So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Sunnat Abdurasulov: Oliy ligada o'ynamaganim – armon Yangiliklar

Sunnat Abdurasulov: Oliy ligada o'ynamaganim – armon

Yurtimizda istedodli yoshlar juda ko'p. Murabbiylardan shu istedodlarni vaqtida kashf qilish talab etiladi.

 Buning uchun tabiiyki, alohida malaka kerak. Sunnat Abdurasulovni shunday iqtidorga ega mutaxassislar safiga qo'shsak arziydi. Vaqtida mamlakat o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida faoliyat yuritgan bu murabbiy ayni payt Lokomotiv futbol maktabida ish olib boryapti. Xullas, bugungi suhbatdoshimiz - Sergey Proxorov, Sarvar Karimov, Sunnat Ermatov kabi yoshlarni kashf qilgan murabbiy.

- Sunnat aka, avvalo odatiy savol: sizda futbolga qiziqish qachon va kim tufayli yuzaga kelgan?


- Aksariyat yoshlar kabi bolaligimda mahalladagi do'stlar davrasida to'p ortidan yugurib, shu orqali millionlar o'yiniga mehr qo'yganman. Safdoshlarimdan biri futbol jamoasiga qatnardi. SHu do'stim qistovi bilan Instrumentalshik nomli jamoaga borganman. Birinchi murabbiyim - rahmatli Vladimir Faxriddinov. 2 yil mobaynida u kishidan futbol sir-asrorlarini qunt bilan o'rganganman.

- Boshlanishiga qaysi chiziqda o'ynagansiz? Keyinchalik qaysi klublarda to'p surdingiz?


- Avvaliga hujum chizig'idan joy oldim. Vaqt o'tishi bilan murabbi-yimning tavsiyasi bilan himoyaga surildim. 13 yoshimda Paxtakor maktabiga o'tganman. U erda mashg'ulotlarni Sayfiddin Ermatov qo'l ostida davom ettirdim. Ravshan Ermatovning otasi rahbarligida 3 yil o'ynadim. Bu orada  Paxtakorning yoshlar jamoasida to'p surdim. Afsuski, menga oliy liga jamoalarida o'ynash nasib etmadi. 2001 yil akademiya jamoasida, 2002-2003 yillarda esa SHayxontohur klubida faoliyat yuritdim. Oliy o'quv yurtini tamomlaganimdan so'ng harbiy xizmatga jo'nab ketdim. Ana shu uzilish davrida futbolchilikka yakun yasadim va murabbiylik ishini boshladim.

- Oliy liga klublarida o'ynamaganingiz siz uchun armonmi yoki barchasini qanday bo'lsa, shundayligicha qabul qilgansiz?


- Albatta, har bir futbolchi kamida oliy ligada o'ynashni orzu qiladi. Lekin futbol maktabida taxsil olgan barcha yigitlarga futbolchi sifatida nom qozonish nasib etmaydi. SHunday bo'lsada, oliy liga jamoalarida o'ynamaganim - mening armonim.

- Murabbiylik faoliyatingiz qanday boshlandi? Boshida ikkilanmadingizmi?


- Bu sohaga 2004 yili qo'l urdim. Yani murabbiyim Sayfiddin aka bilan maslahatlashgach, ixtisoslashtirilgan Respublika futbol maktabida ish boshladim. Bu erda tajribali, o'z ishining usta murabbiylaridan ko'p narsa o'rgandim. 2009 yilga kelib, Dilshod Nuralliev boshchiligida 1996 yilda tug'ilgan bolalar boshqaruvini qo'lga oldik.

- Futbolchilik davrida hamma ham ustoz va murabbiylariga uncha  etibor qaratmaydi. O'zingiz ishlab ko'rganingizdan keyin murabbiylik qiyin ekanligini tushunib etgandirsiz...


- Darhaqiqat, murabbiylik murakkab sohalardan biri hisoblanadi. Futbolchilik faoliyatim maqtanarli darajada bo'lmagani uchun bor etiborimni istedodli yoshlarni tarbiyalash, ularni yuzaga chiqarishga qaratdim. Qisqasi, o'z oldimga aniq maqsad va vazifalarni qo'yganman.

- Sizni yaqindan bilganlar qattiqqo'l murabbiy sifatida tariflashadi. O'zingiz bunga qanday munosabat bildirasiz?


- Bilasizmi, hammasida meyorni bilish kerak. Lekin ayrim bolalarga qattiqqo'llik qilishga to'g'ri keladi. Zero, ular turli xarakterga egalar.

- Ko'proq qaysi murabbiylar ish uslubini kuzatib borasiz?


- Murabbiyning mavqei, mahorati yoki bilimi uning yoshiga qarab belgilanmaydi. Har bir mutaxassisdan nimanidir o'rganish mumkin.

- SHu paytgacha o'zingiz tarbiyalagan qaysi shogirdlaringizni alohida tilga olasiz?


- Bunday yoshlar ko'p. Deylik, Sergey Proxorov, Sarvar Karimov, Sunnat Ermatov... Proxorov Angliyaning Flitvut Taun klubida bir necha oy mahoratini oshirib qaytdi. Sarvar esa o'smirlar terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo'lib, jahon chempionatida ishtirok etdi. Bu ikki futbolchi joriy yil Lokomotiv safida O'zbekiston chempioni maqomiga ham erishdi.

- Lokomotivda bolalar futboli biroz oqsayotgandi. Bugungi kunda bu masalada qanday ishlar olib borilyapti?


- Ijobiy o'zgarishlar bor. Klub rahbariyati zarur yordamni ayamayapti. Umumiy infratuzilmani yaxshilash, futbol maktabiga yanada ko'proq etibor qaratish kun mavzusiga aylangan. Tez orada bu masalada ham Paxtakor va Bunyodkor klublariga yaxshigina raqobat taqdim etamiz.

- Hozirgacha asosan bolalar futbolida ishlayapsiz. Keyinchalik kattalar doirasiga chiqish, yani oliy yoki birinchi liga klublarini boshqarish niyatingiz ham bormi?


- Ochig'i, ayni paytdagi ishimdan qoniqish hosil qilyapman. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика