Sulsher: "Yo'qotilgan ochkoda De Xeani ayblashga hech kimning haqqi yo'q"
29 apr 2019 16:10
Yangiliklar


Sulsher: "Yo'qotilgan ochkoda De Xeani ayblashga hech kimning haqqi yo'q"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "CHelsi"ga qarshi o'yin (1:1)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bizga g'alaba kerak edi. Yigitlarim o'yinni ajoyib boshlashdi, ko'p vaziyatlar yaratishdi, aqlli gol urishdi. Lekin, ikkinchi bo'limda o'sha tempni ushlab qola olmadik. Biz o'yin darajamizni tushurib yubordik, "CHelsi" esa bundan foydalandi.
David - ajoyib darvozabon, u anchadan beri klubda. "Siti" bilan omadsiz uchrashuvdan keyin u to'g'ri reakciya qildi, men unga mutlaqo ishongandim. Yo'qotilgan ochkoda De Xeani ayblashga hech kimning haqqi yo'q", - dedi Sulsher.
Uchrashuvdan keyin "CHelsi" to'rtinchi, MYU esa oltinchi o'rinda qoldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar