So’nggi yangiliklar

08:53Месси келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 08:25АПЛдаги мусулмон футболчилардан ташкил топган рамзий жамоа тузилди  0 07:56ОКМКнинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди  1 07:20Англия кубоги. Асенсионинг дубли «Астон Вилла»ни кейинги босқичга олиб чиқди, Рэшфорддан навбатдаги ассист  2 02:29Бундеслига. "Бавария" иродали ғалаба қайд этди  2 02:10Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср" мағлуб бўлди  24 00:44"Челси" ёзда дарвозабонини сотмайди  0 00:15"Реал" жаримага тортилди  27 23:50"Барселона" футболчиси "Палмейрас"га ўтди  2 23:20Антони АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин бўлганини айтди  3 22:31Аббосбек Файзуллаев "Бавария" қизиқишлари доирасида!  30 22:18Лео Месси: "Парижда бахтли эмасдим"  14 21:41Моуринью "Галатасарой"ни судга берди  0 21:14Пеп Гвардиола: "Кевин де Брюйнедан ташқари 30 ёшдан ошган барчанинг қолишини истайман"  3 20:46АПЛ ҳаками бир ярим йилга Европа футболидан четлатилди  4

Sunnatillo Abdurasulov: “Futbolchilarimiz Iroqqa jismonan yutqazgani ayni haqiqat” Yangiliklar

Sunnatillo Abdurasulov: “Futbolchilarimiz Iroqqa jismonan yutqazgani ayni haqiqat”

O'z vaqtida yoshlar va o'smirlar terma jamoasida Dilshod Nuralievga yaqindan yordam bergan Sunnatillo Abdurasulovni ham yoshlar bilan ishlash hadisini olgan murabbiylarga qatoriga qo'shish mumkin.

Iqtidorli murabbiy ayni damda birinchi liga ishtirokchisi “Lokomotiv-BFK”ni boshqarib kelmoqda. Yaqinda Abdurasulov bilan suhbatlashib, yoshlar terma jamoamizning Qatar maydonlaridagi o'yini xususida fikrlarini so'radik.

- Bilasizmi O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga qura juda noqulay keldi. O'lim guruhiga tushib qolgandik. Janubiy Koreyada doim yaxshi jamoa bo'lgan. Iroqni esa barcha ko'rdi, qanday shakllanganini. Albatta shunga qaramay xalkimiz futbolchilarimizdan olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishini kutgandi. Barchamiz bu borada yoshlar terma jamoamizga muxlislik qilib, Rioga borishni istagandik. Ammo istakning bir o'zi kamlik qilgandi. 

- Mag'lubiyatga uchralgan o'yinlarga to'xtaladigan bo'lsak, ilk uchrashuvda Janubiya Koreyaga o'yin borasida yutqazmadik nazarimda. Yigitlar yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ammo ayrim sabablarga ko'ra, yakunda uch ochkoni boy berdik. Menimcha shu uchrashuvda boshlang'ich tarkibni aniqlashda biroz xatolikka yo'l qo'yildi. Nima uchun aynan o'sha tarkib tushirilganini bizdan ko'ra, murabbiylar yaxshi biladi. Sababi ular futbolchilarning o'sha kungi xolatini juda yaxshi bilardi. Bahsdan so'ng ko'pchilik tarkib noto'g'ri tanlagani haqida gapira boshladi. Gap qaysi o'yinchilar haqida ketayotganini o'zingiz yaxshi tushunib turgan bo'lsangiz kerak. Ha, aynan Jamshid Iskanderov. Bu futbolchini yomonlash fikridan yiroqman. Uning qanday iqtidorga ega ekanligini yaxshi bilamiz. Bundan bir necha yil oldin Jamshid ajoyib o'yinlari bilan ko'pchilikni qoyil qoldirgandi. Ammo o'tgan yili uning jaroxatlar girdobiga tushib qolgani faoliyatida sezilarli ravishda pasayishni keltirib chiqardi. Osiyo chempionati o'yinlariga to'liq tayyor xolatda bormagani uchrashuvlar chog'ida bilinib qoldi. Bunday paytda futbolchi ruhiy jihatdan ham sinib qolishi hech gap emas. 


- Jamshid Boltaboev ham so'nggi deyarli 1,5 yildan buyon rasmiy o'yinlarda ko'rinish bermay qo'ygandi. Bu futbolchi bilan ilgari birga ishlagaman. Imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Ilk uchrashuvda asosiy tarkibda ko'rib, ochig'i hayron qolgandim. Lekin Boltaboev o'z ishini alo darajada bajardi. Unga shaxsan meni hech qanday etirozim yo'q. Jamshid bungacha asosan markaziy yarim himoyachi sifatida o'ynab kelayotgandi. Biroq murabbiy Janubiy Koreyaga qarshi bahsda uni o'ng qanot himoyasiga qo'ydi. Ikkinchi taymning o'rtalariga kelib esa futbolchi markazga o'tib oldi va o'yini yanada kuchaydi. Faqat qizil kartochka olgani chakki bo'ldi. Jamshidda o'yin amaliyoti kam bo'lishi mumkin. Lekin unda o'ynash ishtiyoqi kuchliligi bilinib turdi. Har bir to'p uchun kurashda o'zini ayamaydi va oxirigacha jang qiladi. 

- Iroq bilan o'yinga keladigan bo'lsak, tan olaylik shu kuni raqib bizni taktik va jismoniy jihatdan yutdi. Texnika borasida esa futbolchilarimiz qolishgani yo'q. Ammo jismoniy tayyorgarlik Iroqda kuchli ekanligini ko'rish mumkin. Qolaversa ularning deyarli yarim tarkibi milliy terma jamoada o'ynaydi. Hisobni birinchi ochgan bo'lsakda, lekin keyinchalik ular aynan jismoniy tayyorgarlik evaziga 3ta gol urdi. SHaxsan men bu jamoaning finalga qadar etib borishini tahmin qilyapman. Agarda ungacha tayyorgarlik to'g'ri olib borilsa, o'ylaymanki Iroq har qanday raqibni mag'lub etishga qodir.  

- Turnir davomida Vladimir Kozakdan ham ko'p narsa kutgandik. Negaki tarkibdagi futbolchilar ichida aynan ushbu futbolchi oliy ligada ko'p uchrashuv o'tkazgan. “Paxtakor” tarkibida oliy liga havosidan bahramand bo'lgandi. Lekin Kozakning osiyo chempionatidagi xarakatlari kutilganidek bo'lib chiqmadi. Balki menga shunday tuyulgandir. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика