Sulsher: "Vaxshiy futbolchilarimiz qarshi hujumlarni tezlashtira olishdi"
19 fev 2021 01:56
Yangiliklar


Sulsher: "Vaxshiy futbolchilarimiz qarshi hujumlarni tezlashtira olishdi"
Evropa ligasining 1/16 finalida "Real Sosedad" mag'lub etilganidan keyin "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun chiroyli gollar urdik va yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ha, balki to'rttadan ko'proq gol ura olishimiz ham mumkin edi. Bugungi oqshomda xavfli jamoaga aylanganimizdan xursandman.
Bugun yaxshi himoyalandik. Vaxshiy futbolchilarimiz esa qarshi hujumlarni tezlashtirib tashlashdi. Rivojlanish yo'lidamiz, ko'plab jamoalardan o'rnak olyapmiz. O'rganish kerak, chunki so'nggi paytlarda bir necha o'yinlarda g'alabaga erisha olmadik.
Darvozangiz oldiga hujumga o'tgan jamoa bo'sh hududlar qidiradi. Bu esa bizning qarshi hujumlarimizga yaxshi imkoniyat yaratishi kerak", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar