Sulsher "Liverpul"ga qarshi o'yindan so'ng: "Bu bizga saboq bo'ladi"
14 may 2021 08:59
Yangiliklar
Sulsher "Liverpul"ga qarshi o'yindan so'ng: "Bu bizga saboq bo'ladi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Liverpul"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Yaxshi futbolchilarga ega yaxshi jamoaga qarshi o'yinda bunday xatolarga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Ayniqsa hozir.
Biz o'yinni yaxshi boshladik, ammo tashabbusni ushlab qola olmadik.
Ikkinchi bo'lim gol bilan boshlansa, qiyin bo'ladi. Bu biz uchun saboq bo'ladi. "Liverpul"ning yaxshi bo'lmagan o'yinidan foydalanib qolishimiz kerak edi.
Har bir o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz, ammo bugungi o'yinda juda ko'p keraksiz xatolar bo'ldi", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar
19:58
Futzal bo'yicha Oliy liga. BMB "Nasaf"ga 7 ta gol urdi (+ yakuniy musobaqa jadvali, ramziy jamoa) 2
23:05
Evropa ligasi. Sulsherning debyut o'yinida "Beshiktosh" "Atletik"ni yirik hisobda mag'lub qildi 7
Fikrlar