Sulsher "Uotford"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Biz yomon ahvoldamiz. Ammo, bu futbolning bir qismi"
20 noy 2021 23:58
Yangiliklar
Sulsher "Uotford"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Biz yomon ahvoldamiz. Ammo, bu futbolning bir qismi"
Ushbu mag'lubiyatdan so'ng, "qizil iblislar" bosh murabbiyi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ijobiy reakciya juda kech keldi. Ikkinchi taymdagi qizil kartochkagacha yaxshi o'ynayotgan edik. Biz eng yomon birinchi taymni o'tkazdik. Nega bunday bo'lganini izohlash juda qiyin. Primer ligada o'ynaganimiz uchun juda kuchli raqiblarga qarshi o'ynashga to'g'ri keladi. O'yinchilar hozir juda qo'rqinchli psixologik holatdalar. Biz o'zimizni va muxlislarni qattiq hafa qildik. Bu erda turib bularni tushuntirishga harakat qilish qiyin. Ammo, biz buni qabul qilishimiz lozim. "Uotford"ning gollariga qaraydigan bo'lsak, ular bizni yakka kurashlarda engishdi. Vaziyatlarda bizdan yaxshiroq harakat qilishdi.
Istefo? Men klub strukturasida 18 yoshimdan beri faoliyat olib boraman. Klub va men o'rtamizda munosabat o'rnatilgan. Agar raxbariyat biror narsa qilmoqchi bo'lsa, bu men va ular orasida bo'ladi. Sizlar bilan emas. Natija yomon buni bilaman. Ammo, bu futbolning bir qismi. O'zimni bosim ostida qolgandek his qilmoqdaman", -deydi Ole Gunnar-Sulsher.
Fikrlar