Sulsher: "Ser Aleks Fergyuson eng zo'r murabbiy"

Tolibjon Qosimov
21 dek 2018, 15:43
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ole-Gunnar Sulsher bilan ayni paytda matbuot anjumani o'tkazilmoqda.

Unda mutaxassis klubdagi birinchi kuni va Aleks Fergyusson haqida ham gapirib o'tdi.

"Bu yerda 11 yilni o'yinchi sifatida va 3 yarim yilni murabbiy sifatida o'tkazdim. Bu shu kungacha yashagan umrimning uchdan bir qismi. O'zimni bu yerda uydagidek his qilaman. Men uchun bir necha oy davomida "Yunayted"ga yordam berish faxr.

O'yinchilar baxtli, ular yaxshi kayfiyatda. Hamisha yangi odamlar bilan tanishish yoqimli. Ayrimlar bilan tanish edim, bazilar bilan esa endi tanishdim.

Bu yerda o'ynaganimda menda eng zo'r murabbiy bo'lgan. Ser Aleks Fergyusson hamma tomonlama menga ta’sir o'tkazgan.

Men allaqachon u bilan bog'landim. U maslaxatlashish uchun eng maqul odam", - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/ManUtd