinlar yakunlandi.

Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Turon" klubi bu tur o'z maydonida "So'g'diyonag"ga qarshi o'ynadi va muhim g'alabaga erishdi. Yaypan klubi bu mavsum faqat bir marta mag'lub bo'lgan Jizzax klubini taslim eta oldi. SHu bois Igor SHkvirin championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Igor Anatolevich "Turon"ga kelganidan buyon 5ta o'yin o'tkazdi va 2ta g'alaba va 3ta durangga erishdi.



"Navbahor" bu tur o'z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qildi va kichik hisobda g'alaba qozondi - 1:0. Ushbu bahsda mezbonlar posboni O'tkir Yusupov juda yaxshi o'ynadi. U bellashuv davomida jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan saqlab qoldi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 15-turning eng yaxshi darvozaboni O'tkir Yusupov bo'ldi.  



Bu turda "Qizilqum" yarim himoyachisi Giorgi Kuxianidze "Qo'qon-1912" darvozasiga ajoyib gol urdi va tur goli muallifiga aylandi. 






"Bunyodkor" bu tur "Metallurg"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. SHu kuni "qaldirg'ochlar" safida Farruh Ikromov juda faol o'ynadi. Dastlab o'zi gol urdi, so'ngra sherigiga golli uzatma amalga oshirdi. SHu tariqa, Farruh Ikromov championat.asia talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.




O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика