So’nggi yangiliklar

21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  0 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  8 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  1 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  2 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  7 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  2 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  8 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  10 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  5

Sulsher orzusi Yangiliklar

Sulsher orzusi

Xoland 2019 yildayoq Manchesterga kelishi mumkin edi. MYU uni Sulsher uchun deyarli sotib olgan, ammo oxirgi pallada Rayola bunga to'sqinlik qilgan.

Erling Xoland dostoni tugadi: "Manchester Siti" norvegiyalik futbolchining o'tishi bo'yicha "Borussiya" bilan rasman kelishib oldi. Erlingning transferi 2022 yilning 1 iyulida amalga oshadi.

Erling Manchesterda ancha oldinroq paydo bo'lishi mumkin edi: "Borussiya"ga o'tishdan oldin ham "Manchester Yunayted" va shaxsan Ole Gunnar Sulsher uning ortidan taqib qilgan.

Xoland Sulsherni juda qadrlardi, Olening javobi ham samimiyatga to'la bo'lgan

"Men bu yigitni va uning do'stlarini bilaman. U tatilga ketgan bo'lsa kerak. Tushuning, Stavangerdan dunyoning istalgan nuqtasiga uchib bo'lmaydi. U "peresadka" qilishi kerak", – dedi Sulsher Erlingning samolyoti qandaydir tarzda Manchesterga qo'nganligi haqidagi cheksiz savollarga javob qaytarayotib.

Savol, albatta, ortiqcha emas edi, chunki Sulsher va Xoland bir-birlarini yaxshi bilishardi. Erling afsonaviy vatandoshi qo'l ostida "Molde"da 50 ta o'yin o'tkazib, 20 ta gol urgan. 2018 yilning qishida Ole-Gunnar Manchesterni qutqarish uchun ketdi, Erling esa Avstriya chempionatini qizitish uchun 5 million evro evaziga "Zalcburg"ga o'tdi.

Ammo bu keyinroq edi. Xoland 2017 yilning fevral oyida "Bryune"dan "Molde"ga ko'chib o'tdi va aprel oyida 16 yoshida yangi klubida debyut qildi. "Sarpsborg-08"ga qarshi o'yin oldidan sakkiz nafar asosiy tarkib o'yinchisi safda bo'lmagan bo'lsa, yig'in davomida ularga yana ikki nafar jarohatlangan futbolchi qo'shildi.

Erling qahramonga aylanmadi: u 71-daqiqada maydonga tushdi va 65 soniya o'tib sariq kartochka oldi.

 "Kartochka? Men emas, referilar hakamlik qilishadi. Debyut qilish haqida umuman o'ylamagandim. Ular menga nima qilishimni aytishdi va men buni qildim", – dedi debyutidan u qadar xursand ham bo'lmagan bola.

Ammo Erling doimo Sulsherga o'ta emocional munosabatda bo'lgan. Xoland uni hayotdagi asosiy ustozi deb atagan va uning tajribasiga qoyil qolgan.

"U mening faoliyatimda katta rol o'ynadi. U menga iliq munosabatda bo'lgan, tarbiyalagan va ko'p narsani o'rgatgan. Uning sharofati bilan men shu holatga keldim.

U APLda o'ynagan va CHempionlar Ligasida g'olib chiqqan. Siz eng yaxshilardan nimanidir o'rganishingiz kerak va men har kuni undan o'rgandim. U menga gol urishni o'rgatdi", – dedi Xoland "Molde"dan ketgach.

Javob ham shunga o'xshash yangradi: Sulsher har doim istedodli norvegiyalikni maqtagan va uning aql bovar qilmaydigan yutuqlaridan hayratda qolgan: "U mening o'g'limdan yoshroq, lekin bizning klubga qo'shilganidan beri doimo rivojlanib bormoqda. Unga qarshi o'ynash juda qiyin. U juda yaxshi futbolchi bo'lishgaahd qilgan".

Biroq Sulsher yigitga orqtiqcha yuklamalar berishga shoshilmadi. Uni oxirgi daqiqalarda tushirdi va asta-sekin yuklamani oshirib bordi. 2017 yilgi mavsumda Xoland o'rtacha 27 daqiqani maydonda o'tkazdi; keyingi yili esa bu ko'rsatkich 60 daqiqaga ko'tarildi – 25 ta o'yin, 12 ta gol va 4 ta golli uzatma. Bu norvegiyalik super istedodni diqqat bilan kuzatib boradigan top-klublarni o'ziga jalb qildi.

"Manchester Yunayted" qiziquvchilar orasida MYU ham bor edi va Sulsher "Yunayted" taklifini kam odam rad etishini aytgandi. Xuddi shunga o'xshash fikr bir yil oldin Sulsher tomonidan takidlab o'tilgan: "Agar "Siti" yoki "Lids" Erling uchun taklif yuborsa, men transferni rad etaman. Agar u "Yunayted" bo'lsa, men taklifni mamnuniyat bilan qabul qilaman".

Demakki, Ole o'shandayoq Manchesterga o'tishi haqida o'ylagan yurgan. Ammo yigit "Zalcburg"ga ketdi. Sulsher xafa edi, lekin hammasini to'g'ri tushundi: 2018 yilning yozida yoshlarga ishonmaydigan Mourinyu boshchiligidagi "Manchester Yunayted"da Lukaku o'ynardi. Bir yil o'tgach, Sulsher allaqachon murabbiy edi – va u Xolandni jamoasida ko'rishni juda xohlardi.

"Menga bu futbolchi yoqadi. Biz har doim yaxshi ijrochilarni qidiramiz

Keling, hammasi qanday tugashini ko'ramiz. Erling yaxshi rivojlanmoqda va u qanday qaror qabul qilishidan qati nazar buni davom ettirishi kerak. Futbolchi qaerda bo'lmasin, baxtli bo'lishi kerak", – dedi Sulsher Erling kelishidan bir necha kun oldin. 

MYU muxlislari pul yig'ib, yangi qahramon nomi yozilgan futbolkalarni sotib olishga hozirlik ko'rishdi. Ammo Erling to'satdan Dortmundda paydo bo'ldi va uning yonida jilmayib turgan agenti - Mino Rayola turardi.

Birlashuvga Rayola xalaqit qilgan

Mino hech qachon "Yunayted" bilan bir to'lqinda bo'lmagan: u Pol Pogba tufayli murabbiylar bilan tez-tez urishib turar, klubni kuchaytirish kerakligini aytardi. Rayola hatto Ed Vudvordni himoya qilardi, u hech qachon Minoning mijozlarini qabul qilishdan bosh tortmagan.

Ammo norvegiyalik bilan bog'liq holatda hamma narsa biroz boshqacha edi. Turli manbalarda aytilishicha, Xoland va uning otasiga "Manchester Yunayted" taklifi yoqqan, ammo agent hammasini barbod qilgan. ESPN jurnalisti Rob Douson shunday tushuntiradi: Mino MYUdan shartnomada o'yinchi tovon puli va keyingi sotilishidan tushadigan foizni yozishni talab qildi.

"Borussiya" bunday shartlarga rozi bo'ldi, "Yunayted" bunga qarshi edi.

"Sog'lom fikrni saqlash muhim. Yosh futbolchilarni transfer qilishda juda muhim narsalarni nazorat qilish kerak. Siz tovon puli haqidagi band va boshqalar nazoratini agentlarga bera olmaysiz. Bu haqda hamma joyda gapirishdi, lekin menimcha, biz hamma narsani nazorat ostida ushlab turishimiz lozim", – deb o'tishdan xavotir olgandi Sulsher.

Rayola bu talqinni rad etdi: "Ochig'i, Xoland bu uning faoliyatidagi noto'g'ri qadam bo'lishini his qildi. "Manchester Yunayted" va Sulsherga qarshi hech qanday shaxsiy g'arazim yo'q. Agar u "Yunayted"ga o'tishni xohlasa, men transferni tashkil qilishga majbur bo'lardim. Lekin u buni xohlamadi. Taklif yaxshi edi".

SHundan so'ng Erling Germaniyada avjiga chiqdi, ammo Sulsher hech ham hujumchini Manchesterga olib kelish fikridan voz kechmadi. 2021 yilning aprelida yana Xoland Olening "Manchester Yunayted"iga o'tishi haqida mish-mishlar yangray boshladi, ammo u transfer borasida o'zini xotirjam tutdi va futbolchiga eng yaxshi tilaklarni bildirdi.

Sulsherning orzusini oxir-oqibat boshqa bir Manchester amalga oshirdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика