Sulsher: "Umid qilamanki, keyingi mavsumda APLda chempion bo'la olishimizga MYU futbolchilari ishonishadi"
09 fev 2019 00:21
Yangiliklar


Sulsher: "Umid qilamanki, keyingi mavsumda APLda chempion bo'la olishimizga MYU futbolchilari ishonishadi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Klaudio Raneri va APL chempionligi haqida fikr bildirdi.
"Raneri "Lester" bilan muvaffaqiyatga erishib murabbiylik darajasini ko'rsatgan. U men juda qattiq hurmat qiladigan insonlardan biri. Ranerining uslubi qarshi hujum hisoblanadi. Aynan shunday jihatga ega "Fulxem" bizga qarshilik ko'rsatadi.
Umid qilamanki, "Manchester Yunayted" futbolchilari keyingi mavsumda APL chempionligini qo'lga kiritishimizga ishonishadi. O'z kuchiga ishonish juda muhimdir. CHempion bo'lish uchun jamoa har o'yinda o'z darajasini ko'rsatishi kerak", — deya Sulsherning so'zlarini keltirdi klubning rasmiy sahifasi.
APL 26-turida "Fulxem" mankunianliklarni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar