Sulsher MYU muxlislarini xursand qiladigan xabarni aytdi
08 mar 2019 22:08
Yangiliklar


Sulsher MYU muxlislarini xursand qiladigan xabarni aytdi
Oldinroq Norvegiya jamoasi matbuoti "Yunayted"ga o'tishidan avval Sulsher "Molde" bilan uch yillik shartnomaga imzo chekkani borasida malumotlar berilgandi. Ammo u hozirda "Molde"ga tegishli joyi yo'q ekan.
"Ha, haqiqatdan ham men "Molde" bilan uch yillik shartnomaga imzo chekkanman. Ammo murabbiy bir vaqtning o'zida ikkita klub bilan shartnoma imzolay olmaydi. SHu boisdan "Yunayted"ga kelishim arafasida "Molde" bilan shartnomam bekor qilingan. Men jamoaga qaytishim borasida og'zaki kelishuv berganman va "Yunayted" bilan shartnoma imzolaganman. Hozirda mening "Molde"ga tegishli joyim yo'q", - dedi Sulsher.
Demak, murabbiy "Manchester Yunayted" bilan to'laqonli shartnoma imzolashi va "Molde"ga hech qancha mablag' to'lamasligi ham mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar