So’nggi yangiliklar

11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  1 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1

Superliga. 10-turda stadionga kelgan muxlislarga bepul Pepsi tarqatiladi Yangiliklar

Superliga. 10-turda stadionga kelgan muxlislarga bepul Pepsi tarqatiladi

Superliga uchrashuvlari tobora qizg'in tus olmoqda. Jamoalar har bir o'yinda g'alaba uchun astoyidil kurashishmoqda, bu esa uchrashuvlarni tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyurayotgan muxlislarga ham katta zavq bag'ishlayapti.

O'z o'rnida O'zbekiston futbol associaciyasi va Professional futbol ligasi rahbariyati stadionlarga yanada ko'proq futbol muxlislarini jalb qilish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.

Superliganing 10-turi o'ziga xos kichik yubiley tur hisoblanadi. Mana shu turda stadionlarda haqiqiy futbol bayrami tashkil qilish, muxlislarga yanada ko'proq qulayliklar yaratish maqsadida bir qator qiziqarli yangiliklar yo'lga qo'yiladi.

Jumladan, 10-turda o'yinlar bo'lib o'tadigan 6ta stadionning har birida o'yinni tomosha qilish uchun kelgan muxlislarga Superliga titul homiysi “PEPSI” kompaniyasi tomonidan bepul salqin ichimliklar tarqatiladi.

10-tur o'yinlari oldidan stadionlarda estradamiz yulduzlari ishtirokida qiziqarli shou-dasturlar namoyish qilinadi.


SHuningdek, stadionlarga oilaviy tashrif buyuradigan muxlislar va jajji bolakaylar uchun bir qator qiziqarli attrakcionlar, turli sovrinli o'yinlar tashkil qilinadi. Stadionlarda velosiped va roliklar ijarasi yo'lga qo'yilib, o'yin boshlangunga qadar muxlislar ulardan foydalanishlari mumkin bo'ladi.

O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan 10-turning har bir o'yiniga 2 mingtadan chiptalar bepul muxlislarga tarqatiladi.

Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionlarga kelgan muxlislar shu kuni mazza qilib hordiq chiqarishlari, vaqtlari chog' o'tkazib, qiziqarli kurashlarga boy chempionat o'yinlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyuring va o'zingizni sevimli jamoangizni qo'llab-quvvatlang!

Reyting: +74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика