So’nggi yangiliklar

02:48Хави: "Ҳакамлар хатолари сабабли турнирдан чиқиб кетдик"  0 02:00ЕЧЛ. Иккита қизил карточка кўрсатилган ўйинда ПСЖ "Барселона"ни йирик ҳисобда енгиб, ярим финалга йўл олди  338 01:58ЕЧЛ. Жанговар кечган баҳсда "Боруссия" "Атлетико"ни мусобақадан чиқариб юборди  25 00:14Бразилияда футбол маскотига қизил карточка кўрсатилди  3 23:57Эден Азарнинг укаси 2024 йил бошқа майдонга туша олмайди  0 23:42Россия кубоги. Файзуллаев гол уриб, ЦСКА ғалабасига ҳисса қўшди  4 23:22Абдусамад Дўрмонов: "Футбол ўйнаётган жамоа ҳар доим юқори ўринлар учун ҳаракат қилиши керак"  2 22:42U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея ўйин сўнгида ғалабани илиб кетди, Таиланд эса Ироқни аяб ўтирмади  4 22:25Дмитрий Ким: "Чиғатой"нинг мақсади ёш иқтидорларни катта футболга муносиб тайёрлаш"  0 21:58"Барселона" мухлислари ПСЖ вакиллари яшаётган меҳмонхона яқинида мушакбозлик қилишди  13 21:31Улуғбек Бакаев: "Аввало гуруҳдан чиқиб олайлик"  3 21:06Наврўз Алимов: "Кучли жамоаларга қарши ўйинлар Биринчи лигада ёрдам беради"  2 20:30"Холматовнинг орзуси улкан нур ила қайноқ". Диёр Холматов U-23 Осиё кубоги олдидан ФИФАга интервью берди  18 20:23Ўзбекистон футзал терма жамоасининг асосий дарвозабони Осиё кубогини ўтказиб юборади  8 20:20U-23 Осиё кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган Япония Хитойни минимал ҳисобда енгди  0

Superkubokda kimlar o'ynashi kerak? 1-liga chempioniga u erda nima bor?! Yangiliklar

Superkubokda kimlar o'ynashi kerak? 1-liga chempioniga u erda nima bor?!

Avgust oyi oxirida mamlakatimizda futzal bo'yicha yangi mavsumga start beriladi.

Kecha, 11 avgust kuni O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev nomidan qator klublarga xat chiqarilgan.  Unga ko'ra, 29-31 avgust kunlari futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogi bahslarini o'tkazish nazarda tutilgan. Ha, siz to'g'ri o'qidingiz. Superkubok 3 kun davom etadi. Qanday qilib, axir Superkubok bitta o'yindan iborat bo'lmaydimi?, - deb o'zingizga savol bergandirsiz. Quyida shu masalaga to'xtalib o'tamiz.

Bu yilgi Superkubokda jami 6ta jamoa qatnashishi mumkin. SHu o'rinda PFL rasmiy saytidagi "Hujjatlar" bo'limidan "2022/2023 Futzal musobaqalari reglamenti"ga ko'z yugurtiramiz. Reglamentning 21.7 bandini to'lig'icha keltirib o'taman:

21.7. Yangi mavsum avvalida o'tgan mavsum natijalariga ko'ra O'zbekiston Oliy ligasida dastlabki to'rt o'rinni qo'lga kiritgan hamda Birinchi ligada dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar Superkubok uchun bahs olib boradi. 

Bunda uchrashuvlar uch bosqichda o'tkaziladi:

Oliy liganing 3-4 o'rinlaridan joy olgan jamoalar qura yordamida Birinchi liganing dastlabki ikki o'rnini egallagan jamoalarga qarshi ¼ final o'yinida zalga chiqadi;

• ¼ final g'oliblari qura yordamida Oliy liganing amaldagi g'olibi va vice-chempioni bilan ½ finalda zalga chiqadi;

½ final uchrashuvi g'oliblari Superkubok g'olibligi uchun kurash olib boradi.

Bunda o'tgan mavsum yakuniga ko'ra yaxshiroq natija qayd etgan jamoalar avtomatik ravishda mezbon maqomida bo'lishi inobatga olinadi.

Har bir bosqichda uchrashuvlarning asosiy vaqti durang bilan yakuniga etsa, Reglamentning 17.2-bandi ishga tushadi.

Ko'rib turganingizdek reglamentda bu yil Superkubokda 6ta jamoa qatnashishi ko'rsatib o'tilgan. Lekin, bu mantiqdan biroz yiroq. CHunki, Superkubokda odatda chempion va kubok sohibi bellashadi. Agar har ikki musobaqada ham bitta klub g'olib chiqqan bo'lsa, unda Superkubokda vice-chempion yoki kubok finalchisi o'ynaydi.

SHu o'rinda PFL saytida turgan "2021/2022 Futzal musobaqalari reglamenti"ga nazar tashlaymiz. Reglamentning 21.7 bandini to'lig'icha keltiraman:

21.7. Yangi mavsum avvalida O'zbekiston chempioni hamda O'zbekiston kubogi sohibi o'rtasida Superkubok uchrashuvi o'tkaziladi. Agar bir klub ham chempionlikni, ham O'zbekiston kubogini qo'lga kiritsa, u holda Superkubok uchrashuvida Oliy ligada dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoa o'zaro kurash olib boradi. Bunda:

• Superkubok uchrashuvi neytral maydonda bo'lib o'tadi; 

• Superkubokda mamlakat chempioni avtomatik ravishda mezbon maqomida bo'ladi;

• Superkubok uchrashuvlarining asosiy vaqti durang bilan yakuniga etsa, Reglamentning 17.2-bandi ishga tushadi.

O'tgan yilgi reglamentda hammasi joyida. Lekin, nega bu yil yangilik olib kirishmoqchi?

Keling endi o'tgan mavsum Oliy va Birinchi ligada dastlabki o'rinlarni egallagan jamoalarni keltirib o'taman:

Oliy liga 2021-2022

1. "Jizzax Kenteks"

2. AGMK

3. "Paxtakor"

4. "Lokomotiv"

Birinchi liga 2021-2022

1. BMB

2. "Oil Star"


Yuqoridagi 6 klubga bu yil Superkubokni shunday formatda o'tkazish bo'yicha fikrlarini so'rab murojaat qilingan. Har 6 tomon rozi bo'lsa Superkubok noodatiy formatda o'tadi. PFL bunda Osiyo chempionatiga tayyorlanayotgan O'zbekiston MTJ futbolchilari uchun tayyor o'yin amaliyoti bo'lishi mumkinligini ham keltirgan. Agar murabbiylar bu holat MTJ o'yinchilariga qo'shimcha zo'riqish deb topishsa, unda Superkubok chempion va kubok sohibi "Jizzax Kenteks" va mamlakat vice-chempioni AGMK o'rtasida o'tkazilishi mumkinligi keltirilgan.

Superkubok doim ikkita jamoa ishtirokida o'tishi va bitta o'yindan iborat bo'lishi lozim. To'g'ri, bu yil yanvar oyida Ispaniya Superkubogi 4 jamoa ishtirokida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tdi. Unda chempion ("Real"), vice-chempion ("Atletiko"), kubok sohibi ("Barselona") hamda kubok finalchisi ("Atletik") ishtirok etdi. Lekin, bu La Liga tomonidan kiritilgan yangilik bo'ldi. Katta ehtimol bilan bu marketing yurishi edi. Lekin, ularga boshqa yana kimdir ergashganini eslolmadim.

PFL shu formatda o'tkazishga rozimisizlar deb klublardan so'ragan. Tasavvur qilaylik Superkubok 2 emas, undan ko'proq jamoa ishtirokida o'tkaziladigan bo'ldi ham. Lekin, unda 1-liga g'olibi va ikkinchi o'rin sohibiga nima bor? Bu hech qanday mantiq va sport mezonlariga to'g'ri kelmaydi. 1-ligada chempion bo'lgan BMB bu mavsum juda katta transferlarga qo'l urdi va chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri. Agar Superkubokka qo'yilsa, unda ham g'olib bo'lish uchun asosiy ikkita nomzoddan biri bo'ladi. Tarkibga terma jamoaning qator futzalchilari olib kelindi. Lekin, har qanday holatda ham bu ularga Superkubokda ishtirok etish huquqi yoki imtiyozini bermasligi kerak.

Va terma jamoaning Osiyo chempionatiga tayyorgarligidan kelib chiqib Superkubok o'yinini umuman o'tkazmaslik ehtimoli ham juda xunuk holat bo'ladi. Terma jamoa tayyorgarligidan qati nazar futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogi uchun o'yin o'tkazilishi kerak. Unda amaldagi chempion va kubok sohibi "Jizzax Kenteks" hamda mamlakat vice-chempioni AGMK o'zaro bellashmog'i darkor. Tarkibini juda ham kuchaytirib olgan va oldiga katta maqsadlarni qo'yayotgan BMB esa Superkubokda o'ynash uchun avval ungacha bo'lgan yo'lni bosib o'tishi zarur. Yani, chempionlik va yoki kubokni yangi mavsumda qo'lga kiritsa, ana bemalol keyingi yil Superkubokda o'ynayveradi. Birinchi ligadan chiqqan jamoalarning Superkubokda o'ynashi esa hech bir mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Umid qilaman, PFL bu borada eng to'g'ri qarorni qabul qiladi.

Agar futzalchilar uchun ko'proq o'yin amaliyoti zarur bo'lsa mavsum starti oldidan o'rtoqlik turniri tashkil etish mumkin. Avvallari futzalda O'FA Kubogi bo'lardi va u mavsum starti oldidan o'tkazilinardi. SHunga o'xshash PFL Kubogini tashkil etsa bo'ladi. Bunda PFL kubogi mavsum oldidan qisqa muddatda o'tkaziladi va unda Oliy va Birinchi liga klublari uzoq mavsum oldidan futzalchilari va jamoa o'yinini sinovdan o'tkazib olaverishadi.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика