So’nggi yangiliklar

12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  2 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  5 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  17 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  4 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7

Sulsher: "Men tantanavor ravishda bu erni tark etyapman, chunki klub uchun borimni berganimni hamma biladi deb o'ylayman" Yangiliklar

Sulsher: "Men tantanavor ravishda bu erni tark etyapman, chunki klub uchun borimni berganimni hamma biladi deb o'ylayman"

Ole-Gunnar Sulsher "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan istefoga chiqarilgandan so'ng klub rasmiy saytiga intervyu berdi.

- Bu klub men uchun nimani anglatishini va bu erda nimaga erishmoqchi bo'lganimni bilasiz. Bularning barchasi klub, muxlislar, futbolchilar, xodimlar uchun. Keyingi qadamni chempionlik uchun kurashish, sovrinlar yutish uchun tashlashni istardim.

Men barchasi uchun javob berishni xohlamayman... Jurnalistlar mendan intervyu olishni so'rashmoqda, yo'q, men hech qanday intervyu bermayman.

Men tantanavor ravishda bu erni tark etyapman, chunki klub uchun borimni berganimni hamma biladi deb o'ylayman. Bu klub borlig'imni anglatadi. Afsuski, kerakli natijalarga erisha olmadim, endi chetga chiqish vaqti keldi.

- Qariyb uch yildan beri jamoaga murabbiylik qilyapsiz. Ortda qolgan natijalardan faxrlanasizmi?

- Judayam faxrlanaman. Bu hayotimdagi orzulardan biridir.

Avval futbolchi, keyin o'rinbosarlar jamoasi murabbiyi, keyin navbatdagi ish, yani yagona orzu bu asosiy jamoani boshqarish edi. Men buni boshdan kechirdim.

Birinchi daqiqadan so'nggi daqiqagacha o'tgan har bir lahza juda katta zavq berardi, shu bois barcha futbolchilarga rahmat aytishim kerak, chunki jamoani qabul qilganimdan beri ular doimo o'zlarining eng yaxshi o'yinlarini namoyish etishdi. Kimdir keldi, kimdir ketdi, lekin barcha futbolchilar bilan ishlash o'zgacha maroq edi.

Klub egalariga menga imkoniyat bergani uchun rahmat aytmoqchiman, chunki hamma ham bunday imkoniyatga bo'lavermaydi, lekin menga bu lavozim ishonib topshirildi.

Men uchun bu sharaf, jamoani dastlab tashrif buyurganimdan ham yaxshiroq holatda qoldirishga umid qilaman.

Bu erda yaxshi do'stlar orttirdim, bir qancha benazir do'stlar bilan munosabatlarni tikladim. Yangi xodimlar keldi, darhaqiqat, ular bilan ham inoq bo'lib qoldim, - dedi Sulsher.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика