Superliga. 13-tur laureatlari
02 avg 2021 13:51
Yangiliklar
Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.
"Lokomotiv" klubi bu tur o'z maydonida "Nasaf"ni qabul qildi va g'alabaga erishdi. "Temiryo'lchilar" ajoyib o'yin ko'rsatdi va uch ochkoga ega bo'ldi. SHu tufayli Mikael Sekeyra championat.asia sayti talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
AGMK bu tur Jizzaxda "So'g'diyona" bilan durang o'ynadi - 0:0. Ushbu bahsda mehmonlar posboni Valijon Rahimovning xizmati katta bo'ldi. U bellashuv davomida jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan saqlab qoldi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 13-turning eng yaxshi darvozaboni Valijon Rahimov bo'ldi.
Bu turda "Navbahor" yarim himoyachisi Azim Ahmedov jarima to'pidan "Qo'qon-1912" darvozasiga super gol urdi va tur goli muallifiga aylandi.
"Lokomotiv" bu tur "Nasaf"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. SHu kuni "temiryo'lchilar" safida Azizbek Amonov dublga erishdi va juda faol o'ynadi. SHu tariqa, Azizbek Amonov championat.asia talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga
Fikrlar