Sulsher: “Jamoam qoyilmaqom harakat qildi”

1 iyul 2020, 09:31
MYU ustozi APL 32-turi doirasida “Brayton” ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Yigitlar qoyilmaqom o'yin namoyish etdi. Grinvudning goli ajoyib chiqdi, u ham qoyilmaqom o'yin ko'rsatdi. Meyson - o'ziga xos o'yinchi. Yigitlarimda o'zlariga ishonishi uchun sabab bor - ular fantastik harakat qilmoqda. Jamoamiz yaxshi sport formasida bo'lgan futbolchilarga ega va biz eng yuqori o'rinlar uchun kurashamiz”, - deydi Ole-Gunnar Sulsher.

MYU mazkur g'alabadan so'ng APLda 52 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC Sport