Sulsher: "G'alaba uchun kurashni 70-daqiqadan boshlashga haqqimiz yo'q"
25 noy 2019 11:24
Yangiliklar


Sulsher: "G'alaba uchun kurashni 70-daqiqadan boshlashga haqqimiz yo'q"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher "SHeffild Yunayted" (3:3)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Futbolda g'alaba qozonish kerak. Biz 70-daqiqalan boshlab g'alaba uchun kurashni boshlashga haqqimiz yo'q. Yigitlarga qoyil. Bu xohish etishmasligidan emas, balki ishonchsizlikdandir.
SHogirdlarimning g'alaba qozonishni xohlashlariga shubha qilmayman, balki yosh futbolchilar bunday sinovlarda qanday qilib g'alaba qozonishni bilishmaydi.
Biz 0:2 hisobida yutqazayotganimizda taslim bo'lmadik. O'tgan mavsumda biz taslim bo'lishimiz mumkin edi, ammo joriy mavsumda emas, shu sabab farq katta", - deydi Sulsher.
"Qizil iblislar" APLning 13 turidan so'ng 17 ochko jamg'argan holda jadvalning 9-o'rnida borishmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar