Sulsher: "Pogba bilan hech qanday muammo yo'q"
24 iyu 2019 23:11
Yangiliklar


Sulsher: "Pogba bilan hech qanday muammo yo'q"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoani tark etishi kutilayotgan Pol Pogbaning holati haqida gapirdi.
Oldinroq futbolchining o'zi ham jamoadan ketishi istagi borligi haqida gapirgandi. Pogbaning xizmatlariga jiddiy tarzda qiziqish bildirgan "Real" esa Eden Azarning transferidan keyin franciyalikka bo'lgan qiziqishlarni yo'qotgandi.
"Yo'q, oramizda muammolarning o'zi yo'q. Albatta, bu gapimga juda kam odam ishonadi.
Men ham futbolchilarim ham Pol bilan muammo yo'qligini tasdiqlashi mumkin. Uning o'yinlaridan mamnunmiz. U yangi mavsumda jamoaning asosiy futbolchisi bo'ladi", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar