So’nggi yangiliklar

17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  0 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   6 16:28Сардор Абдураимов: "Чемпионатдаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш олдик"  3 16:19Саутгейт рицарлик унвонига сазовор бўлди  0 15:36"Машъал" "Нефтчи"ни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган ўйиндан галерея  2 15:20"Арсенал" 5 миллион фунтга "Челси"дан Кепани сотиб олади  1 15:05Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди  10 14:40Жамшид Ҳасанов: "Ўзбекистон Кубогини ким ютади? Мен учун "Машъал" фаворит"  1 14:20Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади?  9 14:00Достонбек Тўхтабоев: "Нефтчи"нинг кучли томонларини тўхтатишга тайёр эдик"  1 13:42Ротен ПСЖдаги Месси ҳақида: "Пиёда юрарди, ўзини бағишламасди. Бу ҳақда сукут сақлаганларнинг ҳаммаси эркак эмас"  20 13:12Марказий Осиё. Қозоғистонда кубок ярим финали ўтказилади, "Истиқлол" 3-ўринга кўтарилди, "Аркадағ" эса энг яқин таъқибчисидан 11 очко илгарилаб кетди  0 12:52"Барселона" "Камп Ноу"га қайтадиган кунни эълон қилди  1 12:22Ўзбекистон терма жамоаси футболчилари ўзлари туғилган ҳудудлардаги академияларга ташриф буюришди  4 12:17Расман: Машарипов ўйнаётган "Истиқлол"га янги бош мураббий тайинланди  1

Sunnat Abdurasulov: “Natija ajoyib bo'ldi. O'yindan ham qoniqdim” Yangiliklar

Sunnat Abdurasulov: “Natija ajoyib bo'ldi. O'yindan ham qoniqdim”

Birinchi liganing ikkinchi bosqich, 6-turida “Oq-tepa” yana mag'lub bo'ldi.

Buning bosh “aybdori” esa “Lokomotiv-BFK”dir. Asosan yoshlardan tashkil topgan “temiryo'lchilar”ning birinchi ligadagi klubiga iqtidorli murabbiylardan biri Sunnat Abdurasulov ustozlik qilmoqda. O'z vaqtida yoshlar terma jamoasida Dilshod Nuraliev xalqaro maydonlarda yaqindan ko'maklashgan Abdurasulov ayni damda “Lokomotiv-BFK”da ham o'zining va klub falsafasiga sodiq qolgan xolda yoshlar bilan ishlamoqda. “Lokomotiv-BFK” - “Oq-tepa” (3:2) uchrashuvi yakunlangach, Abdurasulov bilan suhbatlashdik. 

- So'nggi ikki turni Toshkent klublariga qarshi o'tkazdik. Bilasiz derbi maqomidagi o'yinlar doimo murosasiz kurashlarga boy tarzda kechadi. Ochig'ini aytganda, “NBU-Osiyo” va “Oq-tepa”ga qarshi o'zgacha bir ruhda tayyorgarlik ko'rgandik va kerakli ochkolarni jamg'arish yo'lida astoydil ishladik. “Jar” stadionida “bankirlar”ga qarshi qarshi bahsda durang qayd etgan bo'lsak, o'z maydonimizda “Oq-tepa”ni mag'lub etdik – deya gap boshladi Abdurasulov. 

- “Oq-tepa”ga qarshi bahsda shogirdlarim ko'rsatmalarimni to'la-to'kis bajardi. Natija ajoyib bo'ldi. O'yindan ham qoniqdim. Yaratganga shukur, mexnatlarimiz zoe ketmadi. Yigitlar raqibdan hayiqmasdan, xotirjamlik bilan chiroyli o'yin ko'rsatishga intildi. Oldingi bahslarda tajriba etishmasligi pand berayotgandi. CHunki tarkibimizdagi 7-8 nafar futbolchi bungacha birinchi ligada umuman o'ynab ko'rmagandi. 

- “Oq-tepa” ham g'alaba uchun jiddiy kurashishini kutgandim. Negaki bu jamoa o'zingizga yaxshi malumki, oliy ligaga chiqish uchun astoydil kurashmoqda. Tarkibida xarakat qilayotgan futbolchilarning deyarli 95 foizi ilgari oliy ligada to'p tepganlar sanaladi. Mahorat bobida ustunlik ular tomonda edi. Kutganimdek, raqib yomon xarakat qilmadi. Faqat futbolchilarim yuqorida aytganganimdek, o'zlarini ko'rsata oldi. Agarda keyingi uchrashuvlarda ham ushbu o'yinni ko'rsata olsak, raqiblarimizga oson bo'lmasligi turgan gap. 

- Boya aytib o'tganimdek, tarkibimiz asosan yoshlardan iborat. Jamoaning falsafasi iqtidorlarni oliy ligadagi bosh klubga etkazib berishdir. SHu bois vazifamiz yoshlarni tarbiyalashdir. Davralar oralig'ida “Lokomotiv”ga 2 nafar o'yinchi etkazib berdik. Nasib qilsa keyingi mavsum yana 3-4 nafar futbolchimiz ham o'tadi.

- Murabbiylar shtabida ham yosh murabbiylar ishlamoqda. Rahbariyat shunday qarorga kelgan. 

- To'g'ri, birinchi ligada joriy mavsum debyutimni o'tkazmoqdaman. Hali bilmaganim ko'p. Birinchi bosqichda qaerlardadir xatoga yo'l qo'yganimni keyinchalik tushunib etdim va bundan to'g'ri xulosa chiqarib, endilikda yanada puxta ishlamoqdaman. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика