So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:1 (онлайн ҳисоб)  8 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  2 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Sulsher: “Bizga APL bosh sovriniga asosiy davogar sifatida qarash kerakmas” Yangiliklar

Sulsher: “Bizga APL bosh sovriniga asosiy davogar sifatida qarash kerakmas”

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APL 23-turi doirasida “Everton”ga (3:3) qarshi bahsdan keyin o'z mulohazalarini bayon etdi.

“Ikkinchi bo'limda biz yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ammo darvozamizga yo'llangan uchta aniq zarbaning hammasi golga aylandi. Bunday albatta yoqimsiz holat. Raqibning ikkita javob goliga yaxshi munosabat bildirik, ammo qo'shib berilgan to'rt daqiqa yakunida to'pni burchakka yaqin joyda saqlab, o'yinni yakunlashimiz kerak edi. O'tkazib yuborilgan golda hech kimni ayblamoqchi emasman. Ammo barchamiz bir narsani yaxshi tushunib turibmiz. Biz har bir imkoniyatdan bugungidanda yaxshiroq foydalana olishimiz mumkin. To'rtinchi golni kiritishimiz lozim edi.

Xames va Risharlison bizga etarlicha muammolar tug'dirishdi, ajoyib ikkita gol kiritishimizga qaramay birinchi bo'limdan keyin 2:0 hisobida oldinga borishimiz adolatli hisob emasdi.

Hujum chizig'imiz raqib darvozasi oldida yaxshi harakat qildi. 3:3 hisobi har ikkala jamoa hujumda samarali o'ynay olganini ko'rsatib turibdi. Mazkur bahs MYU muxlislaridan tashqari ko'plab insonlarga maqul tushgan bo'lishi aniq.

Natija kayfiyatni belgilaydi. Biz stadionni tushkun kayfiyat va bir ochko bilan tark etdik”, dedi murabbiyi Sky Sports kanaliga bergan intervyusi chog'ida.

Sulsher shogirdlari APL turnir jadvalida 23 turdan keyin 45 ochko to'plab, ikkinchi pog'onada borayotan bo'lsa, "Everton" 37 ochko bilan oltinchi pog'onani band etgan. Anchelotti jamoasi hisobida ikkita zaxira o'yini ham mavjud.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика