So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  5 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  3 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  9 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  54

Superliga: 1-davra ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Superliga: 1-davra ramziy terma jamoasi

Superliganing birinchi davra ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Superliganing 1-davra o'yinlarida o'zining yorqin o'yinlari va samarali harakatlari bilan o'z jamoasi natijalariga yaxshi tarafdan tasir qilgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani etiboringizga havola etamiz.


Superligada ko'plab jamoalarimiz asosan hozirgi zamonaviy futbolda klassik taktik sxemaga aylangan 4-2-3-1ga asosan harakatlanadi. SHu boisdan ham birinchi davra ramziy terma jamoasini mazkur sxema asosida joylab chiqdik.


Darvozabon masalasida tanlov u qadar ko'p bo'lmadi. CHunki ko'plab jamoalarda bir qator kiperlar birinchi davra davomida ko'p almashtirildi. Nisbatan muntazam va barqaror o'ynagan darvozabonlar ichidan Javohir Ilyosov va O'tkir Yusupovni keltirish mumkin. Nisbatan yaxshi ko'rsatkich qayd etgan va ko'proq o'yin o'tkazgani hamda jamoasi yuqori o'rinda bo'lishida o'z hissasini ko'shgani uchun Javohir Ilyosov variantida to'xtaldik. 

O'ng qanot himoyasiga "Nasaf" vakili Dilshod Saitov nomzodini munosib ko'rdik. Dilshod Saitov birinchi davra mobaynida muntazam va barqaror o'yini evaziga etirofga loyiq ko'rildi. Saitov 13 o'yinda 4 ta gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. Nafaqat himoyada, balki hujumda ham samarador o'yin ko'rsatgan qanot vakilining to'rttala goli ham yakunda "Nasaf"ga muhim ochkolarni keltirgani bilan ham qadrli bo'ldi.


Markaziy himoyaga "Bunyodkor"dagi tajribali Anvar G'ofurov va "Paxtakor" vakili Egor Krimecni kiritdik. G'ofurov yosh "Bunyodkor" tarkibida To'raev bilan birgalikda yaxshi muvozanatni tiklab turgan bo'lsa, Krimec "Paxtakor" mudofaasida ishonchli o'yin ko'rsatmoqda.

CHap qanot himoyasiga "Paxtakor"dan Farruh Sayfiev varianti tanlandi. Sayfiev joriy mavsumni juda ko'tarinki ruhda va barqaror o'tkazmoqda. Sayfiev nafaqat himoyada, balki jamoasining hujumlariga qo'shilishda ham ancha faol o'ynadi.

Tayanch nuqtasida "Bunyodkor" yarim himoyachisi Lutfulla To'raevni munosib ko'rdik. Sababi, To'raev "Bunyodkor"ning ush tarkibini to'liq nazorat qilishda va o'yinni boshqarishda birinchi davrada barchada iliq taassurot qoldirdi. "Qaldirg'ochlar"ning o'yini aynan To'raev atrofida qurilayotgani va jamoa natijalari ham yaxshi bo'layotganida futbolchining xizmatlari beqiyos. SHu boisdan ham tayanch nuqtasiga Lutfulla To'raev qo'yildi.

"Surxon"ning haqiqiy etakchisiga aylangan SHavkat Salomov birinchi davrada yorqin o'yinlari bilan juda ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi. Termizliklarning muvaffaqiyatli o'yini aynan Salomovning harakatlariga bog'lanib qolgan. Uning birinchi davrada ko'rsatgan o'yini va ko'rsatkichlari ham fikrimizga tasdiq bo'ladi. SHu boisdan ham markaziy yarim himoyaga SHavkat Salomov nomzodi etirof etildi.

Qanot vingerlari ichidan ramziy terma jamoaga "Paxtakor"dan Jaloliddin Masharipov va "Navbahor" legioneri Ivan Solovyov loyiq ko'rildi. Masharipov va Solovyov jamoasi o'yinlarida asosiy figuralardan biriga aylanishgani hech kimga sir emas.

"Paxtakor" va "Navbahor"ning hujumdagi ijodkorligi aynan mazkur futbolchilarning harakatlariga bog'liq.  ham Masharipov va Solovyov eng yaxshi assistentlar ro'yxatida yuqori o'rinlarda bormoqda. SHu boisdan ham ular ramziy terma jamoaga kiritildi.

Hujumchi ortida ayni paytda chempionatimizdagi eng samarador va kuchli futbolchi bo'lib turgan serbiyalik legioner Dragan CHeranni qo'ydik. Superliga to'purarlar ro'yxatida katta farq bilan peshqadamlik qilayotgan CHeran "Paxtakor"da bo'lgani kabi hujumchi ortiga qo'yildi. 

Hujumda esa "Navbahor"da porlagan Aleksandr Kasyan tanlandi. Ajoyib o'yinlari va to'purarlar bahsida o'zining gollari bilan CHeranga raqobat tug'dirishga intilayotgan rossiyalik futbolchi "Navbahor"ning asosiy kuchiga aylangan. Superliganing birinchi davra uchrashuvlarida barqaror va samarador o'yin ko'rsatgan ushbu legioner ramziy terma jamoadan haqli ravishda o'rin oldi.


Superliga. 1-davra ramziy terma jamoasi (4-2-3-1)

Darvozabon: Javohir Ilyosov ("Lokomotiv") 13 o'yin, 7 quruq, -10

Himoyachilar: Dilshod Saitov ("Nasaf") 13 o'yin, 4 gol, Anvar G'ofurov ("Bunyodkor") 11 o'yin, Egor Krimec ("Paxtakor") 10 o'yin, 2 gol, Farruh Sayfiev ("Paxtakor") 11 o'yin, 1 golli uzatma

Markaziy yarim himoyachilar: Lutfulla To'raev ("Bunyodkor") 10 o'yin, 1 gol, 1 assist, SHavkat Salomov ("Surxon") 13 o'yin, 2 gol, 7 assist

Qanot vingerlari: Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") 13 o'yin, 2 gol, 9 assist, Ivan Solovyov ("Navbahor") 13 o'yin, 1 gol, 4 assist

Hujumchi ortida: Dragan CHeran ("Paxtakor") 13 o'yin, 15 gol, 1 assist

Hujumchi: Aleksandr Kasyan ("Navbahor") 13 o'yin, 9 gol


Birinchi davraning eng yaxshi murabbiyi — SHota Arveladze ("Paxtakor") 13 o'yin, 11 g'alaba va 2 durang


Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика